Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Mulkdor - tadbirkor - moliyaviy menejer aloqadorligi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
12.5-rasm. Mulkdor - tadbirkor - moliyaviy menejer aloqadorligi
112
 
 
Moliyaviy boshqaruv alohida xodim zimmasiga yuklanganda korxona bilan 
mazkur xodim o‘rtasidagi munosabatlar shartnomaviy negizda yo‘lga qo‘yiladi.
Mulk egasi o‘zi mustaqil ravishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanganda uning 
zimmasida quyidagi vazifalar vujudga keladi:
− yangi g‘oyalarni topish va ularni baholash;
− biznes-rejani tuzish;
− mablag‘ yoki investitsiya manbasini topish;
− tuzilgan korxonani boshqarish.
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni bajarishda moliyaviy menejmentni 
qo‘llash zarur, chunki bu vazifalar moliyaviy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. 
 
112
Yuldashev A. Sirojiddinov I. Xusainov M. Moliyaviy menejment. T.: «Voris-Nashriyot». – 2016. – 19-bet. 
Mulkdor 
Mol yetkazib 
beruvchilar 
Raqobatchilar 
 
Iste’molchilar 
Moliyaviy menejer 
Kreditorlar 
Moliyaviy 
kompaniyalar 
 
Sug’urta 
kompaniyalari 
 
Birjalar 
Investorlar 
 
Tadbirkor 
Kontrakt 
Kontrakt 


252 
Bu holda moliyaviy menejmentning zarurligi quyidagi omillar asosida yuzaga 
keladi:
− o‘zini-o‘zi moliyalashtirishning zarurligi;
− bozordagi baholar ta’sirini o‘rganish;
− mehnat bozorini o‘rganish lozimligi;
− pul bozoridagi o‘zgarishlarni hisobga olish; 
− korxonaning davlat oldidagi majburiyatlarini tartibga soluvchi qonunchilik 
hujjatlari talablarini bajarish. 
Tadbirkor bilan mulkdor o‘z faoliyatini bir-biridan ajralgan holda olib 
borganda mulkdor bilan tadbirkor (menejer) o‘rtasida tegishli shartnoma tuzilib, 
mulkni boshqarish huquqlari va ularga muvofiq majburiyatlar tadbirkor zimmasiga 
o‘tadi.
Tadbirkor korxona faoliyatidagi barcha muammo va masalalarni mustaqil 
hal etadi va amal qilayotgan qonunlarga asoslangan holda korxonaning nizomiga 
muvofiq faoliyat ko‘rsatadi.
Tadbirkorlarning quyidagi huquqlari mavjud:
− banklarda hisobraqami va valyuta hisobraqamlarini ochish;
− har xil bitimlar va shartnomalar tuzish (mehnat shartnomasini ham);
− korxona va firma pul mablag‘larini tasarruf qilish, xarajatlarni qoplash va 
resurslar xarid qilish uchun foydalanish;
− korxona nomidan iqtisodiy huquqiy va ma’muriy faoliyatni olib borish;
− korxona, firmani boshqarish va boshqalar.
Tadbirkorlikni yuritishdagi asosiy majburiyatlar qo‘yidagilardir:
− ishni tashkil etish va boshqarish hamda korxonada, bo‘limlar ichidagi 
samarali aloqalarni tashkil etish;
− joriy va strategik reja topshiriqlarning bajarilishini tashkil etish;
− korxonaning to‘lov qobiliyati va likvidligini ta’minlash;
− korxonani moliya-xo‘jalik faoliyati hisobotlarini tuzib chiqish va uni tegishli 
tashkilotlarga taqdim etish;


253 
− korxona faoliyatini qonun doirasida yuritish;
− tijorat sirlarini saqlash va korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
boshqalarga bermaslik;
− moliya, soliq va bank organlariga buxgalteriya, moliyaviy hisobotlarni o‘z 
vaqtida topshirish;
− O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi asosida soliq majburiyatlarni 
bajarib borish;
boshqa majburiyatlarni, korxona nizomidagi bandlarni to‘la bajarish hamda 
bitim va shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarib borish.
Tadbirkor o‘zining vazifalarini bajarish jarayonida korxona faoliyatiga 
qasddan moddiy zarar etkazgan taqdirda, belgilangan tartibda keltirilgan zararni 
qoplashi lozim. 
Biznes va tadbirkorlikning, turli mulkka asoslangan korxonalarning 
taraqqiyoti va ulardagi moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish o‘zaro bog‘liq 
muammolardandir. Iqtisodiyotning turli mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan 
keng foydalanishga o‘tishi, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning taraqqiyoti 
bilan moliya munosabatlari ham bozor talablari asosida rivojlanishi uchun muhim 
turtki bo‘ldi. Shu bilan birga, moliya munosabatlari korxonalar taraqqiyotini 
rag‘batlantirishning muhim dastaklariga egadir. Bu narsa shu bilan bog‘liqki, 
korxonalarda mukammal taqsimot tizimining yaratilishi natijasida markazlashgan 
va rezerv fondlarining tashkil etilishi orqali kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
imkoniyatlarining yanada mustahkamlanishiga erishish hamda turli soliq 
imtiyozlarining qo‘llanilishi asosida korxonalar kelgusi taraqqiyoti uchun qulay 
iqtisodiy sharoitlar yaratiladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling