Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

I guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (stipendiyalar va 
boshqalar); 
IIguruh – Ish beruvchilarning ajratmalari (Ish haqiga ustamalar); 
III guruh – Kapital qo‘yilmalar; 
IV guruh – Boshqa xarajatlar. 
Xarajatlarni moliyalashtirish (to‘lash) byudjet ijrosi jarayonida xarajatlar 
ro‘yxati va smetasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil 
uchun tasdiqlangan byudjet parametrlari hamda byudjet tashkilotlarining xarajatlar 
smetalariga muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining choraklar bo‘yicha taqsimlan-
gan yillik ro‘yxatiga binoan amalga oshiriladi. 
I guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga quyidagi xarajat 
turlari kiradi: 
− “Ish haqi”; 


280 
− “Ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish 
Direktor fondi mablag‘lari” (umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va 
akademik litseylarda); 
− Stipendiyalar. 
Umuman olganda, byudjet tashkilotlari xodimlari ish xaqini hisoblashda ular 
mehnatiga haq to‘lashning Yagona Tarif Setkasi (YaTS) qo‘llaniladi. 
YaTSO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘rnatiladi. U 22 
tarazryaddanvaharbirrazraduchuno‘rnatilgantegishli tariff koeffitsientlaridaniborat. 
YagonaTarifSetkasiqonunano‘rnatilganengkamishhaqimiqdorigaasosla-
nadivabyudjettashkilotlarixodimlarilavozimokladlarinianiqlashuchunqo‘llaniladi. 
Ayrimtarmoqlaruchunesamehnatgahaqto‘lashningtarmoqsetkasiqo‘llaniladi. 
Masalan, 
oliyta’lim, 
xalqta’limimuassasalari, 
sog‘liqnisaqlashdavlattashkilotlariuchunularxodimlarimehnatiningxususiyatidankel
ibchiqqanholdahaqto‘lashningtarmoqsetkalariishlabchiqilgan. 
IIguruh – “Ishhaqigaustamalar” (Ishberuvchilarningajratmalari):
Buguruhdamehnathaqifondiganisbatanfoizlardahisoblanadiganyagonaijtimoi
yto‘lovsummasiaksettiriladi. Xarajatlar hisoblab chiqilgan mehnat haqi fondi 
summasiga nisbatan o‘rnatilgan foizlarda hisoblanadi.
III guruh – “Kapital qo‘yilmalar” guruhi bo‘yicha xarajatlar Davlat investitsiya 
dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq alohida tarzda rejalashtiriladi. Bu 
xarajatlar alohida byudjet tashkilotining smetasida rejalashtirilmaydi. 
IV guruh – “Boshqa xarajatlar” tarkibiga quyidagi xarajat turlari va ularga 
mos xarajat kodlari kiradi: 
– “Xizmat safar xarajatlari”; 
– “Kommunal xizmatlarni to‘lash xarajatlari”; 
– “Telefon, telekommunikatsion va axborot xizmatlari xarajatlari”; 
– “Joriy ta’mirlash xarajatlari”; 
– “Saqlash, ekspluatatsion xarajatlar va boshqa xizmatlarni to‘lash 
xarajatlari”; 


281 
– “Texnika, uskunalar, joriy maqsadlardagi boshqa buyumlar va oziq-ovqat 
mahsulotlarini sotib olishxarajatlari”; 
– “Boshqa joriy xarajatlar”. 
IV guruh moddalari bo‘yicha xarajatlarni rejalashtirish va hisob-kitob 
qilishning eng umumiy bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
– amaldagi narxlar va tariflar asosida hisoblab chiqariladi
– natural shaklda ajratilgan limitlar asosida aniqlanadi; 
– hisoblagichlarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tgan yildagi haqiqiy 
xarajatlar inobatga olinadi
– har bir birlik uchun o‘rnatilgan xarajat me’yorlariga rioya etiladi; 
– energo-yoqilg‘i va boshqa resurslarni iqtisod qilish rejimiga rioya etiladi. 
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda byudjet amaliyotidagi o‘zgarishlar, 
“Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi va 
byudjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmining o‘zgarishi 
munosabati bilan amaldagi 414-son Qarorga 2007 yil 19 iyul 148-son Vazirlar 
Mahkamasining Qarori bilan qator o‘zgartirishlar kiritilishi, 2007-son “Davlat 
byudjetining g‘azna ijrosi Qoidalari”ning qabul qilinishi, 2157-son “O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va 
shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi 
to‘g‘risida Nizom”ning kuchga kirishi, 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi 
Byudjet Kodeksining qabul qilinishi bilan byudjet tashkilotlari xarajatlarini 
rejalashtirish va to‘lovlarini amalga oshirish tartiblari tubdan o‘zgardi. Ushbu 
hujjatlarga muvofiq, g‘azna ijrosiga o‘tgan byudjet tashkilotlari xarajatlari Moliya 
vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan yagona g‘azna 
hisob raqamidan, shuningdek, smetada ko‘rsatilgan xarajatlar guruhlarining har bir 
moddasi bo‘yicha g‘aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi. Bu tadbirlar 
byudjet tashkilotlari xarajatlarini to‘g‘ri va oqilona rejalashtirish, mavjud 
resurslardan samarali foydalanish, mablag‘larni iqtisod qilish, byudjetdan tashqari 
mablag‘larni jalb qilishga yangicha talablarni qo‘ymoqdaki, ushbu talablar 
byudjetdan moliyalashtirish, byudjet tashkilotlarida moliyaviy rejalashtirish va 


282 
xarajatlar smetasini tuzish va ijro etish jarayonlarini chuqurroq o‘rganishni talab 
etadi.

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling