Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


G„arazli  geosiyosiy  maqsadlarga  erishish  yo„lidagi  mafkuraviy  ta‟sir  o„tkazishda  eng


Download 5.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/27
Sana12.12.2017
Hajmi5.27 Kb.
#22107
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27

G„arazli  geosiyosiy  maqsadlarga  erishish  yo„lidagi  mafkuraviy  ta‟sir  o„tkazishda  eng 
avvalo  bo„lib  tashla  va  hukmronlik  qil  degan  qadimiy  tamoyilga  amal  qilishga  urinishni 
ta‟kidlash zarur. 
Bu  tamoyilni  ro„yobga  chiqarishning  birinchi  yo„li  mamlakat  ichida  ijtimoiy 
parokandalikni keltirib chiqarishdir. Va u jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy va ma‘naviy 
sohalarida  o‗ziga  xos  ko‗rinishda  namoyon  bo‗lmoqda.  Masalan,  mamlakatimizga  nisbatan  bu  usul 
o‗tish davridagi ijtimoiy–iqtisodiy qiyinchiliklarni bo‗rttirib ko‗rsatish orqali aholining mavjud holatdan 
noroziligini uyg‗otish, o‗z nog‗oralariga o‗ynaydigan muxolifatchi kuchlarni yuzaga keltirish yo‗li bilan 
siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishga bo‗lgan xarakatlarda namoyon bo‗ladi. Bu yo‗lda diniy omildan 
foydalanishga urinishlar ham kuzatilayotir.  Ana  shu holat  ham «maqsad  vositani oqlaydi»  degan aqida 
g‗arazli  geostrategik  manfaatlarni  ro‗yobga  chiqarishning  asosiy  qoidasiga  aylanayotganligini 
ko‗rsatadi.  
«Bo„lib  tashla  va  hukmronlik  qil»  tamoyilini  amalga  oshirishning  ikkinchi  yo„li  mintaqa 
davlatlari o‗rtasida turli ziddiyatlarni yuzaga keltirishdir. Bu yo‗lning eng keng tarqalgan usuli go‗yoki 
mintaqada  gegemonlikka  talabgor  bo‗lgan  davlat  borligini  asoslash,  ta‘bir  joiz  bo‗lsa,  shunday  davlat 
obrazini  yaratishdir.  Bunday  obrazlarning  yaratilishi  er  yuzining  turli  nuqtalarida  nizoli,  kam  deganda 
davlatlararo  munosabatlarda  tanglikni  yuzaga  keltirganligi  to‗g‗risidagi  misollarni  istagancha  topish 
mumkin.  Bunday  «obrazlar»  yaratilishi  natijasida  mamlakatlarning  moddiy-ma‘naviy,  ma‘naviy-
intellektual salohiyati jamiyat taraqqiyotini ta‘minlash o‗rniga ana shu «obraz» ta‘sirining oldini olishga 
yo‗naltirilmoqda.  Natijada  ikkinchi  asosiy  maqsadga  -  muayyan  davlatni  zaiflashtirish  orqali  o‗z 
«ittifoqchisiga» aylantirishga erishilmoqda. 
Teng  huquqli  va  o„zaro  foydali  hamkorlik  tamoyiliga  amal  qilish  -  geostrategik  manfaatlarni 
ro‗yobga  chiqarish  va  davlatlararo  aloqalarni  mustahkamlashning  eng  oqilona  va  to‗g‗ri  yo‗lidir. 
O‗zbekiston  o‗z  mustaqilligining  eng  birinchi  kunlaridayoq  ana  shu  tamoyilga  aml  qilib  kelmoqda. 
Negaki,  bu  tamoyil  geostrategik  manfaatlardagi  uyg‗unlikka  erishish  va  jahon  miqyosida  taraqqiyotni 
ta‘minlash omilidir.  
Mafkuraviy  poligon  –  odamlar  va  xalqlarning  qalbi  va  ongini  egallashga  qaratilgan  turli 
g‗oyalarni sinov maydoni.  Odatda poligon deganda qurol aslaha vatexnikani sinash, qo‗shinlarni harbiy 
tayyorgarlikdan  o‗tkazish  yoki  harbiy  sohada  tadqiqotlar  olib  borish  uchun  mo‗ljallangan  maxsus 
maydon tushguniladi. 
Prezidentimiz  ta‘kidlaganidek,  hozirgi  davr  g‗oyaviy  qarama  qarshiliklar  murakkab  tus  olgan, 
mafkura poligonlariyadro poligonlaridan ham xavfliroq bo‗lib borayotgan davrdir. 
Bugungi  kunda  mafkura  poligonlarida  muayyan  guruhlar  va  davlatlar  o‗zlarining  g‗arazli 
manfaatlarini  ifoda  etayotgan  turli  jajovvuzkor  g‗oyalarni  sinovdan  o‗tkazmoqdalar.  Ularning 

ortidakishilarni,  eng  avvalo  ma‘naviy  mafkuraviy  jihatdan  tobe  qilish,  pirovard  natijada  esa  butkul 
qaram qilib olish maqsadi yotadi. 
YAdro  poligonlarini  qaerda  joylashganini,  uning  quvvatini,  qanday  maqsadga  yo‗nalganligini 
muayyan  darajada aniq bilish mumkin.  Ammo,  yovuz, yot  mafkuraviy maqsadlarni  qaerdan  va qanday 
yo‗llar bilan va qaysi insonlar qalbini egallab olayotganligini osonlikcha bilib bo‗lmaydi. 
Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy istitutlar tomonidan amalga oshirilayotgan turli shakllardagi 
g‗oyaviy  –  tarbiyaviy,  ma‘naviy-mafkuraviy  ishlar  majmui  bo‗lib,  u  butun  g‗oyaviy  tarbiya  tizimini 
qamrab oladi.  Mafkuraviy profilaktika bo‗shliqni tugatish,  mafkuraviy parokandalikni oldini olish  yoki 
biror  –  bir  hudud,  qatlam,  guruhni  yot  va  zararli  g‗oyalar  ta‘siridan  xalos  qilish  mafsadida  amalga 
oshiriladi.  Bunda  g‗oyaviy  ta‘sirning  turli  xil  usul  va  yo‗llaridan  foydalaniladi,  turli  vositalar 
qo‗llaniladi.  Mafkuraviy  profilaktika  tezkor  va  qisqa  sur‘atlarda  yoki  asta  sekin,  bosqichma  bosqich 
amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora tadbirlar qo‗llash lozim bo‗lsa, ikkinchi 
holatda  doimiy  va  sobit  qadamlik  bilan  ish  olib  borish  ko‗proq  natija  beradi.  Mafkuraviy  immunitet 
tizimini  shakllantirishda  ham  mafkuraviy  profilaktikaning  o‗rni  katta.  Zero,  u  mohiyatan  yot 
g‗oyalarning  kirib  kelishining  oldini  lish  va  ularni  yo‗qotishga  qaratilgan  chora  tadbirlarga  tayanadi. 
Ta‘lim tarbiya va targ‗ibot tashviqot tizimi mafkuraviy profilaktikani amalga oshirishga yordam beradi. 
Sog‗lom mafkurani xalq qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar, oila, maktab, 
mahalla,  davlat  va  jamoat  tashkilotlari  ham  unda  o‗z    o‗rniga  ega.  SHuningdek,  Vatan,  xalq 
manfaatlarini,  do‗stlik  va  birodarlikni,  o‗zaro  hurmat  va  bag‗rikenglikni  targ‗ib  tashviq  etuvchi 
ma‘naviy ma‘rifiy tadbirlar mafkuraviy profilaktikani amalga oshirish shakllaridir. 
              Mafkuraviy immunitet 
Prezidentimiz  Islom  Karimovning  ―Fidokor‖  gazetasi  muxbiri  savolariga  javoblarida  ilk  marta 
Mafkuraviy  immunitet‖  tushunchasini  qo‗llaydilar.    Ma‘lumki,  har  qanday  kasallikning  oldini  olish 
uchun, avvalo kishi orgaizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz hg‗am farzandlarimiz yuragida 
Ona  Vatanga,  boy  tariximizga,  ota  bobolarimizning  muqaddas  diniga  sog‗lom  mungosabatni  qaror 
toptirishimiz,  ta‘bir  joiz  bo‗lsa,  ularning  mafkuraviy  immunitetini  kuchaytirishimiz  zarur.  Toki  ular 
milliy  ildizlari  baquvvat,  dunyoni  chuqur  anglaydigan,  zamoln  taraqqiyoti  bilan  barobar  qadam 
tashlaydigan insonlar bo‗lib etishsinlar. degan fikrni ilgai suradi yurtdoshimiz
27
.  
Mafkuraviy  immunitet-  shaxs  ijtimoiy  guruщ,  millat,  jamiyatni  turli  zararli  g‗oyaviy 
ta‘sirlardan himoya qilishga xizmat qiladigan g‗oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi.  
             Immunitet  (lot.  –ozod  bыlish,  qutulish)  tibbiy  tushuncha  bo‗lib,  organizmni  doimiy  ichki 
muayyanligini  saqlashi,  o‗zini  turli  ta‘sirlardan,  tashqi  infeksiyalar  kirib  kelishidan  himoya  qilishga 
qodir  bo‗lgan  reaksiyalar  majmui  tushuniladi.  Sodda  qilib  aytganda  immunitet-kishi  organizmininng  
turli kasalliklardan himoya qila olish  qobiliyatidir. YUqoridagilardan  farqli o‗laroq, insonning umumiy 
immunitet  tizimi  tug‗ma  bo‗lsa,  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirib  borish  zarur.  U  har  bir  avlod 
uchun  o‗ziga  xos  xususiyatga  ega.  Immunitet  tizimi  shakllangandagina  jamiyatda  mafkuraviy 
daxlsizlikni  ta‘minlash  mumkin.  Mafkuraviy  immunitet  tizimining  asosiy  va  birinchi  elementi  –  bu 
bilim.  Ammo,  bilimlarning  turi  ko‗p.  Buyuk  davlatchilik  shovinizmi  yoki  agressiv  millatchilik 
mafakurasi  tarafdorlari  ham  muayyan  ―bilim‖larga  tayanadilar,  albatta.  SHunday  ekan,  mafkuraviy 
immunitet  tizimidagi  bilimlar  ob‘ektiv  bo‗lishi,  voqelikni  to‗g‗ri  va  to‗liq  aks  ettirishi,  inson 
ma‘naviyatini boyitishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim.  Ular o‗z mohiyat e‘tiboriga ko‗ra, 
Vatan va  millat manfaatlari  bilan uzviy bog‗liq bo‗lmog‗i kerak.   Mafkuraviy  immunitetning ikkinchi 
asosiy  elementi  ilg‗or  bilimlar  zamirida  shakllanadigan  baholar,  qadriyatlar  tizimidir.  Zeror,  bilimlar 
qanchalik  ob‘ektiv  va  chuqur  bo‗lsa,  uning  zamirida  yuzaga  kelgan  qadriyatlar  ham  shunchalik 
mustahkam  bo‗ladi.  Qadriyatlar  tizimi  mafkuraviy  immunitetning  imkoniyatlarini  belgilab  beradi  va 
zararli  g‗oyalar  yo‗lida  mustahkam  qalqon  bo‗lib  xizmat  qiladi.  Ammo,  bilimlar  va  qadriyatlar  tizimi 
mavjudligining o‗zi mafkuraviy immunitetning iohiyatini to‗liq ifoda eta olmaydi. Zero, bu ikki element 
mafkuraviy  immunitetning  uchinchi  muhim  elementi,  ya‘ni  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy-
ma‘rifiy  sohalardagi  maqsadlar  tizimi  bo‗lmas  ekan,  inson  ,  millat  yoki  jamiyat  goh  oshkora,  goh 
pinhona mafkuraviy tazyiqlarga duchor bo‗laveradi. 
                                                           
27
 И. Каримов. Миллий истиылол мафкураси -  халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Fidokor‖ газетаси 
мухбири саволарига жавоблар. Озод ва ободвВатан, эркин ва фаровон ҳаѐт- пировард мақсадимиз. Т, 
Ўзбекистон,2000, 494 бет. 

 
Xalqimizni  turli  g‗oyaviy  va  mafkuraviy  tahdidlardan  asrash,  jamiyatda  mafkuraviy  immuniet 
hosil qilish uchun uni, avvalo, taraqqiyot qonunlarini chuqur aks ettiradigan sog‗lom, insonparvar g‗oya 
va mafkura bilan qurollantirish kerak. O‗zligimizni , odob – axloqimizni, merosimiz, qadriyatlarimiz va 
milliy ruhimizni zararli g‗oyalar va mafkuralar ta‘siridan avaylab-asrash, ularga qarshi fuqarolarimiz va 
yoshlarimiz qalbida mafkuraviy immunitetni akllantirish  orqaligina milatni asrash mumkin. 
Mafkuraviy  tarbiya  -    inson,  ijtimoiy  guruh,  millat,  jamiyat  dunyoqarashini  shakllantirishga, 
ularni  muayyan  maqsadlarni  ifoda  etadigan  g‗oyaviy  bilimlarbilan  qurollantirishga  yo‗naltirilgan 
jarayon. 
Mafkuraviy ta‟sir – mafkuraviy jarayonning eng  muhim  sturkturaviy komponentlaridanbiridir. 
Mafkuraviy  ta‘sir  ikki  asosiy  –  to‗g‗ri,  bevosita  va  o‗zaro  aloqadorlikka  asoslangan  bilvosita  shakllar 
yordamida  amalga  oshiriladi.  Mafkuraviy  ta‘sir  samaradorligi  mafkuraviy  ta‘sir  ob‘ekti  va 
sub‘ektigabog‗liq  bo‗ladi.  CHunonchi,  mafkuraviyta‘sir  samaradorligi  mafkuraviy  ta‘sir  o‗tkazilishi 
lozim  bo‗lgan  kishiarning  (ob‘ekt)  ma‘lumotdarajasi,  madaniy  saviyasigabog‗liqbo‗lsa,  o‗z  navbatida 
mafkuraviy  ta‘sir  o‗tkazayotgan  idoralar,tarbiyaviy  muasssalar,  targ‗ibot  va  tashviqotchilar  (sub‘ekt) 
amalga  oshirayotgan  mafkuraviy  tadbirlar  mazmuni  va  shakliga,  mafkura  xodimlarining  professional 
mahoratiga bog‗liq bo‗ladi. Mafkuraviy ta‘sir o‗tkazilishi lozim bo‗lgan kishilarning ma‘lumot darajasi, 
madaniy,  axloqiy,  huquqiy,  siyosiy  saviyasi  qanchabaland  bo‗lsa,  mafkuraviy  ta‘sir  samaradorligi 
shunchayuqori  bo‗ladi.  O‗z  navbatida  mafkuraviy  ta‘sir  samaradorligi  uning  ob‘ekti  bilan  sub‘ekti 
orasidagi o‗zaro aloqadorlik mexanizmining mustahkamligigabog‗liq.  
Mafkuraviy  markazlar  -    muayyan  g‗oyani  ilgari  suruvchi,  targ‗ibot  va  tashviqontinng  turli 
usul,  vositalariorqali  odamlar  ongi,  ruhiyatiga  ta‘sir  etuvchi  kshilar  uyushmasi,  tashkilot  yoki 
muassasalardir. 
Mafkuraviy bo„shliq – jamiyat,  davlat vamehnat jamoalarida  vujudga kelgan vaziyat, ijtimoiy 
muhit  tarbiyaviy  mafkuraviy  ishlarning  zaiflashib  qolishi.  Bunday  sharoitda  fuqarolar  ongi  va 
faoliyatida turli mish mishlar, safsatalar ustuvorlik qila boshlaydi. Kishilar hatti harakatini bo‗shanglik, 
loqaydlik, befarqlik egallab oladi.ruhiyatida hech narsaga aralashmaslik ustun keladi. 
Adabiyotlar: 
1.
 
Karimov I. A.  Asarlari to‗plami 1- 23 jild. T.: O‗zbekiston, 2015 
2.
 
Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar T.:YAngi asr avlodi, 2001. 
3.
 
Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli tajribaviy 
lug‗at).. T.:YAngi asr avlodi, 2002. 
4.
 
Mustaqillik mafkurasi va O‗zbekistonda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va 
ma‘naviy negizlari. –T. : Universitet, 2001. 
5.
 
Ochildiev A. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar. T.: Muharrir, 2009. 
6.
 
Milliy istiqlol g‗oyasi. –T.: Akademiya, 2005. 
 
8 mavzu: Jamiyat barqarorligini ta‟minlashning  ijtimoiy-g„oyaviy asoslari 
 
REJA: 
1. Jamiyat barqarorligini ta‘minlash omillari. 
2. "O‗zbekiston - yagona vatan" g‗oyasi barqarorlikni ta‘minlashning nazariy asosi.  
3. Til madaniy muloqot va barqarorlikning muhim vosita si. 
4. Dunyo mamlakatalaridagi beqarorlik sabablari. 
Tayanch tushunchalar. 
Barqarorlik, beqarorlik, turg‗unlik, millatlararo totuvlik, milliy siyosat, ijtimoiy hamkorlik, diniy 
bag‗rikenglik, milliy madaniy markazlar
 
Barqarorlik-  (ijtimoiy)-  jamiyatdagi  tinch-totuvlik  va  uni  mustahkamlash  uchun  shart-
sharoitning mavjudligi; ijtimoiy qatlamlar, kuchlar va siyosiy partiyalar o‗rtasidagi hamjihatlik vaziyati; 
davlat, jamoat tashkilotlari, fuqarolar o‗rtasidagi ijtimoiy kelishuv holatining muttasil davom etishi va b. 
G‗arb  olimlari  Barqarorlik  beqarorlikning  arafasi  yoki  muayyan  beqarorlikdan  keyingi  holati, 
jamiyatning yangi beqarorlik oldidan tin  olish davri, degan  fikrni ilgari surganlar. Bundan farqli tarzda 
T.Parsons «ijtimoiy tizimning barqarorlik qoidalari»ni ishlab chiqishga harakat qilgan.  Uning fikricha, 
har qanday barqaror jamiyatning ijtimoiy tuzilishini tashkil etadigan elementlar faoliyati o‗zaro uyg‗un 

bo‗lishi  shart.  Ana  shu  uyg‗unlik  doimiy  barqarorlik  omilidir.  Bunda  davlatning  vazifasi  jamiyatning 
eng  kichik  bo‗g‗inlari,  jamoalar,  tashkilotlar,  idoralar  orasidagi  mutanosiblikni  saqlash  va 
mustahkamlashdan iborat. Agar davlat buning uddasidan chiqa olsa, u jamiyatni barqaror rivojlanishini 
ta‘minlaydigan  boshqaruvchi  (regulyator)  vazifasini  ado  etadi.  Bu  esa,  o‗z  navbatida,  davlatning 
muayyan islohotlarni amalga oshirishi uchun imkoniyat yaratadi. T.Parsonsning bu qarashlari ko‗pgina 
G‗arb  mamlakatlari  mutaxassislari  tomonidan  e‘tirof  qilingan.  O‗zbekiston  mustaqillikka  erishganidan 
keyin  ijtimoiy  barqarorlikka  erishish  va  uni  mustahkamlashga  katta  e‘tibor  bermoqda.  Barqarorlik 
jamiyat taraqqiyotining, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishning asosiy shartidir.   
 
Barqarorlik shartlari : 
1. Ma‘naviy qadriyatlar va milliy o‗zlikni anglashning tiklanishi; 
2. Davlatchilikni shakllantirish va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash; 
3. Demokratik institutlarni va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish; 
4. Bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdolar sinfining shakllanishi; 
5. Kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligining ortishi; 
6. Jug‗rofiy-strategik imkoniyatlar va tabiiy xom-ashyo resurslari; 
7. Inson salohiyati, ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasi; 
8. Keng ko‗lamli o‗zgarishlar va hamkorlik kafolatlari; 
9. Jahon hamjamiyati bilan hamkorlik. 
(I.Karimov. Ozod va obod  Vatan, erkin va  farovon  hayot pirovard  maqsadimiz. 83-85 b. Hushyorlikka 
da‘vat. 21-23 b) 
 
SHu  unutmasligimiz  kerakki,  jamiyat  rivojlanishida  yuqorida  ta‘kidlaganimizdek,  g‗ovviy-
mafkuraviy  hamkorlikning  ahamiyati  muhimdir.  G‗oyaviy-mafkuraviy  hamkorlikning  ijtimoiy, 
iqtisodiy,  siyosiy,  ma‘naviy  va  huquqiy  asoslariga  alohida  e‘tibor  berishimiz  kerak.  Masalan 
O‗zbekistonning  tashqi  siyosiy-iqtisodiy  aloqalarini  yo‗lga  qo‗yilishida  quyidagi      tamoyillar  birinchi 
o‗ringa chiqqanligini ko‗rishimiz mumkin: 
1.O‗zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda; 
2.Teng huquqlilik va o‗zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik. 
3.Mafkuralar  xilma-xilligidan  qat‘iy  nazar  hamkorlik  uchun  ochiqlik,  umuminsoniy 
qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik. 
4.Xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan ustunligi. 
5.  Tashqi  aloqalarni  ham  ikki  tomonlama,  ham  ko‗p  tomonlama  kelishuvlar  asosida 
rivojlantirish.  
Demak,  bundan  ko‗rinib  turibdiki,  tashqi  siyosatga  tinchlik,  barqarorlik,  hamkorlik  g‗oyalari 
asos  qilib  olingan.  Mamlakatimizning  jahon  xalqlari  tinchligi  va  xavfsizligiga  mos  bo‗lib  tushgan 
tinchliksevar  tashqi  siyosati  uning  jahonda  mustaqil  davlat  sifatida  tezda  tan  olinishini  ta‘minladi. 
Bugun  O‗zbekiston  120  dan  ortiq  davlatlar  bilan  aynan  ana  shu  g‗oya  ostida  diplomatik,  siyosiy, 
iqtisodiy. Ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar olib  bormoqda. 
 
O‗zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy prinsiplari to‗g‗risida», «CHet 
el  investorlari  va  xorijiy  investorlar  faoliyatining  kafolatlari  to‗g‗risida»,  «Tashqi  iqtisodiy  faoliyat 
to‗g‗risida»gi  Qonunlari  uning  xalqaro  maydonda  faol  va  keng  ko‗lamli  hamkorlik  qilishi  uchun 
huquqiy kafolat bo‗lib xizmat qilmoqda. 
Jamiyatni erkinlashtirish milliy g‗oyani xalqimiz qalbi va ongiga singdirishning muhim shartidir. 
Milliy  g‗oya  siyosiy  voqelikni  uyg‗unlashtirib,  turli  shaxslar,  ijtimoiy  guruhlar  ehtiyojlarini 
mutanosiblashtiradi,  ularni  mavjud  imkoniyatlar  asosida  bir–biri  bilan  yaqinlashtiradi  va  shu  ma‘noda 
demokratik qadriyatlarning nufuzini  oshiradi. Kishilar ongini  mahalliychilik, urug‗-aymoqchilik, milliy 
mahdudlik  kabi  ijtimoiy  illatlar  asoratidan  poklash,  yot  g‗oyalarga  nisbatan  mafkuraviy  immunitetni 
shakllantirish,  mafkuraviy  kurashda  to‗g‗ri  yo‗l  tanlash  va  jaholatga  qarshi  ma‘rifat  bilan  kurashish, 
milliy g‗oyani xalqimizning qalbi va ongiga teran singdirish bilan bog‗lash hozirgi davrdagi eng muhim 
vazifalardandir.  
Milliy  g‗oya  kuchli  davlatdan  kuchli  jamiyat  sari  borish  konsepsiyasiga  asoslanadi  va  shundan 
kelib  chiqib,  u  siyosiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotning  barcha  sohalarini  erkinlashtirishda  manfaatlar-
maqsadlar uyg‗unligini ta‘minlovchi omil bo‗lib xizmat qiladi.  
Mamlakatimiz  XXI asrning  dastlabki  yillarida  o‗z  rivojlanishining aniq yo‗nalishlarini belgilab 

oldi.  Ijtimoiy–siyosiy  hayotni  erkinlashtirish  o‗zining  ma‘no  va  mohiyatiga  ko‗ra,  mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan barcha o‗zgarishlarning asosiy bo‗g‗ini ekanligi bilan xarakterlanadi. Mustaqillik 
yillaridagi  erkinlashtirish  jarayonlari,  jamiyatni  demokratiyalashtirish  natijalari  bu  yo‗lda  erishilgan 
dastlabki bosqich  sifatida  baholanmoqda.  Ayni chog‗da, iqtisodiy,  siyosiy  sohani, huquqiy  demokratik 
davlat  hamda  fuqarolik  jamiyati  qurilishini  yanada  erkinlashtirish  bilan  bog‗liq  aniq  vazifalar  belgilab 
olindi.  
Prezidentimiz  Islom  Karimovning  Ikkinchi  chaqiriq  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining 
to‗qqizinchi sessiyasida «O‗zbekistonda demokratik o‗zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy  yo‗nalishlari»  nomli  ma‘ruzasida  Vatan  taraqqiyoti,  yurt 
tinchligi,  xalq  farovonligiga  erishishdek  ezgu  niyatlarimizni  ro‗yobga  chiqarish  maqsadida  belgilab 
olingan  strategik  yo‗limiz  va  siyosatimizning  ustuvor  yo‗nalishi  va  tamoyillari  aniq-ravon  ifodalab 
berildi.  
Istiqlolimizning  ilk  kunlaridanoq  xalqimizning  eski,  qotib  qolgan  mafkuraviy  aqidalardan  voz 
kechib,  ma‘naviy  yangilanishiga,  odamlarning  qalbi  va  ongiga  milliy  g‗oya  tamoyillarini  singdirishga 
qaratilgan  aniq  siyosat  olib  borayotganligi,  bu  esa  o‗z  navbatida  yurtdoshlarimizning  tafakkurini 
o‗zgartirishda,  islohotlarni  joriy  etishda  yangicha  yondashuvlarni  shakllantirish,  jamiyatimizda  diniy 
bag‗rikenglik,  millatlararo  totuvlik  va    barcha  ijtimoiy  guruhlar  o‗rtasida  ahillikni  mustahkamlashda 
sezilarli  ishlar  qilinayotgani  natijasida  mamlakatimizda  ijtimoiy-siyosiy  barqarorlik  va  fuqarolar 
totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo‗linmoqda.  
Barchamizga  yaxshi  ma‘lumki,  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  barpo  etishning  eng  muhim  qismi, 
ma‘naviyat  va  ma‘rifat  sohasida  barkamol  shaxsni  shakllantirish  borasida  uzluksiz  ish  olib  borishdan 
iborat. Bu hayotiy, biz hamisha amal qiladigan tamoyil jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmog‗i 
hamda  o‗zida  yaxlit  bir tizimni mujassam  etmog‗i lozim. Bu tizim  markazida  ma‘naviyat, axloq-odob, 
ma‘rifat  kabi  o‗lmas  qadriyatlar  turmog‗i  kerak.  Mana  shu  uch  buyuk  qadriyatni  xalqimiz  asrlar 
davomida e‘zozlab kelgan. Bizning muqaddas dinimiz ham, butun SHarq falsafasi ham bu qadriyatlarni 
ulug‗lagan,  ularni  ijtimoiy  taraqqiyotning  eng  muhim  shartlari  deb  bilgan.  Mana  shunday  chinakam 
insoniy  fazilatlarga  ega  bo‗lgan  yoki  shunga  intilgan  odam  demokratiya  ne‘matlarining  oddiy 
iste‘molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Ana shunda demokratiya 
va  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  amalda  barpo  etish,  inson  haq-huquqlarini  va  erkinliklarini  ta‘minlash 
mumkin  bo‗ladi.  SHundagina  inson  o‗z  mamlakatining  tom  ma‘nodagi  munosib  fuqarosi  bo‗la  oladi. 
Darhaqiqat, buyuk ajdodimiz Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi bilim, fan, axloq 
va ma‘rifat sohasida yuksak darajaga ko‗tarilgan jamiyatgina ijtimoiy taraqqiyotda  samarali natijalarga 
erisha olishi mumkin, degan fikrida juda katta ma‘no bor.  
Ma‘lumki,  erkinlik  mavhum  tushuncha  emas.  Erkinlikning  tabiatini  anglash  uchun  uning 
namoyon bo‗lish shart–sharoitlarini, insonning mavjudligi va jamiyatdagi o‗rnini hisobga olish lozim.  
Erkinlik  ijtimoiy  tushuncha.  U  insonlar  o‗rtasidagi  o‗zaro  ijtimoiy  munosabatlarda  ro‗yobga 
chiqadi.  SHuning  uchun  jamiyatdan  tashqarida  erkinlik  bo‗lmaydi.  Jamiyatda  erkinlikni  tushunish  va 
amalga oshirish mamlakatda ustuvor bo‗lgan milliy madaniy, tarixiy, diniy va boshqa tartibotlar, qonun-
qoidalar hamda qadriyatlarga, ularning xarakteri, mazmuniga bog‗liq bo‗ladi. Erkinlikni anglash va uni 
ifoda etishda G‗arb va SHarqning o‗ziga xos jihatlari bor. G‗arbda erkinlik to‗g‗risida fikr yuritilganda, 
asosan, alohida olingan shaxs erkinligi va huquqlaridan kelib chiqqan holda yondashiladi, erkinlikka shu 
mezondan kelib chiqib baho beriladi.  
SHarqda  ham  shaxs  erkinligi  va  huquqlari  hisobga  olinadi.  Lekin  shaxs  hatti–harakati,  xulq-
atvori,  jamiyatdagi  o‗rni,  ma‘suliyatini  idrok  etish  holatlariga  baho  berilganda,  muayyan  guruh,  etnos, 
xalq, millat, jamiyatning manfaatlari, huquqlariga alohida qadriyatlar, an‘analaridan kelib chiqqan holda 
yondoshiladi.  
SHaxsning  xohish–irodasi,  istagi,  maqsad  va  manfaatlari  uning  faoliyatida  namoyon  bo‗ladi. 
Erkinlik  va  jamiyat  hayotini  erkinlashtirish  muammosi  muayyan,  g‗oya,  g‗oyalar  tizimi  bilan  ham 
bog‗liq.  G‗oya  erkinlik,  jamiyat  hayotini  erkinlashtirishga  xizmat  qilishi  yoki  aksincha,  erkinlikni, 
erkinlashtirish jarayonlarini bo‗g‗ishi,  ya‘ni unga imkoniyat  bermasligi ham  mumkin. CHunki, jamiyat 
hayoti  siyosiy  tizim  sifatida,muayyan  g‗oyalar  orqali  muayyan  tartibotlar,  urf–odat,  an‘analar, 
qadriyatlar  bilan  shakllanadi.  Ular  esa  jamiyatning  turli  sohalarida  faoliyat  ko‗rsatadigan  insonlar 
dunyoqarashi,  ongi  va  tafakkuri  orqali  o‗z  ifodasini  topadi.  G‗oyaga  mos  ravishda  erkinlik  va 

erkinlashtirish jarayonlari  sodir  bo‗ladi.  Mamlakatda  yagona  g‗oya  tan  olinib,  faqat unga amal qilinsa, 
shunga mos faoliyat qaror topadi. Masalan, kommunizm g‗oyasi yakka hukmronlikka asoslangan bo‗lib, 
natijada  inson  erkinligi,  umuman,  jamiyatni  erkinlashtirishga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatdi.  Inson  fikri,  uning 
jamiyat  iqtisodiy,  siyosiy  hayotidagi  o‗rni  ham  sinfiylashgan  mafkuraga  yoki  proletar  manfaatlariga 
bo‗ysundirildi.  Inson  ongi  va  dunyoqarashida  uning  dunyoni  idrok  etishi  bilan  bog‗liq  qarashlari, 
tasavvurlari emas, aksincha, dunyoqarashni «sinfiy»lik tamoyiliga moslashtirish va undan kelib chiqqan 
holda  fikrni  ifodalash,  munosabat  bildirish  hodisasi  ro‗y  berdi.  Bu  dunyoqarash  majburiy  tarzda 
shakllantirildi.  
Jamiyatning  erkinlashishi  insonlar,  turli  ijtimoiy  guruhlar  va  qatlamlarning  davlat  va  jamiyat 
qurilishidagi  ishtirokiga,  o‗zaro  munosablardagi  o‗rni,  mavqei,  holatiga  bog‗liq.  Inson  erkinlikni 
xohlaydi, lekin  nosog‗lom  siyosat,  mafkuraviy  maqsadlar bunga yo‗l  bermasligi  mumkin. Bunga  sobiq 
Ittifoq  davri  aniq  misol  bo‗ladi.  O‗zining  erkin  yoki  erkin  emasligini  farqlamaydigan  insonlar  ham 
uchraydi. Bu ularning  ongi,  dunyoqarashi, tafakkuri darajasiga  bog‗liq. Inson erkinlikni  istaydi, ammo 
mavjud  ijtimoiy–iqtisodiy  holati  bunga  imkon  bermasligi  mumkin.  O‗z  erkinligini  idrok  eta  olmagan 
kishi  ozod bo‗la  olmaydi. Bunday odamlar  doimo  birovning ta‘sirida  va unga  qaram bo‗ladi. Iqtisodiy 
qaramlik inson erkinligini yuzaga chiqarmaydi. Bu o‗ziga xos iqtisodiy tobelik ruhiyatini shakllantiradi. 
Ayrim  ijtimoiy  muammolarning  mavjudligi  kishining  erkin  faoliyat  yuritishiga  salbiy  ta‘sir 
ko‗rsatmasdan  qolmaydi.  Masalan,  bir  amallab  o‗z  ish  o‗rnini  saqlab  turgan,  boshqa  mehnat  faoliyati 
bilan  shug‗ullanish  qo‗lidan  kelmagan  yoki  unga  imkoniyati  bo‗lmagan  kishi  o‗z  ishini  yo‗qotib 
qo‗ymaslik uchun jim turishni afzal ko‗radi. U ishsiz qolishdan qo‗rqadi. SHo‗rolar davrida insonlar bir 
kasb  doirasiga  chambarchas  «bog‗lab»  qo‗yilgan,  boshqa  mehnat  faoliyati,  xususan,  tadbirkorlik  bilan 
shug‗ullanish  imkoniyatlari  cheklangan  edi.  Bugun  xususiy  tashabbusga  keng  imkoniyatlar  berildi, 
biroq bu imkoniyatlardan foydalanish oson kechayotgani yo‗q.  
Ijtimoiy-iqtisodiy  hayotning  bozor  iqtisodiga  asoslangan,  mulk  xilma–xilligiga  o‗tgan 
O‗zbekistonda  hammaning  oldida  yangi-yangi  imkoniyatlar  paydo  bo‗ldi.  Insonlar  endi  faqat  bir 
narsaga  tayanib  qolish  emas,  balki  mulkdor  bo‗lish  huquqining  barcha  imkoniyatlaridan  keng 
foydalanishlari  mumkin.  Buning  uchun  odamdan  faqat  etarli  salohiyat,  izlanish,  mehnat,  faollik  talab 
etiladi. Bugun kim shu talablarga javob bersa, muayyan yutuqlarga erishayapti va yomon yashamayapti.  
Bugun  milliy  g‗oyaning  jamiyat  hayotiga  tadbiq  etilishi  jamiyatni  erkinlashtirish  va  erkinlik 
muammosi  bilan uzviy bog‗liqdir.  U  erkinlik,  erkinlashtirishning  muhim  ma‘naviy omili  bo‗lib xizmat 
qiladi. CHunki u tayanadigan, amal qiladigan qoidalar, tamoyillar shunga shart-sharoit yaratadi va shuni 
talab  ham  qiladi.  Mustaqillik  tufayli  jamiyat  yangilanishga,  erkinlashishga  ehtiyoj  sezayotgan  ekan, 
demak  mustaqillikkacha  amal  qilgan  g‗oyalar,  qoidalar,  tamoyillar  bugungi  kun  talablariga  javob 
bermaydi  ularga  asoslangan  holda  jamiyat  va  inson  hayotining  erkinlashtirish  mumkin  emas. 
Mamlakatning  huquqiy  asoslari,  qonunchilik  sohasi,  ijtimoiy–siyosiy,  iqtisodiy,  ma‘naviy  negizlari 
yangilanmoqda.  YAngi  g‗oyalar  demokratik  tamoyillar  asosida  qurilmoqda  Bu  istiqbolda  kuchli, 
demokratik  fuqarolik  jamiyatini  qurish  vazifalarini  amalga  oshirishga  xizmat  qiladi.  Erkinlik  va 
erkinlashtirish esa, uning ustuvor yo‗nalishi bo‗lib qoladi.  
Insonlarning  erkin  bo‗lishi  yoki  bo‗lmasligi  jamiyatda  qanday  g‗oya  amal  qilayotganligiga,  u 
qanday tamoyillarga asoslanishiga bevosita bog‗liq. Agar mamlakatda fikrlar, qarashlar, g‗oyalar xilma–
xilligi  e‘tirof  etilsa  va  jamiyat  hayoti  unga  asoslansa,  shunga  mos  tarzda  ong  va  tafakkur  erkinligi 
shakllanadi.  Tafakkur  erkinligi,  ya‘ni  fikr  erkinligi  esa  insonlar,  shaxs  erkinligiga,  ozod  shaxs 
ma‘naviyati qaror topishiga xizmat qiladi.  
Agar  jamiyatda  fikrlar,  qarashlar,  g‗oyalar  xilma  xilligiga  amal  qilinsa,  insonning  jamiyatdagi 
o‗rni  yangicha  ma‘no  kasb  etadi.  Ong  va  tafakkur  erkinligi  fikrlar  xilma–xilligini  yuzaga  chiqaradi. 
Mamlakatning  kuch-qudrati,  salohiyati  ortadi.  Milliy  g‗oya  mamlakatning  ma‘naviy  kuch-qudrat 
manbaiga aylanadi.  
«Tarix saboqlari shundan dalolat beradiki, o‗zining erkin fikrini ifoda etadigan shaxs, guruh yoki 
ijtimoiy qatlam, avvalo, o‗zining aniq  - ravshan, asosli  qarashlariga ega  bo‗lishi, o‗z  nuqtai nazarining 
oqibati  uchun  ma‘suliyatini  o‗z  zimmasiga  olishi,  bahs–munozara  madaniyati  talablariga  amal  qilishi 
lozim.  YA‘ni,  fikrlar  rang–barangligi  va  qarashlar  xilma–xilligi  muayyan  jamiyatning  milliy 
manfaatlariga, umumbashariy qadriyatlariga, huquqiy normalariga, axloqiy mezonlariga zid bo‗lmasligi 

zarur».
28
  
Milliy  g‗oyaning  fikrlar, g‗oyalar xilma–xilligi, erkin  fikr,  shaxs  erkinligiga erishish tamoyiliga 
amal qilishi mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishga 
xizmat  qiladi.  SHu  nuqtai  nazardan,  erkinlashtirishga  jamiyatni  demokratlashtirishning  boshlang‗ich 
bosqichi  sifatida  qaralib,  jamiyat  hayotining  barcha  sohalarini  erkinlashtirish  vazifalari  amalga 
oshirilmoqda.  
Istiqlolga  erishgandan  so‗ng  O‗zbekiston  demokratik,  adolatli,  fuqarolik  jamiyatni  barpo  etish 
yo‗lini  tanladi.  Zero  Prezident  I.A.Karimov  aytganidek,  «Demokratik  jamiyatni  qurish  ko‗p  millatli 
O‗zbekiston  xalqi  manfaatlariga  to‗la  mos  tushadi.  Bu  xalq  o‗zining  erk,  baxt–saodat,  farovonlik 
to‗g‗risidagi  orzularini  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida  o‗tkazilayotgan  islohatlar  bilan  bog‗laydi. 
Bu  islohatlar  xalqqa  nima  berishi  muhimdir.  Kishilar  hayotida  yaxshilik  tomon  qanday  o‗zgarishlar 
bo‗lishi,  ularning  hayoti  qanchalik  to‗q,  boy,  go‗zal  bo‗lishi,  inson  o‗zini  naqadar  chinakam  erkin  his 
etishi, o‗z mehnatining, o‗z taqdirining, o‗z mamlakatining egasi bo‗lishi muhimdir»
29

Bu  siyosiy  sohada  demokratlashtirish,  aholining  siyosiy  faolligini  kuchaytirish,  fuqarolik 
jamiyatini  shakllantirish,  demokratik  institutlar  faoliyatini  yo‗lga  qo‗yish  va  jonlashtirish,  so‗z  va  fikr 
erkinligini  rivojlantirishni  ko‗zda  tutadi.  Iqtisodiy  sohada  erkinlashtirishning  tub  mohiyati  mulkka 
munosabatni  o‗zgartirish,  mulkdorlar  tabaqasini  vujudga  keltirish,  iqtisodiy  faoliyat  tashabbusini 
rag‗batlantirish, xususiy mulk daxlsizligini qonunan va amalda kafolatlashdan iborat. YUrtboshimizning 
jamiyat  ma‘naviyatini  yuksaltirishni  erkin  fuqarolar  jamiyatini  barpo  etish,  yangi  shaxsni 
shakllantirishning  ustuvor  yo‗nalishi  deb  e‘lon  etgani  bejiz  emas.  Zero,  siyosiy  va  iqtisodiy  hayotni 
erkinlashtirish  o‗z  haq-huquqini  tanigan,  qadr-qimmatini  bilgan,  kurashchan,  faol  vatanparvar 
shaxslarning bo‗lishini taqozo etadi.  
Milliy  g‗oya insonparvarlik tamoyiliga amal qilishni taqozo etadi. Mamlakatimizda insonparvar 
va  demokratik  jamiyat  barpo  etilmoqda.  Biz  xalqimizning  muqaddas  qadriyatlari  hamda  ulkan  tarixiy 
merosiga  tayanib,  shuningdek,  umume‘tirof  etilgan  demokratik  tamoyil  va  me‘yorlarga  rioya  qilgan 
holda,  insonparvar  jamiyat  barpo  etmoqdamiz.  Bugunga  kelib  mustabid  tuzum  asoratlaridan,  uning 
g‗ayriinsoniy g‗oyalaridan, shuningdek yakka mafkurachilik amalidan xalos bo‗ldik. Hozirgi murakkab 
rivojlanish  bosqichida  O‗zbekistonning  demokratik  istiqbolini  jamiyatda  insonning  tub  manfaatlariga 
mos  ijtimoiy  munosabatlarni  shakllantirish  orqaligina  ta‘minlash  mumkin.  Bunda  milliy  g‗oyaning 
insonparvarlik  va  demokratik  tamoyillari  inson  va  jamiyat  manfaatlari  uyg‗unligini  belgilab  beruvchi 
tayanch nuqta va jipslashtiruvchi kuch hisoblanadi.  
Millat  tafakkuri,  ruhiyati  va  fikrlash  tarzi  qarashlar  xilma–xilligini  aslo  inkor  etmaydi. 
Xalqimizning  «Kengashli  to‗y  tarqamas»  degan  maqoli  ham  fikrimizni  tasdiqlaydi.  Umumbashariy 
demokratik  tamoyillarning  hayotimizdan  mustahkam  o‗rin  olishi,  ma‘naviy  kuch-qudratimiz  timsoli 
bo‗lgan  milliy  g‗oyada  aks  etgan  insonparvar  tuzum,  barqaror  taraqqiyot,  xavfsizlik,  milliy 
davlatchilikning ma‘naviy tayanchlari nechog‗lik mustahkam bo‗lishiga bog‗liq.  
O‗zbekiston  Konstitutsiyasida  va  mamlakatimiz  qonunlarida  fuqarolarimizning  huquqlari  to‗la 
kafolatlangan.  Bu  huquqiy  asosga  tayangan  holda  g‗ayriinsoniy  qarashlarning  hayotimizga  ta‘siridan 
mutloq  xalos  bo‗lish,  millatning  kuch  qudratini  zaiflashtiruvchi  ayrim  ma‘naviy  nuqsonlarga  barham 
berish  jarayoni  izchil  amalga  oshirilishi  kerak.  Bu  esa  demokratiya  mohiyatini  tom  ma‘noda  anglab 
etishni,  hokimiyat  organlari  va  fuqarolar  o‗rtasidagi  munosabatlar  tizimi  va  madaniyatini  yuqori 
saviyaga ko‗tarishni talab etadi.  
Mamlakatimizda  demokratik  jarayonlar  rivojlanishi  va  jamiyat  hayotini  yangi  sharoitga  mos 
ravishda  ma‘naviy–ma‘rifiy  yangilanish,  odamlarni  ana  shu  jarayonlarga  moslashuvi  jarayonlari  bozor 
munosabatlari  shakllanishidan  orqada  qolayotganligi  kuzatilmoqda.Odamlarimiz  hammasi  ham 
kelajakni etarlicha tasavvur qilisha olmayapti.  
SHuningdek,  jamiyatning  demokratiyalashuvi  uchun  yaratilgan  imkoniyatlar,  huquqiy  bazalar 
                                                           
28
 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. -Т.:Ўзбекистон, 2000. –Б. 20.  
 
29
 Каримов И. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳатларни чуқурлаштириш йўлида. –Т.:Ўзбекистон, 1995. –Б. 247.  

bilan  ularning  real  hayotga  aylanishi  o‗rtasida  nomutanosiblik  sezilmoqda.  YUrtimizda  jamiyatni 
demokratiyalashuvi uchun huquqiy baza va imkoniyatlar yaratilgan. Ammo, ularning real amalga oshuvi 
mavjud ehtiyoj darajasidan orqada qolmoqda.  
Bugungi  kunda  bizning  turmush  tarzimizga,  ruhiyatimizga  turli  ma‘naviy–ma‘rifiy  xurujlar 
bqlmoqda,  «demokratiya»  va  «erkinlik»  niqobi  ostida  «soxta»  demokratiya  va  erkinlik  g‗oyalari  turli 
usullar  orqali  uzluksiz  ravishda  tiqishtirilayapti.  Maqsad,  bizning  milliy  tushunchalarimizni  barbod 
etishga,  mafkuraviy  immunitetimizni  susaytirishga,  yoshlarimizni  duragaylashtirishga  qaratilgan 
tajavuzlarni, muntazam harakatlarni sezib turibmiz. Bugungi kunda inson qalbini egallash uchun butun 
dunyoda  to‗xtovsiz  kurash  ketayapti.  Bu  zararli  g‗oyalarga  qarshi  xalqimizning  or–nomusi,  diniy  va 
dunyoviy e‘tiqodi, ma‘naviy qadriyati mafkuraviy immunitet vazifasini o‗tashi zarur.  
YUrtboshimizning  «Bugungi  kunda  g‗oyani  taqiq  bilan,  ma‘muriy  choralar  bilan  engib 
bo‗lmaydi.  G‗oyaga  qarshi  faqat  g‗oya,  fikrga  qarshi  faqat  fikr,  jaholatga  qarshi  ma‘rifat  bilan  bahsga 
kirishish, olishishi mumkin»
30
, -degan fikrlari bugungi kunda har bir vatandoshimiz uchun dasturulamal 
bo‗lishi kerak.  
O‗zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  11  yilligiga  bag‗ishlangan  tantanali  marosimda 
I.Karimov  milliy  uyg‗onish  ruhi,  milliy  g‗oya  hayotimizga  tobora  chuqurroq  kirib  bormoqda  deb 
ta‘kidladi. SHuningdek, davlatimiz rahbari o‗z nutqida hozirgi paytda ba‘zi xorijiy  mamlakatlarda turli 
g‗oya  va  qarashlar  niqobi  ostida  bizning  milliy  qadriyatlarimizga,  umuman  barcha  millat  vakillari 
hurmat qiladigan insoniylik tamoyillariga mutlaqo to‗g‗ri kelmaydigan nomaqbul harakatlar televidenie 
orqali  tez–tez  ko‗zga  tashlanib  turishini  afsus  va  nadomat  bilan  aytib  o‗tdi.  Darhaqiqat,  bunday 
g‗ayriinsoniy  harakatlarni  ko‗rganda,  inson  beixtiyor  o‗ylab  qoladi:  Aslida  demokratiyadan  maqsad 
insonning qadr-qimmatini joyiga qo‗yish emasmi? Kuppa kunduz kuni qip-yalang‗och ko‗chaga chiqib 
turli  namoyishlar  o‗tkazib  kimlarnidir  huquqini  talab  qilmoqchi  bo‗layotgan  kimsalar  aslida 
odamzodning  eng  buyuk  boyligi  bo‗lmish  yuksak  tuyg‗ularini  erga  urmayaptimi,  aql–zakovat  va 
tafakkur, or–nomus sohibi bo‗lgan insonning qadrini tushurmayaptimi? 
Insoniylikni har narsadan aziz bilgan xalqimiz bunday «demokratiya», bunday «erkinlik»ni aslo 
qabul  qilolmaydi.  SHu  sababli  ham  bunday  yot  va  zararli  g‗oya  va  harakatlarning  turmush  tarzimizga 
kirib,  yoshlarning  qalbini  egallashi  va  milliy  urf–odat,  qadriyatlarimizni  qadirsizlantirishga  murosasiz 
bo‗lish har bir ma‘rifatli insonning vatanparvarlik burchidir.  
Ayrim  kuchlar  tomonidan  «demokratiya  targ‗iboti»  shaklida  amalga  oshirilayotgan  ishlar 
to‗g‗ridan–to‗g‗ri G‗arb turmush tarzining zo‗rma zo‗raki tiqishtirilishiga aylanib ketayapti. Bir paytlar 
«jahon  proletariati  inqilobi»  qanday  eksport  qilingan  bo‗lsa,  bugun  behayolik,  uyatsizlik,  shafqatsizlik 
va  zo‗ravonlik  singari  noinsoniy  tushunchalar  shunday  eksport  qilinayapti.  Bunday  zararli  g‗oyalarga 
qarshi  yoshlarda  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirishning  zarurligi  to‗g‗risidagi  Prezidentimizning 
quyidagi fikrlari o‗rinli. YA‘ni, «Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida 
unga  qarshi  immunitet  hosil  qilinadi.  Biz  ham  farzandlarimiz  yuragida  ona  Vatanga,  boy  tariximizga, 
ota–bobolarimizning  muqaddas  diniga  sog‗lom  munosabatni  qaror  toptirishimiz,  ta‘bir  joiz  bo‗lsa, 
ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur»
31

Ushbu  omillarning  millatimizga,  mustaqilligimizga,  ma‘naviyatimizga  zararini  e‘tiborga  olib 
YUrtboshimiz  «Millatni asrash kerak» degan g‗oyani qayta-qayta uqtirdi.  Millatni asrash  o‗zligimizni, 
odob–axloqimizni,  merosimiz,  qadriyatlarimiz  va  milliy  ruhimizni  zararli  g‗oyalar  va  mafkuralar 
ta‘siridan  avaylab,  asrash,  ularga  qarshi  kurash  fuqarolarimiz  va  yoshlarimiz  qalbida  mafkuraviy 
immunitetni shakllantirish degan ma‘noni ham anglatadi. SHu sababdan mustaqil O‗zbekistonda hozirgi 
davrda  millat,  jamiyat,  davlatning  birlashtiruvchi  bayrog‗i  bo‗lgan  milliy  g‗oya  va  mafkurani 
shakllantirish va xalqimiz ongiga singdirish borasida sobitqadamlik bilan ma‘naviy–ma‘rifiy va amaliy 
ishlar olib borilmoqda 
                                                           
30
 Каримов И. Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин. -Т. , 
Ўзбекистон, 1998. –Б. 10.  
31
 Каримов И. Миллий истиқлол ғояси – халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. –Т. :Ўзбекистон, 
2000. –Б. 12.  
 

Milliy  g‗oyaning  shakllanishi  shaxs  qadriyatlari,  inson  ma‘naviy  olami  bilan  bog‗liq.  SHubha 
yo‗qki,  milliy  g‗oyani  amalga  oshirish  avvalo  har  tomonlama  bilimli,  ma‘naviy,  jismoniy  va  etuk 
insonlarga  bog‗liq.  Bu  esa  har  bir  yurtdoshimizni  milliy  taraqqiyot  g‗oyalari  bilan  qurollantirishni 
taqazo  etadi  hamda  sog‗lom  avlodni  tarbiyalash,  erkin  fuqaro  ma‘naviyatini  shakllantirish,  barkamol 
insonni voyaga etkazish ham ana shu vazifalar sirasiga kiradi. Zero,  har bir shaxs ijtimoiy jarayonlarni 
o‗zida  mujassam  etuvchi  kuch  sifatida  jamiyatdagi  barcha  jarayonlarning,  jumladan  milliy  g‗oyaning 
amal  qilishida  asosiy  omil  hisoblanadi.  Avvalo,  shaxs  milliy  g‗oyaning,  uning  hayotbaxsh 
tushunchalarining  o‗zlashtiruvchisi,  o‗ziga  singdiruvchisidir.  Ta‘lim  va  tarbiya  jarayonida  ijtimoiy–
ma‘naviy  tizim,  malakani  oshirish  va  qayta  tayyorlash,  qolaversa,  jamiyatdagi  to‗laqonli  axborot 
makoni  orqali,  u  aniq  va  oqilona  yo‗naltirilgan  mafkuraviy  qadriyatlar,  me‘yorlar  va  talabalarni 
o‗zlashtirishi zarur.  
SHaxsning  milliy  g‗oyani  keng  yoyishdagi  o‗rni,  avvalo,  uning  mafkuraviy  jarayonlarda 
qanchalik  faol  ishtirok  etishida  ko‗rinadi.  Faol,  intiluvchan  shaxs  mafkuraviy  ta‘sir,  targ‗ibot  va 
tashviqotning  ob‘ektidan  mafkuraviy  jarayonlarning  sub‘ektiga,  mafkurachiga,  mafkuraviy  tarbiya 
tizimining  muhim  bo‗g‗iniga  aylanib  boradi.  SHundan  so‗ng  u  milliy  mafkura  g‗oyalarining 
tashuvchisiga,  targ‗ibotchisiga,  uni  boshqalarga  etkazuvchi  vositaga  aylanadi.  Har  bir  shaxs  tegishli 
g‗oyaviy-mafkuraviy  tayyorgarlikka  ega  bo‗lgach,  ishlab  chiqarish,  xizmat  ko‗rsatish,  ta‘lim,  fan, 
madaniyat,  sog‗liqni  saqlash,  harbiy  xizmat  va  hayotning  boshqa  sohalaridagi  faoliyati  orqali  milliy 
mafkuraning asosiy tamoyillarini  yoyishda, targ‗ib  etishda  va  mustahkamlashda  faol ishtirok  eta oladi. 
SHu tariqa bu g‗oya va tamoyillar odamlarni aniq maqsad va taraqqiyot sari etaklaydi,  millat qo‗lidagi 
bayroqqa aylanadi.  
Ana shu sabablarga ko‗ra, milliy g‗oyaning amalga oshirishda shaxs tayanch omil deb qaraladi, 
uning  imkoniyatlarini  yuksak  baholagan  holda,  asosiy  e‘tibor  muayyan  shaxsning  mafkuraviy 
tayyorgarlik  darajasiga  qaratiladi.  Bunda  muayyan  shaxsga  o‗zbek  milliy  xarakterining  afzalliklarini 
tashviq  qilish,  xalqimiz  madaniyatining  bebaho  va  betakror  ekanini  anglatish,  o‗zbeklarga  xos 
jamoaviylik  jamiyatimizning  muhim  xususiyati  ekani,  ijtimoiy  birdamlik  taraqqiyotimizning  manbai 
bo‗lib  xizmat  qilishiga  alohida  e‘tibor  beriladi.  SHuningdek,  bu  jarayonda  taraqqiyotga  baholi  qudrat 
o‗z hissasini qo‗sha oladigan etuk shaxs timsolini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.  
Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  demokratik  o‗zgarishlar  va  erkinlashtirish  jarayonlarini 
yanada  chuqurlashtirish,  milliy–ma‘naviy  salohiyatni  o‗z  zaminlarimiz  asosida  rivojlantirish,  yoshlar 
ongi va qalbiga milliy g‗oyaning demokratik va gumanistik mazmunini singdirish muhim vazifadir.  

Download 5.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling