Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotlari moliyaviy rejasi sifatida


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

12.7. Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotlari moliyaviy rejasi sifatida. 
Smetaning elementlari. Smetalarning turlari 
Xarajatlar smetasi –byudjet tashkilotining unga ajratilgan byudjet mablag‘-
larining hajmi, maqsadli yo‘nalishi va yil choraklari (har bir chorakning oylari) 
bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati. O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 
yil 15dekabrda 2634-son bilan ro‘yxatga olingan “Byudjet tashkilotlari va byudjet 
mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash 
va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagiNizom”118ga muvofiq, byudjet 
tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari amalda qo‘llaniladi (12.10-rasm):

 
12.10-rasm. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalarining guruhlanishi
119
 
 
118
“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2014 yil, 51-son, 612-modda. 
119
“Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, 
tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida 
Smetalarning guruhlanishi 
Xarajat 
manbalariga ko’ra 
Amal qilish 
muddatiga ko’ra 
Muassasa va tadbirning 
turiga ko’ra 
Byudjet mablag’lari 
bo’yicha xarajatlar 
smetasi 
Byudjetdan tashqari 
mablag’lar bo’yicha 
daromad va 
xarajatlar smetasi 
Vaqtinchalik 
smeta 
Doimiy 
smeta 
Yakka (individual) smeta 
Jamlanma smeta 
Markazlashtirilgan 
tadbirlar uchun smeta 


270 
– yakka (individual) smetalar; 
– jamlanma smetalar; 
– byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar;
– markazlashgan tadbirlar uchun smetalar. 
Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida olingan 
muassasa bo‘yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda (tuman yoki shaharda) 
joylashgan yuridik shaxs maqomida faoliyat qiluvchi davlat sog‘liqni saqlash 
muassasasi (kasalxona, qishloq vrachlik punkti, ixtisoslashgan dispanser va sh.k.) 
mustaqil ravishda byudjetdan to‘lanishi ko‘zda tutilgan o‘z xarajatlarini yakka 
smeta asosida rejalashtiradi. 
Jamlanma smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli 
davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va 
tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 
tashkilotlar bo‘yicha tuziladi(masalan, tuman madaniyat bo‘limiga qarashli 
markaziy kutubxonalar tizimi bo‘yicha). 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida keltirilishicha, “jamlanma 
xarajatlar 
smetasi – byudjet 
mablag‘larini 
taqsimlovchi 
tomonidan 
uning 
tasarrufidagi byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning 
xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi” hisoblanadi. 
 
“Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh 
bo‘linma sifatidagi byudjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli 
hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha 
quyidagi alohida hollarda jamlanma xarajatlar smetasi tuzilishi mumkin: 
− bir turdagi kichik tashkilotlar bo‘yicha - veterinar uchastkalar va punktlar hamda boshqa 
tashkilotlar bo‘yicha; 
− bir turdagi yirik tashkilotlar bo‘yicha, qachonki ularga xo‘jalik xizmatlarini ko‘rsatish 
xo‘jalik xizmatlarni ko‘rsatuvchi maxsus guruhlar orqali markazlashtirilgan holda amalga 
oshirilsa; 
− fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha; 
− ozodlikdan mahrum etilgan joylardan qaytgan shaxslarga ijtimoiy moslashuv markazlari 
hamda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari bo‘yicha.”* 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling