Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Ijtimoiy sug‘urtaning mazmuni va ijtimoiy sug‘urta fondlarining


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
16.2-rasm. Ijtimoiy sug‘urtaning mazmuni va ijtimoiy sug‘urta fondlarining 
shakllanish manbalari
171
Ishlovchilarning sug‘urta badallari ularning daromadidan olib qolinadi. 
Mohiyati jihatidan bu to‘lovlar aniq maqsadli soliq hisoblanadi. Sug‘urta badali 
stavkasiyalpi ish haqiga nisbatan foizlarda aniqlanadi va ko‘p hollarda 
daromadning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘lmaydi. 
Davlat subsidiyalari ishlamaydigan fuqarolar, harbiy xizmatchilar va davlat 
xizmatchilari uchun majburiy ijtimoiy sug‘urta fondlariga dotatsiyalarni, ijtimoiy 
fondlar taqchilligini qoplashga xizmat qiluvchi dotatsiyalarni hamda soliq 
imtiyozlarini o‘z ichiga oladi. 
Majburiy ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari pul to‘lovlari, ijtimoiy xizmatlarni 
moliyalashtirish, imtiyozli yordam ko‘rinishida ishlatiladi. 
Resurslardan foydalanish hajmi jihatidan birinchi o‘rinda pul to‘lovlari 
turadi. Ular pensiya va nafaqalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari orqali sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot 
muassasalari xizmatlari, sanatoriya-kurort tashkilotlarining fuqarolarning mehnat 
 
171
Alimova G.Ijtimoiy sug‘urtaning mazmun-mohiyati va nazariy asoslari. BIZNES-EKSPERT.№6(54)-2012. 15-
18-b. 
Ijtimoiy 
sug‘urta 
Ishchilarning sug‘urta 
badallari
fuqarolarning qarilik, kasallik, onalik, 
mehnat qobiliyatining to‘liq yoki qisman 
yo‘qotilishi, boquvchisini yo‘qotish, 
ishsizlik kabi holatlarda moddiy ta’minot 
olishning moliyaviy asosini yaratish bilan 
bogliq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar 
yig‘indisi
Ish beruvchilarning 
badallari
Davlat 
subsidiyalari 
Ijtimoiy sug‘urta 
fondlarining shakllanish 
manbalari 


351 
qobiliyatini tiklash bo‘yicha xizmatlari, sog‘lomlashtirish-profilaktika tadbirlari-
ning o‘tkazilishi kabi tadbirlar mablag‘ bilan ta’minlanadi. 
Ijtimoiy 
sug‘urta 
to‘lovlari, 
badallari 
va 
ajratmalari 
pensiya 
ta’minotiningmoddiy asosini tashkil qiladi. Insoniyat tarixida keksalik tufayli 
mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy himoyalashning turli vositalari 
qo‘llanib kelingan. Masalan,Qadimgi Rimda, Yuliy Sezar tomonidan harbiy 
pensiyalar joriy etilgan. Xususiy sektorda band bo‘lganlarning yoshiga ko‘ra davlat 
tomonidan tashkil etilgan birinchi pensiya tizimi 1889-yilda Germaniyada amalga 
kiritilgan. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ijtimoiy sug‘urta majburiy bo‘lib, 
badallar kiritishga asoslangan. Bu tizimda pensiya olish huquqi ilgari to‘langan 
badallarga asoslanar edi. Daniyada 1891-yilda va Yangi Zelandiyada – 1898-yilda 
kambag‘allarga maqsadli yordam ko‘rsatishi lozim bo‘lgan pensiya tizimi joriy 
etilgan. U umumiy soliq daromadlari hisobidan moliyalashtirilar, muhtojlik dara-
jasini baholashni nazarda tutar va to‘lovlarning minimal darajasini kafolatlar edi.
XX asrda rivojlangan mamlakatlar pensiya tizimlari xususiyatlari bir-biriga 
yaqinlashib bordi. Pensiya tizimi sug‘urta badallari to‘lashga asoslangan 
mamlakatlarda (masalan, Germaniyada) ilgari to‘langan badallarga bog‘liq 
bo‘lmagan pensiya eng kam miqdorining kafolatlari belgilandi. Pensiya tizimi 
umumiy daromadlar hisobidan shakllanadigan byudjetlar hisobidan mablag‘ bilan 
ta’minlanadigan teng pensiyalarga qarab mo‘ljal oluvchi mamlakatlarda 
muhtojlikni nazorat qilishdan voz kechildi. Buyuk Britaniyada eng kam pensiya 
miqdoriga qo‘shimcha ravishda majburiy ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etildi. 
Shimoliy Amerikada qarilik bo‘yicha davlat pensiya tizimi nisbatan kech 
vujudga keldi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida muhtojlik mezoniga asoslangan 
pensiya tizimlari XX asrning 20-yillarida joriy etila boshlandi. 1935-yil AQShda 
pensiya sug‘urtasi federal tizimi joriy etildi.
O‘rta asrlardagi O‘zbekiston tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, ijtimoiy 
ta’minot faqat xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilganligi ayon bo‘ladi. 
O‘zbek xalqining mentaliteti, axloq-odobi, urf-odatlari hamda qadimiy an’analari 
fuqarolarning imkoniyat darajasida, ijtimoiy himoyaga olinishini bildiradi.


352 
Turkiston o‘lkasi XIX asrning 60-yillaridan boshlab, Chor Rossiyasi 
mustamlakasiga aylantirilgan va tegishli ravishda boshqarilgan. Mahalliy aholining 
ijtimoiy ta’minoti masalasi haqida hech qanday farmonlar qabul qilinmagan. Chor 
hokimiyati davrida 1882-1909-yillarda Sirdaryo viloyati bo‘yicha 14 kishiga, 
Farg‘ona viloyati bo‘yicha 9 kishiga, Samarqand viloyati bo‘yicha 2 kishiga 
pensiya tayinlangan bo‘lib, bular ham xonning qarindoshlari, yuzboshi va 
imperatorning homiylari edi
172
.
Sobiq Ittifoq davrida pensiya ta’minoti bo‘yicha bir qator ishlar amalga 
oshirilgan. 1918-yil 31-oktyabrda “Pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Nizom qabul 
qilingan. “Davlat pensiyalari to‘g‘risida”gi birinchi Qonun 1956-yilda qabul 
qilingan. Bu Qonunga asosan pensiyalarning barcha turlari yagona qonunga 
asoslanib tayinlangan. 1964-yilda “Kolxoz a’zolariga pensiya va nafaqalar 
tayinlash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan kolxozchilarning 
markazlashtirilgan ijtimoiy sug‘urta fondi tashkil qilingan va kolxoz a’zolari shu 
fond hisobidan pensiya bilan ta’minlana boshlangan. 1989-yil 1-avgustda 
“Aholining pensiya ta’minoti va ijtimoiy xizmatning kechiktirib bo‘lmaydigan 
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi va shu davrdan boshlab shahar va 
qishloq o‘rtasidagi tafovutga barham berilib, ishchi-xizmatchi va kolxozchilarga 
bir xilda pensiyalar tayinlana boshlandi.
Mamlakat iqtisodiyotiga bozor munosabatlarining joriy etilishi pensiya 
ta’minotini qayta ko‘rib chiqishni va isloh qilishni taqozo qildi. Shuning uchun 
1991-yildan “Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun kuchga 
kiritildi. Qonun asosida islohotlar boshlanib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi, ijtimoiy 
pensiyalar, daromadlar indeksatsiyasi kabi yangi mexanizmlar amal qila boshladi. 
Bu Qonun mustaqil respublikamizning qonuni – “Fuqarolarning davlat pensiya 
ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (1993-yil, 3-sentyabr) qabul qilinib, kuchga 
kirgunga qadar amalda bo‘ldi
173

 
172
Xaitov A.A., Ziyadullayev M. O‘zbekistonda pensiya ta’minoti va xorij tajribasi. –T.: “Adolat”. 2009. 25-b. 
173
Sh.Allayarov, D.Toshmuxamedova. Davlat pensiya ta’minoti. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2015. 
35-36-b. 


353 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling