“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti”


Download 390 Kb.
bet5/15
Sana28.12.2022
Hajmi390 Kb.
#1022215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Туп ва усм муст. иш

Rejali konspekt tuzish namunasi:
Mavzu: “O‘zbekistonning tuproq-meliorativ sharoitlari”
Reja:
1.O‘zbekistondagi tuproq turlari.
2.Tuproq turlarini mexanik tarkibi va morfologik tuzilishi.
3. Tuproqning suv o‘tkazuvchanlik xususiyatining o‘zgarishi.
4.Xar-xil tuproq-meliorativ sharoitlarda o‘simliklarning rivojlanishi.

O‘zbekiston tuproq qobig‘i mamlakatning iqlim sharoiti va o‘simlik guruxlari tashkil qiladigan keng xamda mintaqaviy baland zo‘nalariga qarab o‘zgaradi.14 million gektarni (32%) egallagan cho‘l xududlari tuprog‘i eng quruq va keskin farq qiladigan sharoitlarda shakllangan. Bu yerlarning xosildorligi past, chirindilarga boy emas(<1%) , namlikni o‘ziga singdirish darajasi xam past, yuqori karbonatli va sho‘rlangan.


Cho‘l yerlar guruxiga avtomorf yerlar (bo‘z,qumli,taqir) xamda ularning gidromorf turlari kiradi, 6,7million gektar (15%) maydonga ega bo‘z tuproqli yerlar (och rang,o‘ziga xos to‘q bo‘z yerlar) tog‘oldi yalangliklarining quyi chegaralaridan yuqoriga qarab tarqalgan (200metrdan 700-900metrgacha ). Bo‘z yerlar cho‘l yerlardan chirindilarga boyligi (2-3%) va kam sho‘rlangan (och rang bo‘z yerlardan tashqari ) bilan ajralib turadi. Bunday bo‘z yerlar lalmi va sug‘oriladigan dexqonchilikning muhim yer fondi xisoblanadi. Gidromorf yerlar (dashtli o‘tloqi va o‘tli allyuvial yerlar) 3,8 million gektarni (umumiy maydonning 9%) egallaydi. Tabiiy va takroriy sho‘rlangan hamda sug‘orish natijasida yemirilgan bunday yerlar mamlakatning barcha xududlarida uchraydi. Biroq ularning asosiy qismi daryolarning o‘rta va quyi oqimlari, Orolbo‘yi va past yerlarda jamlangan
Dengiz sathidan 1200 va 1600 metr balandlikni turli qalinlikdagi qizg‘ish, qo‘ng‘irva och-qo‘ng‘ir yerlar egallagan.Tog‘ yonbag‘ridagi yerlar chirindilarga boyligi (1,5-8,0%) va turli darajada yemirilgani bilan ajralib turadi: jigarrang yerlarning 70 foizini suv o‘rtacha va kuchli darajada yuvgan. Bu yerlarning bo‘laklarga ajralgani va yonbag‘irlarining tikkaligi sababli ulardan asosan yaylov sifatida foydalaniladi.
Quyi yalangliklar,ko‘l xavzalari va tog‘lar orasidagi pastliklarda joylashgan, yerlarni umumiy maydoni 1,3 million gektardan (umumiy fondning 3%) iborat sho‘rxok tuproqli (qoldiqli ,- momiq tuproqli, momiq va boshqa) yerlar tashkil etadi. Jami sho‘rxok yerlardan faqat o‘tloqi va botqoq yerlar tarkibida 1,0 foizgacha chirindi bo‘lgan chirindi qatlamiga ega. 12,1million gektardan ortiq maydonni (umumiy xududning 27,6%) qumliklar egallagan, shuning 0,5 million gektardan ortig‘ini ko‘chib yuruvchi qumlar tashkil qiladi.
Tuproqning suv-fizik xossalarining uning mexanik tarkibi va tuzilishiga bog‘liqligi.
Tuproqning mexanik tarkibi undagi zarrachalar diametri 0,01mm dan kichik bo‘lgan fizik gilning miqdori bilan aniqlanadi.
To‘proqning mexanik tarkibi bo‘yicha turlari, % hisobida

Tuprok turlari

Fizik gil miqdori  0,01 mm

Og‘ir: og‘ir,o‘ta gilli,
gilli
og‘ir/o‘ta/qumoq

>66
50-66
40-50

O‘rta: o‘rta qumoq
Yengil: yengil qumoq
qumoq
qumli

33-40
25-55
14-25
<14

Tuprokning fizik xossalaridan uning og‘irligi,zichligi hajmiy og‘irligi va nisbiy zichligi solishtirma og‘irligi katta ahamiyatga ega.
O‘zbekiston xududidagi tuproklarning ayrim fizik xossalari.

Tuproq turlari

Zichligi, g/sm3

Nisbiy zichligi, g/sm3

Yengil
O‘rta
Og‘ir
Hamma tuproqlar uchun
Umumiy chegara

1,1-1,3
1,4-1,6
1,7-1,8
1,05-1,8

2,63-2,67
2,60-2,65
2,68
2,4-2,85

Tuproq namligini va havo sigimini aniqlovchi xossalardan biri g‘ovaklik hisoblanadi, u kuyidagicha aniqlanishi mumkin:
A = (1- ) 100  ; (1)
bu yerda: ρ – tuproq zichligi (hajmiy og‘irlik);
ρ 1- tuproqning nisbiy zichligi (soltishtirma og‘irlik).
Tuproq g‘ovakligining o‘rtacha miqdori.

Tuprok turlari

G‘ovaklik, xajmga nisbatan % xisobida

Og‘ir: gilli
gil
Og‘ir /o‘rta/ qumoq
o‘rtacha qumoq
yengil qumoq
qumloq
gilli qum
qum

50 – 6o
40 – 66
40 – 55
40 – 52
38 – 50
35 –45
32 –40
30 –38

Xar xil mexanik tarkibli tuproqlardagi kapillyar suv ko‘tarilishi balandligi, sizot suvlarining (SS) tuproq faol qatlamning suv-havo tarkibiga ta’sirini va ikkilamchi sho‘rlanishning oldini olish maqsadida uni rostlash zarurligini aniqlaydi.

Download 390 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling