Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashkent state university of economics


Boylik, pul va o’lponlarning’ tabiati to’G’’risida mulohaza


Download 54.04 Kb.
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi54.04 Kb.
#1555309
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu. Angliya va Fransiyada klassik maktabning shakillanishi re

Boylik, pul va o’lponlarning’ tabiati to’G’’risida mulohaza» asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro’y berishini yorqin va obrazli ifodalab beradi, uning’cha, odamlar faqat etishmovchilikdang’ina emas, ortiqcha boylikdan ham o’lishilar mumkin ekan. Tasavvur qiling’ki, deydi u, 10-12 odam bir-biridan ajratilib, zanjirband qilingan. Birida oziq-ovqat ko’p, ammo boshqa hech narsa yo’q; ikkinchisida esa kiyim-kechak serob, uchinchisida ichimliklar ko’p va hokazo, ammo ular bu mahsulotlarni almasha olmaydilar.
Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning’ manbai almashuv sohasi emas, balki ishlab chiqarish degan edi. Almashuvni esa ishlab chiqarish rivojining’ sharti sifatidag’ina qaraydi.
Buag’ilber V.Pettidan holi, mustaqil ravishda qiymatning’ mehnat nazariyasiga asos soldi, u bozor bahosi va «haqiqiy baho»ni farqlagan, «haqiqiy baho mehnat sarfi bilan belg’ilanadi», degan. U haqiqiy baho deganda, ishlab chiqarishning’ turli tarmoqlari o’rtasida mehnat taqsimotining’ to’G’’ri proporstiyasini tushungan. Shunday proporstional taqsimotning’ zaruriy shart-sharoiti sifatida ishlab chiqaruvchilar orasidag’i erkin raqobat yotadi.
V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif etgan) Buag’ilber qiymatning’ pul shaklini qat’iy ravishda inkor etgan, shunday zaruratga ehtiyoj yo’q degan. Agar V.Pettining’ diqqat markazida pullar v boshqa tovarlar o’rtasidag’i almashuv munosabatlari turgan bo’lsa, Buag’ilberning’ e’tibori tovarlarning’ tovarga bevosita munosabati, ya’ni tovarlarning’ to’G’’ridan-to’G’’ri almashuviga qaratilgan edi. Buag’ilber uchun shu narsa harakterli ediki, u pulga keskin qarshi bo’lgan, pulda barcha yovuzlik va ofatlarning’ manbai mujassamlangan, tovarlarning’ «haqiqiy baho» asosida almashuvi buzilishining’ sababi ham shunda deydi u. U oltin va kumushni buyuk yovuzlik deb baholaydi, pulga qarshi mutaassiblik (fanatizm) bilan kurashadi.
Olim tovar ishlab chiqarishning’ asl maqsadi faqat iste’molni qondirishda deb xato o’ylagan ( tavar iste’mol va almashuv uchun kerak).
Demak, Buag’ilberning’ eng’ buyuk xizmati shundaki, u qiymatni sarflangan ish vaqtiga teng’lashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning’ qulay tomonini saqlagan xolda uning’ salbiy tomonlarini tugatishni orzu qiladi. Agar Pettining’ iqtisodiy ta’limotida almashuv qiymati asosiy bo’lsa, Buag’ilberda iste’mol qiymati bosh rolni o’ynaydi. Aslida ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.
Buag’ilber qarashlaridag’i cheklanganlik (faqat dehqonlarni himoya qilishi, sanoat va savdoni etarlicha baholamaslig’i), bizning’cha tarixan bo’lib, Franstiya kapitalizmi rivojining’ xususiyatlaridan kelib chiqadi, nazariy jihatdan orqaga qarash bor. Agar Ang’liyada sanoat, savdo va xatto qishloq xo’jalig’ida kapitalistik munosabatlar to’la G’’alaba qozongan bo’lsa, uning’ iqtisodiyoti mehnat taqsimoti, raqobat, kapital va ishchi kuchlarining’ faollig’i bilan harakterlanar edi; Franstiyada esa bu munosabatlar endi shakllana boshlagan edi, xolos

XULOSA

XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to’la shakllandi, bu britaniyalik olim A.Smit tomonidan amalga oshirildi. Bu tasodifiy voqea bo’lmay shu davrda Ang’liyada ob’ektiv shart-sharoitlar mavjud edi: burjua inqilobi manufakturadan fabrikaga o’tilishi, ag’rar islohot, kapitalning’ dastlabki jamG’’arilishi, sinfiy va mulkiy differenstiastiya va boshqalar. Mantiqiy abstrakstiya uslubi asosida iqtisodiy voqea va jarayonlarning’ mohiyati asosan to’G’’ri talqin etib berildi. Yang’i burjua jamiyati har tomonlama ob’ektiv asosda taxlil qilinib, uning’ prog’ressiv tomonlari ko’rsatib berildi. Xususiy mulkning’ abadiylig’i va daxlsizlig’i qo’llab-quvvatlandi.


Klassik maktab vakillari inson hohishiga boG’’liq bo’lmagan ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning’ mavjudlig’ini tan oladilar. Bu qonunlar iqtisodiy tizimda tabiiy turG’’unlikni ta’minlashga, o’z-o’zini boshqarishga qodir ekanlig’i tan olinadi, shu sababli davlatning’ iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha inkor etiladi va erkin savdo-sotiq qo’llanadi. «Ko’rinmas qo’l» yordamida avtomatik iqtisodiyot erkin bozor munosabatlari doimo rivojlanish qobiliyatiga egadir.
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining’ asosiy tamoyillari aniqlab berildi. Mehnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to’G’’ri ko’rib chiqilgan. Mehnat taqsimoti faqat tarmoqlararo emas, balki mamlakatlar o’rtasida ham katta naf keltirishi isbotlab berildi (D.Rikardo), mutloq va nisbiy ustunlik prinstiplari ishlab chiqildi. Ishlab chiqarish sohasidan qat’iy nazar (sanoat, qishloq xo’jalig’i, savdo va hizmat...), mehnat jamiyat boylig’ining’ asosi ekanlig’i aniqlandi. Jamiyatning’ sinfiy tuzilishi asosan to’G’’ri ko’rib chiqildi, ular o’rtasida keskin qarama-qarshilik yo’qlig’i ko’rsatilgan, bu jamiyatda iqtisodiyot avtomatik boshqarilgani tufayli iqtisodiy inqirozlar inkor etildi.
Iqtisodiyotning’ muhim kateg’oriyalari bo’lgan qiymat, pul, baho, foyda, ish haqi, renta, kapital va boshqalarga asosan to’la va to’G’’ri ta’rif berilgan. Yang’i jamiyatning’ prog’ressiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining’ bekamu-ko’st emaslig’i, uning’ bir qancha jiddiy kamchiliklari borlig’i ham qayd etilgan. Quyidag’i A.Smitning’ mamlakat milliy boylig’ini ko’paytirish omillari chizmasi keltirilgan.
Download 54.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling