Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Ijtimoiy ta’minot tizimining mohiyati, vazifalari va ahamiyati


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

16.2. Ijtimoiy ta’minot tizimining mohiyati, vazifalari va ahamiyati 
Ijtimoiy ta’minot doimo davlat va jamiyat hayotida markaziy va hal qiluvchi 
o‘rinni egallab kelgan. Mamlakatda yashaydigan fuqarolarda o‘z hayot 
faoliyatining ma’lum bosqichlarida va alohida holatlarda ijtimoiy ta’minot tizimi 
xizmatlariga ehtiyojlar yuzaga keladi. Uning holati mamlakat iqtisodiy rivojlanish 
darajasiga, mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, shuningdek, mehnat-
kashlar hamda ma’lum sabablarga ko‘ra ishlamaydigan aholi qatlamlarining 
ijtimoiy ahvoliga bog‘liq.
“Ijtimoiy ta’minot” tushunchasining mazmuni, uning holatini belgilab 
beruvchi omillar bizning mamlakatimizda ijtimoiy ta’minot tizimining rivojlanishi 
bilan shakllanib bordi. Iqtisodiy ta’limotlar va fanda “ijtimoiy ta’minot” 
tushunchasining turlicha talqin etilganligini ko‘rish mumkin. Masalan, tarixan 
ancha ilgari yaratilgan rus izohli lug‘atida
174
ijtimoiy ta’minotga “jamiyat 
tomonidan u yoki bu shaxsga hayot uchun yetarli bo‘lgan moddiy mablag‘larni 
taqdim etish” deb ta’rif berilgan, ushbu ta’rifda jamiyat a’zolariga jamiyat 
tomonidan taqdim etiladigan yordamnnig turli shakllari ijtimoiy ta’minot 
hisoblanadi, degan fikr ilgari surilgan. Lekin bunday yordamning shakllari va 
turlari turli-tuman bo‘lishi, turli toifadagi aholi qatlamlarini qamrab olishi, turli 
manbalardan mablag‘ bilan ta’minlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning har bir 
bosqichida o‘zgarib turishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, fanda ijtimoiy 
ta’minot 
tushunchasi 
mazmunini 
yoritish 
bo‘yicha 
ikkita 
konsepsiya 
shakllanganligini ko‘rish mumkin: iqtisodiy va huquqiy.
Iqtisodiy konsepsiya tarafdorlari ijtimoiy ta’minotga jamiyat a’zolari uchun 
ijtimoiy iste’mol fondlaridan taqdim etiladigan yordamning barcha turlarini (shu 
jumladan, bepul ta’lim, uy-joy bilan bepul ta’minlash, madaniyat muassasalarini 
saqlash, pensiya va nafaqalarning barcha turlari, ayrim fuqarolarga ijtimoiy, tibbiy 
yordam ko‘rsatish va turli imtiyozlar berish) kiritadilar. Bu konsepsiyaning asosini 
 
174
Qaralsin: Ожегов С. И. Словарь русского языка. –М: Русский язык, 1984. С. 374, 670. 


354 
moddiy va moliyaviy ne’matliklarni ijtimoiy iste’mol fondlari orqali taqsimlash 
usuli tashkil etgan. 
Huquqiy konsepsiya vakillari ijtimoiy ta’minot jamiyatning barcha 
a’zolariga emas, faqat alohida qatlamlariga – davlat tomonidan muhofaza qilinishi 
lozim bo‘lgan guruhlariga qaratilishi kerakligini e’tirof etganlar. Aholining bunday 
guruhlariga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli bosqichlarida turli 
toifadagi fuqarolar kiritilgan. Xususan, sovet hukumati davrida ijtimoiy ta’minot 
bilan avval yollanib ishlovchi ishchi-xizmatchilar, keyinroq kolxoz a’zolari, 
bolalar, ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz onalar qamrab olingan.
Ijtimoiy ta’minot tushunchasini o‘rgangan olimlarning izlanishlarini o‘rga-
nish shundan dalolat beradiki, ayrimlar ijtimoiy ta’minot faqat ayrim aholi qatlam-
lariga qaratilishi kerak, deb da’vo qilsalar, boshqalar ijtimoiy ta’minot barcha 
aholiga qaratilgan bo‘lishi kerak, deb ta’kidlaydilar va bepul ta’lim hamda bepul 
tibbiy xizmat va davolash xizmatlarini ham ijtimoiy ta’minot tizimiga kiritadilar. 
Shuningdek, bir qator olimlar ijtimoiy ta’minot faqat davlat byudjetidan 
moliyalashtirilishi zarurligini ta’kidlasalar, boshqalari ijtimoiy ta’minotning 
ko‘pkanalli moliyalash manbalari shakllanganligi va ijtimoiy ta’minot masalalari 
bilan shug‘ullanadigan bir nechta mahkama mavjudligini e’tirof etadilar. 
Bu borada A.Vahobov va T.Malikovlarning “Moliya” nomli darsliklarida 
berilgan ta’rifga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning fikricha, “iqtisodiy kategoriya 
sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ... fuqarolarni 
moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun milliy daromadning bir qismi 
hisobidan pul mablag‘larining ijtimoiy fondlarini shakllantiradigan va ulardan 
foydalanadigan taqsimlash munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta’minot deyiladi. 
Mana shunday keng ko‘lamda, ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirish manba-
lari va ta’minotni tashkil etishga bog‘liq bo‘lmagan holda jamiyatning barcha 
a’zolarini tegishli tarzda ta’minlanishini o‘z ichiga qamrab oladi”
175
. Mualliflar 
ijtimoiy ta’minotning mazmuni borasida iqtisodchilar o‘rtasida yagona fikr mavjud 
emasligini haqli ravishda e’tirof etadilar. 
 
175
Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik. T.: “NOSHIR”, 2011. 449-bet. 


355 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling