Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-rasm. Soliq to‘langunga qadar bo‘lgan korxona foydasining
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
12.8-rasm. Soliq to‘langunga qadar bo‘lgan korxona foydasining
taqsimlanishi 115 Korxona foydasining taqsimlanishi chizmasida yana bir muhim bosqich - qayta investitsiyalash maqsadidagi foyda va amortizatsiya fondi mablag‘lari hisobiga asosiy va aylanma kapital o‘sishini moliyalashtirishning maxsus fondi (manbayi) tashkil etilishi jarayonidir. Ushbu maxsus fond (manba) ni korxonaning “o‘z-o‘zini moliyalashtirish fondi” deb atash mumkin. Ma’lumki, korxona foydasi va uning taqsimlanish nisbatlari bozor iqtisodiyotining umumiy holati (sanoat sikli), korxonaning bozorda egallagan o‘rni (ishchan konyunktura sikli) hamda korxona taraqqiyotining tegishli bosqichlari (shakllanish, jonlanish, yuksalish, yetuklik, inqiroz) bilan uzviy bog‘liqdir. Ishlab chiqarish siklining turli davrlarida korxona moliyaviy menejerlari oldiga foydaning 115 Nurmuxamedova B., Kabirova N. “Moliya”, O‘quv qo‘llanma.T:, “IQTISOD-MOLIYA”, 2017. 203-b. 263 taqsimlanishi yuzasidan turlicha vazifalar qo‘yilishi mumkin. Ishlab chiqarishning umumiy pasayishi va inqiroz davrida korxona foydasi uning zarari bilan almashinadi va buning natijasida korxona moliyaviy menejerlari oldida foydaning taqsimlanishi muammosi emas, balki korxonaning yashab qolishi muammosi turadi. Korxona ishchan faolligining pasayishi davrida (korxona mahsuloti va xizmati bo‘yicha talabning taklifga nisbatan pasayishi) ham agar korxona innovatsion faoliyatni takomillashtirish choralarini ko‘rmasa, yuqoridagi holatga tushib qolishi mumkin. Albatta, korxona ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi sharoitida ham ma’lum vaqt ichida foyda olishi mumkin. Lekin foydaning taqsimlanishi joriy majburiyatlarni to‘lash xususiyatigagina ega bo‘ladi va sof foydaning taqsimlanishi uchun imkoniyat qolmaydi. Foydani taqsimlash nisbatlari haqidagi masala moliyaviy menejmentning muhim masalalaridan biridir. Shu tufayli korxona faoliyatida, avvalo, qayta investitsiyalash maqsadida ishlatiladigan foyda va sotish hajmining o‘sishini ifodalovchi ko‘rsatkich o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatish lozim. Albatta, bunday bog‘liqlik mavjud, ya’ni qayta investitsiyalash maqsadida ishlatiladigan foyda sotish hajmi o‘sishining funksiyasidir. Qayta investitsiyalash maqsadida ishlatiladigan foyda asosiy va aylanma kapitallarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bunda aylanma kapitalning o‘sishi boshqa teng iqtisodiy sharoitlarda, mahsulot sotish hajmining o‘sishiga bog‘liq, asosiy kapitalning o‘sishi faqat uzoq muddatli davrdagina sotish hajmiga bog‘liq. Bundan tashqari, asosiy kapitalning o‘sishi nafaqat miqdoriy xususiyatga (joriy ishlab chiqarish maqsadlari uchun), balki sifat xususiyatlariga ham ega (ishlab chiqarishning yangilanishi uchun), mazkur o‘sish qisqa muddatli davrda ham, uzoq muddatda ham zarurdirki, bunda korxona mahsulotining iste’mol qiymatining o‘sishi uchun moddiy imkoniyatlar doimo mavjud bo‘lishi muhimdir (12.9-rasm). Shunday qilib, korxona sof foydasining taqsimlanishi qayta investitsiyalash maqsadida ishlatiladigan (taqsimlanmagan) foydaning hisoblangan miqdoriga asoslanadiki, uning darajasi moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari orqali tartibga solinadi hamda taqsimlanadigan foyda miqdori va me’yorini belgilaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling