“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti”


Baholash mezonlari va ko‘rsatkichlar


Download 390 Kb.
bet12/15
Sana28.12.2022
Hajmi390 Kb.
#1022215
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Туп ва усм муст. иш

Baholash mezonlari va ko‘rsatkichlar.
Talabalar bilimi qo‘yidagi baholash mezonlariga asosan baholanadi.
Har bir to‘g‘ri javobga 0,5 balldan 2 ballgacha baholanadi:
2 ball – a’lo;
1,5 ball – yaxshi;
1 ball – qoniqarli;
0,5 ball – qoniqarsiz.



Ma’lumotlarni taqdim etishning boshqa usullari:
Ma’lumotlarni taqdim etishda har xil usullardan foydalaniladi. Bunday usullardan biri Esse shaklida ma’lumotlarni bayon qilishdi.
ESSE
Esse – taklif etilgan mavzuga 1000 dan 5000 gacha so‘z hajmidagi insho.
Esse – bu muallifning ta’kidlab o‘tadigan individual pozitsiyasidagi erkin ifoda etish shakli; qandaydir predmet bo‘yicha umumiy yoki dastlabki dunyo qarashni o‘z ichiga oladi.
Besh daqiqalik esse
Besh daqiqali esse – o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni umumlashtirish, mushohada qilish maqsadida o‘quv mashg‘ulotida oxirida 5 daqiqa oralig‘ida olib bloriladi.
O‘qituvchi taklif etishi mumkin:
-“Men bu. haqida nimani o‘ylayman” yoki “Nima uchun, mening fikrimga ko‘ra ...” savollariga javob bering;
-o‘quv mashg‘ulotida berilgan magistrlar uchun yangi sanalgan g‘oyani tavsiflash va sharhlab berish;
-olingan bilm, ko‘nikmalar qaerda amaliyoda qo‘llanilishni tavsiflash.
Ushbu ko‘rinishdagi esse baholanmasligi ham mumkin. Ammo, o‘qituvchi juftliklarga ajralishi, ishlar bilan o‘zaro almashish va yozilganlarni muxokama qilish taklifini berish mumkin. Ushbu holda o‘qituvchi 2-3 ta esseni tanlab tekshirishi mumkin, ularni ovozini chiqargan holda sharhlashi, magistrlar bilan muhokama qilishi va xulosa qilishi mumkin.


Asoslangan esse
Asoslangan esse – qo‘yilgan savolga asosli javob keltirilgan yozma ishdir. Muallif ma’lum bir pozitsiyani egallaydi va un himoya qiladi, bunda o‘zning pozitsiyasini qo‘llab-quvattalash uchun bir qancha asoslangan isbotlarni keltiridai. Maqsad-muallif lozim topadigan qarashlarni boshqalarning ham qabul qilishiga ishontirish.
 Asoslangan samarali esseni yozish yengil bo‘ladi, qachonki siz kitobxonlarga o‘zingizning essengizni yozish jarayonida uni fikriy jihatdan taqdim etsangiz va ular bilan fikriy muloqatni o‘rnata olsangiz.
Asoslangan esse tarkibi
(1) Savol bo‘yicha nisbatan muallif nuqtai nazarining bayon etilishi (1 xat boshi)
(2) Bayon etilgan pozitsiyani asoslash – ushbu pozitsiyani qshlla-quvutlashni muallifning ishonarli dalillari, ushbu pozitsiyani qabul qilishga ishontirish.
(3) Xulosa-rezyume
 Asoslangan esseni baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari
*mavzu mazmuniga mos kelishi;
*mazmuni, fikri;
*unga taaluqli muammoni oldindan ko‘ra bilish, shaxsiy nuqtai nazari, ma’lumotlar yetarliligi;
*uslub: ifoda aniqligi, muayyanligi;
*orfografiya

Quyida Sug‘orishning tuproq unumdorligi va o‘simlik xosildorligiga ta’siri” mavzusida asoslangan Esse yozish namunasi keltirilgan.


Sug‘orish suvi suvda eriydigan tuzlar va mineral moddalar uchun erituvchi hisoblanib, tuproqning ustki qatlamidagi tuzlarni eritadi, tuproq eritmasi konsentratsiyasini pasaytiradi va tuproqdagi kimyoviy jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Sug‘orish natijasida tuproqning ishqoriyligi ortadi. Agar tuproqda eruvchi xlorid va sulfat bo‘lsa, ular miqdorining ko‘payishi bilan tuproqning ishqoriyligi kamayadi.
Sug‘orish natijasida o‘simlik tuproqdan o‘ziga zarur bo‘lgan moddalarni (kaliy, azot, fosfor va h.k.) olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Sug‘orish tuproqning fizikaviy xossalariga va strukturasiga ta’sir etadi:

  • suv tuproq strukturasini buzishi mumkin (ayniqsa, bostirib sug‘orishda), o‘lchami 2,5 mm gacha bo‘lgan tuproq zarrachalariga suv tegishi bilan ular o‘lchami 1 mm dan kichik zarralarga bo‘linib ketadi. Tuproq kolloidlarining bo‘kishi zarralardagi yopishqoqligining bo‘shashi natijasida tuproqning oraliq g‘ovakliklari kamayib, tuproqning

qatqaloqlashiga olib keladi;

  • sug‘orish natijasida tuproqning zichlanishi kuzatiladi (ayniqsa 0,5-2,0 m gacha bo‘lgan tuproq qatlamida). Buning asosiy sabablari tuproq tarkibidagi Ca va Mg karbonatlariga uch valentli element oksidlarining gidratlari va SiO2 bilan birikishidir;

  • sug‘orish tuproq zarralarining yopishqoqligini o‘zgartiradi (namlikning ko‘payishi tuproqni yumshatadi).


Download 390 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling