Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, mazmuni va ahamiyati


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
5.2. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, mazmuni va ahamiyati 
Ma’lumki, byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish 
asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh 
qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2000-yil 14-dekabrda “Byudjet 
tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganidan beri 
o‘tgan davr mobaynida byudjet tizimi amaliyotida bir qator o‘zgarishlar sodir 
bo‘ldi, ular: 
− davlat byudjeti ijrosi g‘aznachilik tizimining joriy etilishi; 
− bir qator davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlarining 
tuzilishi va amal qilishi; 
− byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larni jalb 
qilish manbalarining kengayishi va ular ustidan nazoratni yaxshilash zarurligi; 
byudjet tasnifi, byudjet hisobi va hisoboti tizimining takomillashuvi; 
− yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qabul qilinishi 
va amalga kiritilishi va boshqa holatlar bilan bog‘liq bo‘lib, byudjet qonunchiligini 
yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi.
Natijada amaldagi “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi hamda “Davlat byudjeti-
ning g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan 
normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda Byudjet kodeksida o‘z aksini 
topdi.
Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yildan boshlab amalga 
kiritilgan yangi Byudjet kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asos-


53 
larini yanada mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, 
byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini 
taqdim etish sifatini oshirishga qaratilgan. 
Ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini 
shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat 
tomonidan mablag‘ jalb qilish va byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini 
nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 2013-yil 26-dekabrda qabul 
qilingan bo‘lib, 9 ta bo‘lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat. Ushbu Kodeks: 

O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish 
asoslarini;

O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari va uning 
tuzilmasini;

davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;

davlat 
byudjeti 
va 
davlat 
maqsadli 
jamg‘armalaridaromadlarini 
shakllantirish va ularning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;

davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni;

davlat byudjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida 
hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi. 
Kodeksda byudjet tizimi va byudjet tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar tarkibi, 
davlat byudjetining daromad va xarajatlari tarkibi, respublika va mahalliy 
byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet bo‘g‘inlari 
o‘rtasida taqsimlash tartiblari, byudjet jarayonini tashkil qilish tartiblari; byudjet 
taqchilligini moliyalashtirish manbalari, davlat maqsadli jamg‘armalari, ularni 
tashkil qilish va ular mablag‘laridan foydalanish tartibi kabilar belgilab berilgan. 
Yangi Byudjet kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan 
kelib chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo‘lgan 
ziddiyatlarni bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet


54 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling