Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
Notijorat faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar va muassasalar moliyasi
xo‘jalik subyektlari moliyasining muhim bo‘g‘inlaridan biridir. Ularning asosiy faoliyati tijorat foydasini olishga emas, balki jamiyat a’zolarining turli-tuman ijtimoiy (ijtimoiy-madaniy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa) ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu tashkilotlar o‘zining notijorat faoliyatini amalga oshirish chog‘ida tijorat faoliyati bilan ham shug‘ullanishi mumkin, lekin aksariyat 44 hollarda ushbu faoliyatdan olingan daromadlar ularning nizom faoliyatini to‘laqonli bajarishga yo‘naltiriladi. Ularga ijtimoiy-madaniy sohaning keng tarmoqli muassasalari (bolalar bog‘chalari, umumta’lim maktablari, poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari, bolalar va nogironlar uylari), turli darajadagi davlat boshqaruvi organlari, milliy xavfsizlik, ichki ishlar, jamoat tartibini saqlash muassasa va tashkilotlari, ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot organlari kiradi. Odatda bu tashkilotlarning aksariyati davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlarni ko‘rsatadi (bu xizmatlar jamiyatga bepul ko‘rsatiladi), bu esa ular moliyasining xususiyatlarini belgilab beradi, ya’ni ular moliyaviy resurslari manbalari ichida davlat mablag‘lari (davlat byudjeti va davlat maqsadli fondlari) asosiy o‘rinni egallaydi. Lekin bozor sharoitida notijorat tashkilotlari moliyaviy resurslarining manbalari nobyudjet va nodavlat manbalar (pullik xizmatlar ko‘rsatish, bino va inshootlar ijarasidan tushumlar, homiylik va hayriya yordamlari, imtiyozli kreditlar, grantlar va boshqalar) evaziga kengayib bormoqda. Jamoat tashkilotlari moliyasi siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy taraqqiyot, fan, madaniyat, din, ekologiya va hayotning boshqa sohalarida o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hamkorlikda amalga oshirish maqsadida fuqarolarning erkin birlashishi asosida tashkil topgan ixtiyoriy tuzilmalar - jamoat birlashmalari moliyasidir. Jamoat tashkilotlariga kasaba uyushmalari, siyosiy Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling