Mavzu: “Transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini yaratish” Reja: 1-bob. Transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishning nazariy- huquqiy asoslari
Download 0.58 Mb.
|
1Annotatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB. Transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini yaratishda bojxona xizmatlarining oʻrni.
- 3-BOB. Elektron tijoratda bojxona xizmatlarini raqamlashtirish istiqbollari.
- Sh.Mirziyoyev Mavzuning dolzarbligi.
Mavzu: “Transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini yaratish” Reja: 1-BOB. Transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishning nazariy- huquqiy asoslari. 1.1 Transchegaraviy elektron tijorat tushunchasi, uning vujudga kelish tarixi va rivojlanish bosqichlari. 1.2. Transchegaraviy elektron tijoratning huquqiy asoslari, uning xalqaro va milliy qonunchilikdagi mazmun-moxiyati. 2-BOB. Transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini yaratishda bojxona xizmatlarining oʻrni. 2.1. Transchegaraviy elektron tijoratni boshqarishda bojxona organlari bilan bogʻliq jarayonlar. 2.2. Transchegaraviy elektron tijoratni Oʻzbekiston Respublikasi va xorij savdo bozorlarida rivojlantirish tendensiyalarining qiyosiy tahlili. 3-BOB. Elektron tijoratda bojxona xizmatlarini raqamlashtirish istiqbollari. 3.1. Elektron tijoratda bojxona xizmatlarini raqamlashtirish boʻyicha xorij tajribasi 3.2. Elektron tijoratda bojxona xizmatlarini raqamlashtirish ustuvor yoʻnalishlar KIRISHHozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tadbirkorlikni jadal qoʻllab-quvvatlash barobarida elektron tijorat va unda bojxona nazoratini taʼminlagan holda bojxona xizmatlarini raqamlashtirishni keng rivojlantirishga qaratilgan. Sh.Mirziyoyev Mavzuning dolzarbligi. Soʻnggi yillarda insoniyat foydalanadigan qulay texnologiyalarning paydo boʻlishi, internetning global miqyosda ommalashuvi bilan elektron tijorat sohasida jadal oʻsishlar kuzatilmoqda. Xususan, global chakana savdo bozori hozirda yiliga 1 trillion AQSH dollardan oshib, toʻrt yil ichida 2 barobarga koʻpayganligi buni yaqqol misolidir. Ushbu onlayn tranzaksiyalarning aksariyati chegaralararo amalga oshirilgani bois, koʻplab kichik va oʻrta korxonalar hamda tadbirkorlik subyektlari uchun global qiymat zanjirlarida oʻzlarining ishtirokini kengaytirishda taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalanish orqali xorij bozorlariga chiqish, xalqaro bozorga kirish orqali esa eksportni rivojlantirish kabi imkoniyatlar yaratiladi. Xususan, eBay hisobotiga koʻra, eBaydagi birgina tijorat sotuvchisi oʻrtacha 36 mamlakatga eksport qilganligini koʻrsatdi. Elektron tijoratning jahonda jadallik bilan rivojlanayotganligi bugungi kunda Oʻzbekistonda ham elektron tijoratni rivojlantirishga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratishni va oʻz navbatida, mazkur sohada bojxona xizmatlarini ham takomillashtirishni taqozo etadi. Shuni qayd etish zarurki, hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni bojxona nazorati va rasmiylashtiruv tizimi amaldagi anʼanaviy bojxona protseduralari orqali amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasidan keyingi davrda dunyo aholisining oʻzaro munosabatlarida elektron maʼlumot almashish va elektron tijoratni yoʻlga qoʻyish hamda undan foydalanish kabi talablarning ortishiga olib keldi. Bugungi kunda, transchegaraviy elektron tijoratni amalga oshirish davlatlar iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Xususan, har bir fuqaro internet orqali tovarlarga buyurtma berish, kuryerlik xizmatlari orqali qoʻldan-qoʻlga yetkazish xizmatlaridan ichki va xalqaro miqyosda foydalanishi tobora ommalashmoqda. Xorijiy davlatlardagi xizmat koʻrsatuvchi subyektlarning tovarlarini fuqarolar tomonidan buyurtma asosida olib kelinishida joʻnatmalarning hajmi ortgani sari, ularni importi bilan shugʻullanuvchi xalqaro va milliy kuryerlik tashkilotlari soni oshib, turli hajmdagi joʻnatmalarning mavjudligi sababli, ularni bojxona nazoratidan oʻtkazish qiyinlashib bormoqda. Xalqaro pochta va kuryerlik xizmatlari hamda bojxona organlari transchegaraviy elektron tijoratdagi zanjirning bir boʻgʻini hisoblanadi. Ushbu tizim juda murakkab va haligacha yetarlicha tartibga solinmagan hamda bojxona chegarasi orqali kirib kelayotgan joʻnatmalarni bojxona nazoratidan oʻtkazish jarayonlarida ularni saralash va taqsimlash uchun zarur infratuzilma shakllantirilmagan, provayderlik yoki kuryerlik tashkilotlari faoliyatining aniq va yagona reglamenti mavjud emas. Bundan tashqari, transchegaraviy elektron tijoratni amalga oshirish vaqtida bojxona qonunchiligi buzilgan taqdirda kuryer, provayder yoki buyurtmachining javobgarligi masalalari toʻliq hal etilmaganligi sababli, qonun buzilishini sodir etgan subyektlar oʻz faoliyatlarini javobgarlikni his etmagan holda davom ettirishmoqda. Bu esa transchegaraviy elektron tijoratni bojxona organlari tomonidan boshqarish protseduralarini shaffof va samarador emasligini bildiradi. Elektron tijoratning oʻziga xos xususiyatini inobatga olgan holda, uni virtual olam orqali amalga oshirilishi bunda axborot kommunikatsion texnologiyalarning oʻrnini yuqoriligi va boshqa oʻziga hos xususiyatlarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasida ham elektron tijoratda raqamli bojxona tizimini takomillashtirish zaruratini tugʻdiradi. Shu bilan birga davlat byudjetining daromadlarini oshirish va xufiyona iqtisodiyotning oldini olishga erishiladi. Ushbu soha yangi boʻlganligi sababli uni tartibga solish oʻziga xos mexanizm joriy etishni talab qilmoqda va bu borada avvalo huquqiy bazani takomillashtirish zarur hisoblanadi. Shunga koʻra soʻnggi yillarda mazkur sohada bir qator konseptual hujjatlar qabul qilindi. Xususan, “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi”ning 3-yoʻnalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari keltirib oʻtilgan, unda iqtisodiyotning bir boʻgʻimi hisoblangan bojxona masalalarida ham keng amaliy ishlar olib borilishi, Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni taʼminlash, xususan, bojxona nazorati va bojxona toʻlovlari tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʻbatlantiruvchi choralarni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratib oʻtilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich “Butun dunyoda raqamli texnologiyalar barcha soha va odamlar hayotiga jadal kirib bormoqda. Bu yoʻnalishga oʻz vaqtida kirishgan davlatlar rivojlanib, aksincha, eskicha ishlaganlar taraqqiyotdan orqada qolyapti” deb taʼkidlaydilar va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari boʻyicha bir qancha tizimli yoʻnalishlarni belgilab berdilar. Bu borada, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida elektron tijoratni rivojlantirish bilan bogʻliq aniq vazifa qoʻyilgan boʻlib, unga koʻra ijro uchun masʼul tashkilotlar tomonidan valyuta va soliq nazoratini soddalashtirishni oʻz ichiga olgan elektron tijoratni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, plastik kartalar boʻyicha oʻzaro hisob-kitob qilish tizimida tovarlar va foydalanilmagan xizmat uchun toʻlovni qaytarishni tartib-taomillari va texnologiyalarini joriy etish masalalari koʻzda tutib oʻtilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tadqiqot mavzusining dolzarbligi quyidagilarda namoyon boʻladi: birinchidan, davlat siyosatida elektron tijoratni rivojlantirish va bojxona maʼmurchiligini tubdan isloh etishga eʼtibor qaratilayotganligi; ikkinchidan, Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijorat orqali tovarlar aylanuvining bojxona nazorat mexanizmi yetarli rivojlanmaganligi sababli ushbu sohada mavjud muammolarni saqlanib qolayotganligi; uchinchidan, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini jadallashtirish, budjet daromadlarini oshirish hamda ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyatlar yaratish va adolat prinsiplarini taʼminlashda elektron tijorat faoliyati subyektlarini toʻliq qamrab olgan holda bojxona xizmatlarini rivojlantirishga boʻlgan zaruratning mavjudligi; toʻrtinchidan, Oʻzbekistonda elektron tijoratda bojxona nazoratini samarali yuritish boʻyicha yagona yondashuv hamda uning huquqiy-institutsional asoslarini yaratilishi yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar va mexanizmlarni ishlab chiqishga boʻlgan zarurat. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling