Xitoy tajribasida qoʻllanilayotgan “Yagona oyna” sxemasi:
Koreya bojxona xizmatining kelajakda amaliyotga joriy etilishi kuzda tutilgan va blokcheynga asoslanga sxemasi:
Xulosa qismida mazkur bitiruv malakaviy ishi boʻyicha izlanishlar va tahlil natijalari boʻyicha mavjud muommolar yuzasidan quyidagi takliflar ishlab chiqilgan:
Elektron tijorat muhitida bojxona nazorati va xizmatlarini takomillashtirish yuzasidan yagona platforma ishlab chiqish;
Elektron tijoratda “Vakolatli iqtisodiy operator”(AEO) maqomini berish amaliyotini joriy etish;
Bojsiz olib kirish meʼyorlarini xalqaro normalarga muvofiqlashtirish;
Pochta va kuryerlik jo‘natmalari rasmiylashtiruvidan keyingi bojxona nazoratini amalga oshirish;
Jismoniy shaxslarning bojxona toʻlovlarini hisoblashlari uchun “e-duty calculator” elektron xizmat turini ishlab chiqish.
1-MUAMMO: Bugungi kunda bojsiz olib kirish normasi xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari uchun turlicha ekanligi hamda miqdor jihatidan norma belgilanmaganligi soxta "ishbilarmon" shaxslarga tijorat maqsadidagi tovarlarni shaxsiy ehtiyoj niqobi ostida olib kirish uchun imkoniyat yaratmoqda.
TAKLIF: Ushbu sohani tartibga soluvchi milliy qonunchilikni xalqaro huquqiy normalarga muvofiqlashtirish hamda bojsiz olib kirish meʼyorini optimallashtirish zarur. Xususan, jismoniy shaxslar nomiga bojxona toʻlovlarisiz olib kirish meʼyorini bir kalendar oy davomida bitta joʻnatmaga qiymati boʻyicha 200 doll, vazni boʻyicha esa 20 kg etib belgilash.
NATIJA: Bir xilda bojsiz olib kirish meʼyori belgilanganligi mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etib, ushbu sohada tenglik va shaffoflik boʻlishini taʼminlaydi. “Nohalol” tadbirkorlik faoliyati cheklashga imkon berib, davlat byudjetiga tushadigan bojxona to’lovlar miqdori oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |