Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotlari moliyaviy rejasi sifatida
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Smetalarning guruhlanishi Xarajat manbalariga ko’ra Amal qilish muddatiga ko’ra Muassasa va tadbirning
12.7. Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotlari moliyaviy rejasi sifatida.
Smetaning elementlari. Smetalarning turlari Xarajatlar smetasi –byudjet tashkilotining unga ajratilgan byudjet mablag‘- larining hajmi, maqsadli yo‘nalishi va yil choraklari (har bir chorakning oylari) bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 15dekabrda 2634-son bilan ro‘yxatga olingan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagiNizom”118ga muvofiq, byudjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari amalda qo‘llaniladi (12.10-rasm): 12.10-rasm. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalarining guruhlanishi 119 118 “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2014 yil, 51-son, 612-modda. 119 “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida Smetalarning guruhlanishi Xarajat manbalariga ko’ra Amal qilish muddatiga ko’ra Muassasa va tadbirning turiga ko’ra Byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetasi Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromad va xarajatlar smetasi Vaqtinchalik smeta Doimiy smeta Yakka (individual) smeta Jamlanma smeta Markazlashtirilgan tadbirlar uchun smeta 270 – yakka (individual) smetalar; – jamlanma smetalar; – byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar; – markazlashgan tadbirlar uchun smetalar. Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida olingan muassasa bo‘yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda (tuman yoki shaharda) joylashgan yuridik shaxs maqomida faoliyat qiluvchi davlat sog‘liqni saqlash muassasasi (kasalxona, qishloq vrachlik punkti, ixtisoslashgan dispanser va sh.k.) mustaqil ravishda byudjetdan to‘lanishi ko‘zda tutilgan o‘z xarajatlarini yakka smeta asosida rejalashtiradi. Jamlanma smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha tuziladi(masalan, tuman madaniyat bo‘limiga qarashli markaziy kutubxonalar tizimi bo‘yicha). O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida keltirilishicha, “jamlanma xarajatlar smetasi – byudjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan uning tasarrufidagi byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi” hisoblanadi. “Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh bo‘linma sifatidagi byudjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha quyidagi alohida hollarda jamlanma xarajatlar smetasi tuzilishi mumkin: − bir turdagi kichik tashkilotlar bo‘yicha - veterinar uchastkalar va punktlar hamda boshqa tashkilotlar bo‘yicha; − bir turdagi yirik tashkilotlar bo‘yicha, qachonki ularga xo‘jalik xizmatlarini ko‘rsatish xo‘jalik xizmatlarni ko‘rsatuvchi maxsus guruhlar orqali markazlashtirilgan holda amalga oshirilsa; − fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha; − ozodlikdan mahrum etilgan joylardan qaytgan shaxslarga ijtimoiy moslashuv markazlari hamda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari bo‘yicha.”* Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling