“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti”


Download 390 Kb.
bet1/15
Sana28.12.2022
Hajmi390 Kb.
#1022215
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Туп ва усм муст. иш


O‘zbekiston Respublikasi O‘rta maxsus va Oliy ta’lim vazirligi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini

mexanizatsiyalash muxandislari instituti”

Milliy tadqiqot universiteti




«Gidromelioratsiya» fakulteti




«Irrigatsiya va Melioratsiya» kafedrasi


Tuproq, o‘simlik, suv bog‘liqligi




fanidan mustaqil ishini bajarish bo‘yicha
M Ye T O D I K K O‘ R S A T M A

© “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaliginimexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, 2022y
Ushbu metodik ko‘rsatma universitet Ilmiy metodik kengashining 2022 yil bo‘lib o‘tgan sonli majlisida ko‘rib chiqildi va chop etishga tavsiya etildi.

Metodik ko‘rsatma “Tuproq, o‘simlik, suv bog‘liqligi” fanidan “Mustaqil ishini tashkil etish va bajarish” bo‘yicha o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida magistrda o‘quv ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga mo‘ljallangan.


70812302 – “Melioratsiya va sug‘orma dexqonchilik” magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan.

Tuzuvchilar: Kasimbetova S.A - dotsent., t.f.n.


Yergashova D.T - tayanch doktorant.
Rasulov I - magistr.
Taqrizchilar: Shermatov Yo - “TIQXMMI” MTU qoshidagi
“Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy
tekshirish instituti” katta ilmiy xodimi., t.f.n.
Irmuxamedova L.X - dotsent., t. f.n.

Kirish
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi xalqining moddiy va ma’naviy turmush darajasini yuksaltirish, aholi uchun mo‘l va sifatli oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun xom ashyo yetishtirish maqsadida ekinlardan yuqori va barqaror hosil olib, xalqimizning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlab, chet davlatlarga ham muntazam ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chiqarish dolzarb vazifalardan biridir.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek,2030 yilgacha mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini 2 barobardan ziyod ko‘paytirishga erishishimiz darkor. Qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Eng avvalo, agrosanoat kompleksi va uning lokomotivi, ya’ni harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini izchil rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi.
Bu borada melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik rivojlangan mintaqalarda o‘simlik, suv va tuproq orasidagi bog‘lanish uslublarini chuqur o‘rganish, tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot natijalarini joriy qilish katta ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasining o‘simlik dunyosini 4800 turdan ortiq o‘simlik tashkil etadi. Sug‘oriladigan yerlarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlari bilan bir qatorda cho‘l zonalarda kserofitlar, qumliklarda pasammofitlar, sho‘rlangan tuproqlarda galofit o‘simliklar keng tarqalgan. O‘simlik turlarining o‘ziga xos xusuiyatlari, rivojlanish fazalarida suv, tuz va organik moddalarni qabul qilish xossalari, tabiatda kechayotgan fotosintez jarayonidagi o‘simliklarning roli bo‘yicha ma’lumotlar fan dasturiga kiritilgan.
Suv tabiatda keng tarqalgan va yer yuzining qariyib 3/4 qismini tashkil qiladi. Suv yashash, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, munosib hayot kechirish va insoniyat rivoji uchun zarur asosiy resursdir. Bugungi kunda 40 dan ortiq mamlakatdagi 2 milliarddan ortiq odam suv tanqisligi sezilmoqda. Chuchuk suv zaxirasining 70-90%-i rivojlanayotgan mamlakatlarda ekinlarni yetishtirish uchun ishlatiladi. Suvga nisbatan ortib borayotgan talablarni hisobga olish va suv tanqisligi muammosini yechish uchun suv resurslarini muxofaza qilish va boshqarish mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.
Tuproq – yer qobig‘ining sirtidagi, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish davrida, ularni suv va oziq moddalar bilan uzluksiz ta’minlab turish qobiliyatiga ega bo‘lgan ustki unumdor tog‘ jinslari qatlamidir. Insoniyat hayotini ta’minlash va yaxshilash uchun tuproqni muxofaza qilish, uning unumdorligini oshirish, tuproqdagi suv, havo, ozuqa, issiqlik rejimlarini va xossalarini yaxshilab borish zarur.

Download 390 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling