Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Korxonalar moliyaviy resurslari tarkibi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
12.6-rasm. Korxonalar moliyaviy resurslari tarkibi
113
 
113
Nurmuxamedova B. Kabirova N. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. – 195-bet. 
Korxonalar moliyaviy resurslari 
 
O‘z mablag‘lari 
va unga teng-
lashtirilgan 
mablag‘lar 
Qayta taqsimlash 
asosida korxonaga 
tushuvchi pul 
mablag‘lari 
Moliya bozori-
dan jalb 
qilingan 
mablag‘lar 


256 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslarning saqlanishi va maqsadli 
ishlatilishini nazorat qilish muammosi mulk egalari manfaatlari himoya etilishini 
ta’minlash bilan bog‘liq. Shu nuqtayi-nazardan moliyaviy resurslarni tashkil etish 
korxonada moliyaviy menejmentning bosh masalalaridan biridir.
Bozor munosabatlarining taraqqiyoti sharoitida korxonalarning samarali 
faoliyatiga ularning ixtiyorida yetarli miqdordagi moliyaviy resurslarsiz erishib 
bo‘lmaydi. Korxonalarda moliyaviy resurslarning yetarliligi – uning hamkor 
sifatida mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarida to‘lovga layoqatliligi 
garovi hamda xaridorlar oldida majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, budjetga va 
budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarning va kreditlarning o‘z vaqtida 
qaytarilishini ta’minlash kafolatidir. 
Darhaqiqat, moliyaviy resurslarning tashkil topish shakllari va usullari 
(daromadlar va tushumlar) ulardan foydalanish shakllari va usullari (pul 
mablag‘lari fondlari) singari, korxona moliyaviy resurslari o‘sishi uchun bir xilda 
muhim ahamiyatga ega. Biroq pul mablag‘lari fondlari – korxona moliyaviy 
resurslarini ishlatishning yagona yo‘nalishi emas. Ularning bir qismi mazkur 
fondlar doiraviy aylanishining uluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bundan 
tashqari, moliyaviy resurslar butunlay ishlatilmasligi yoki fondlar tashkil 
qilinmasdan ham ishlatilishi mumkin. Mahsulot yuklab jo‘natish bo‘yicha sotish 
operatsiyasini buxgalteriya hisobida aks ettiruvchi korxonalar moliyaviy 
resurslarning muhim manbayi bo‘lgan foydaga ega bo‘lishlari mumkin, biroq bu 
hali korxonaning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, mol yetkazib 
beruvchilarga to‘lovlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini kafolatlamaydi. 
Shunga alohida e’tibor berish lozimki, rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamla-
katlarida “pul mablag‘lari” tushunchasi ostida korxonaning bevosita uning kassasi 
va bank hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari hamda qimmatli qog‘ozlarda ifodala-
nuvchi qisqa muddatli yuqori likvid sarmoyalar sifatidagi pul ekvivalentlari tushu-
niladi. Albatta, moliya bozorining rivojlanib borishi bilan bizning mamlakatimiz 
iqtisodiyotida ham qimmatli qog‘ozlarning qisqa muddatli va yuqori likvid turlari 
o‘z o‘rnini egallaydi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi korxonalar moli-


257 
yaviy resurslarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Biroq asosiy muammo 
korxonalarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faol ishtirokini ta’minlashdadir. 
Moliyaviy resurslarning dastlabki shakllanishi korxona ta’sischilari tomoni-
dan uning ustav kapitali tashkil etilayotgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Korxona ustav 
kapitalining tashkil topish manbaiga xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakl-
lariga ko‘ra quyidagilar kiradi:
– shaxsiy (oilaviy) jamg‘armalar (xususiy korxona uchun);
– aksiyadorlik kapitali;
– shirkatlar yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatlar a’zolarining pay 
badallari;
– jismoniy shaxslarning shaxsiy mablag‘lari. 
Korxonaning ustav kapitali korxona boshlang‘ich aktivlarining (asosiy 
fondlar va aylanma mablag‘lar) shakllanishiga qanday mablag‘lar ishlatilishini va 
ishlab chiqarishga sarmoyalar jalb qilinishini ko‘rsatadi.
Moliyaviy resurslarning asosiy qismi, ayniqsa, yangi tashkil etilayotgan 
korxonada moliya bozoridan jalb qilinishi mumkin. Moliya bozoridan mablag‘larni 
jalb qilish shakllariga korxona chiqargan aksiyalar, obligatsiyalar va qimmatli 
qog‘ozlarning boshqa turlarini sotish kiradi. 
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonada moliyaviy resurslar takror ishlab 
chiqarish jarayonida tashkil topadi, ularning shakllanish manbayi – mahsulot 
sotishdan kelgan tushum yoki tushumni taqsimlash jarayonida pul daromadlari va 
jamg‘armalari shaklini oladigan sotishdan olingan daromad hisoblanadi. 
Shuningdek, ishlab turgan korxonalarda moliyaviy resurslar asosiy va asosiy
bo‘lmagan faoliyat turlaridan olingan foyda hisobiga hamda amortizatsiya 
ajratmalari hisobiga shakllanadi.
Amortizatsiyaning ahamiyati korxona asosiy fondlarini oddiy takror ishlab 
chiqarish bilangina cheklanib qolmaydi. Hisoblangan va korxona hisobiga olingan 
amortizatsiya eskirgan asosiy fondlar almashtirilgunga qadar korxonaning 
vaqtincha bo‘sh pul mablag‘i hisoblanadi va moliyaviy resurslarning qo‘shimcha 
manbayini tashkil etadi. Lekin hozirgi zamon xo‘jalik amaliyoti amortizatsiya 


258 
fondini asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishning maqsadli manbai deb emas
balki harakatchan moliyaviy resurslar elementi sifatida talqin etmoqda.
Bundan tashqari korxonalardagi moliyaviy resurslar manbalariga quyidagilar 
kiradi:
– hisobdan chiqarilgan mulkni sotishdan kelgan tushum;
– barqaror passivlar (barqaror qarz);
– turli maqsadli tushumlar (masalan, korxona balansidagi uy-joy va 
kommunal xo‘jaligidan tushgan mablag‘lar, ota-onalardan maktabgacha bolalar 
muassasalarini saqlash uchun to‘lovlar);
– qurilishdagi ichki resurslarni jalb etish;
– boshqa manbalar. 
Moliyaviy resurslarning ishlatilishi qator yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi, 
ularning asosiylari quyidagilar:
– moliya-bank tizimiga to‘lovlar (soliq va to‘lovlar, kredit uchun foiz 
to‘lovlari, kreditning qaytarilishi, sug‘urta to‘lovlari);
– korxona o‘z mablag‘larining ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik qayta 
qurollantirish bilan bog‘liq kapital xarajatlarga investitsiya qilinishi;
– mablag‘larning qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilinishi;
– moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi fondlarning 
tashkil etilishi;
– xayr-ehson maqsadlarda ishlatish va boshqalar. 
Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonining moddiy-texnik asosini asosiy 
ishlab chiqarish fondlari tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy 
fondlarning dastlabki shakllanishi, faoliyat qilishi va kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarilishi bevosita moliyaning ishtirokida amalga oshiriladi. 
Dastlab tashkil etilayotgan korxonalarda asosiy fondlarning dastlabki 
shakllanishi korxona ustav kapitalining bir qismi – asosiy kapital hisobidan amalga 
oshiriladi. Asosiy kapital – bu ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
maqsadlaridagi asosiy fondlarga investitsiyalangan pul mablag‘lari.


259 
Quyidagi rasmda korxonalarda asosiy fondlar qiymatining doiraviy aylanishi 
aks ettirilgan bo‘lib (12.7-rasmga qarang), asosiy fondlarning to‘liq tiklanishida 
moliyaning o‘rnini ilg‘ab olish qiyin emas. 
Asosiy kapital ilk bor korxona ishga tushgan paytida miqdor jihatdan asosiy 
fondlar qiymatiga teng bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan asosiy fondlar ishlab chiqarish 
jarayonida qatnashadi va ularning qiymati ikkiga ajraladi. Asosiy fondlar 
qiymatining bir qismi eskirish summasi sifatida mahsulot tannarxiga qo‘shiladi va 
uning sotilishi bilan tushumdan amortizatsiya ajratmalari sifatida amortizatsiya 
fondiga kelib tushadi, qolgan qismi asosiy fondlarning qoldiq qiymati shaklida 
hisobga olinadi. Amortizatsiya fondida to‘plangan mablag‘lar asosiy fondlar 
qiymatining oddiy takror ishlab chiqarilishida ishtirok etadi. Shu tariqa asosiy 
fondlarga avanslangan qiymatning doiraviy aylanishi sodir bo‘ladi.
Amortizatsiya fondining miqdori har yili asosiy fondlarning balans 
qiymatini amortizatsiya me’yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Iqtisodiy 
jihatdan asoslangan amortizatsiya me’yorlari katta iqtisodiy ahamiyatga ega, bir 
tomondan, ular ekspluatatsiyadan chiqayotgan asosiy fondlar qiymatining to‘liq 
qoplanishini ta’minlasa, ikkinchidan, mahsulotning haqiqiy tannarxini hisoblash 
imkonini beradi, chunki amortizatsiya ajratmalari tannarxning asosiy tarkibiy 
elementi hisoblanadi.

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling