Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Davlat korxonalarining moliyaviy resurslari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
12.3. Davlat korxonalarining moliyaviy resurslari Ma’lumki, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt raqobatbardoshligiga uning moliyaviy resurslari harakatini samarali boshqarish orqali erishiladi. Moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishi mexanizmi ularning mohiyatini 254 tushunib olishni, amaliyotda moliyaviy menejment uslublari va ko‘rsatmalaridan, shu jumladan moliyaviy tahlil, prognozlar tuzish va rejalashtirish kabi vositalardan foydalanishni talab etadi. Shu jihatdan qaraganda, korxonalar moliyaviy resurslari mohiyatini o‘rganish va ularning yanada samaraliroq harakatini tashkil etish yo‘llarini qidirib topish xo‘jalik amaliyoti nazariyasi uchun dolzarb ahamiyatga ega. “Moliyaviy resurslar” tushunchasini talqin etishda uning ichki mohiyatini, korxona mablag‘lari doiraviy aylanishi jarayonidagi ahamiyatini hamda unga xos funksiyalarni ajratib ko‘rsatish lozim. Korxona moliyaviy resurslari – kengaytirilgan takror ishlab chiqarish yuzasidan xarajatlarni amalga oshirishga, moliya-kredit tizimi oldidagi majburiyatlarni bajarishga hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan pul daromadlari va jamg‘armalaridir. Moliyaviy resurslar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlarini moliyaviy ta’minlashga qaratilgan pul mablag‘larining bir qismidir. Korxonalar moliyasi tizimida tadbirkorlik kapitali degan tushuncha ham mavjud bo‘lib, u korxona aylanmasiga solingan va ushbu aylanmadan daromad keltiruvchi pul yoki “o‘z-o‘zidan o‘suvchi qiymat”dir. Shunday qilib, korxona moliyaviy menejmentida boshqarish obyekti sifatida nafaqat moliyaviy resurslar, balki aylanma va aylanmadan tashqari mablag‘lar ham maydonga chiqadi. Moliyaviy resurslarni tashkil etish ularni boshqarish samaradorligini oshirish muammolari ichida belgilovchi o‘rinni egallaydi. Moliyaviy resurslarni tashkil etishning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: – moliyaviy resurlar tarkibi va tuzilishi; – moliyaviy resurslarning tashkil topish manbalari; – moliyaviy resurslardan maqsadli foydalanish; – moliyaviy resurslar saqlanishini ta’minlash. Moliyaviy resurslar tarkibi va tuzilishi iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalari korxonalarida bir-biridan farq qiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 255 moliyaviy resurslar ikki shaklda: fondlar tashkil etish orqali va fond tashkil etmasdan ishlatilishi mumkin. Moliyaviy resurslar tashkil topishi va ishlatilishining birinchi shakli moliyaviy fondlar tashkil etilishining to‘laligi, o‘z vaqtidaligi va maqsadli ishlatilishini nazorat qilish nuqtayi-nazaridan qulaydir. Ikkinchi shakl esa - moliyaviy resurslarning muhim xususiyati bo‘lmish harakatchanlikni ta’minlaydi. Korxonalarda mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushumning taqsimlanishida birlamchi moliyaviy resurslar (amortizatsiya fondi, foyda va boshqalar) shakllanadi. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish zarurligi tufayli moliyaviy resurslar qayta taqsimlanadi: ularning ma’lum qismi budjet va budjetdan tashqari fondlarga ajratiladi. Umumdavlat moliyaviy resurslari, o‘z navbatida, qayta taqsimlanadi va ularning ma’lum qismi korxonalar ixtiyoriga kelib tushadi. Moliyaviy resurslarning tashkil topish manbalari turli-tuman bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyati ko‘lamlariga bog‘liq. Korxona moliyaviy resurslarining tashkil topish manbalari umumlashgan tarzda chizmada aks ettirilgan (12.6-rasm). Korxona nizom jamg‘armasining tashkil topish manbaiga xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllariga ko‘ra quyidagilar kiradi: shaxsiy (oilaviy) jamg‘armalar (xususiy korxona uchun); hissadorlik kapitali; shirkatlar yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatlar a’zolarining pay badallari; jismoniy shaxslarning shaxsiy mablag‘lari. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling