Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat byudjeti loyihasini tuzish.
8.6. Byudjet jarayoni Byudjet jarayoni – byudjet loyihasini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadli faoliyat jarayonidir. Uning mazmuni mamlakatning davlat va byudjet qurilishi, tegishli vakolatli organlar va yuridik shaxslarning byudjet huquqlari bilan belgilanadi. Byudjet jarayoni, odatda, byudjet faoliyatining quyidagi to‘rt bosqichini o‘z ichiga oladi (8.9-rasmga qarang): – byudjet loyihasini tuzish; – byudjetni ko‘rib chiqish va qabul qilish; – byudjetni ijro etish va nazorat qilish; – byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash. 8.9-rasm. Byudjet jarayoni bosqichlari Byudjet jarayonining davomiyligi yuqoridagi to‘rt bosqichning barchasidan iborat bo‘lib, odatda, bir byudjet yilidan ancha avval boshlanib (6-8 oy), byudjet yili tugagandan keyingi bir necha oyni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasida byudjet yili kalendar yilIga mos keladi va 1- yanvarda boshlanib 31-dekabrda tugaydi. Lekin dunyoning turli davlatlarida byudjet yili kalendar yilining turli davrlariga to‘g‘ri keladi. Bu, odatda, parlament sessiyalarini o‘tkazish davri, shu mamlakatda qaror topgan tarixiy an’analar, muhim sanalar bilan bog‘liq. Masalan, Fransiya, Germaniya, Italiyada byudjet yili 141 1-yanvardan, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanadada – 1-apreldan, Shvetsiya, Norvegiya, Pokistonda – 1-iyuldan boshlanadi. Davlat byudjeti loyihasini tuzish. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va moliya yili uchun mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida tuziladi. Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek, byudjetlar loyihalarini tuzish, Moliya vazirligi so‘ragan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo‘yicha –vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hisoblanadi. Byudjet loyihasini tuzish quyidagilarni nazarda tutadi: − byudjet so‘rovi tuzish tartibini yuborishni; − byudjet so‘rovlari hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognoz- larini tayyorlash va taqdim etishni; − byudjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish va jamlashni; − byudjetnomani ishlab chiqishni. Byudjet so‘rovi – kelgusi davr uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni olishga bo‘lgan ehtiyojni asoslashni nazarda tutuvchi hujjat bo‘lib, kelgusi davr uchun byudjet buyurtmasini o‘z ichiga oladi. Byudjet so‘rovini tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Byudjet buyurtmasibyudjet tashkiloti, byudjetdan mablag‘ oluvchi yoki byudjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan tuziladi va tegishli moliya organiga byudjet so‘rovini taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi. Byudjet buyurtmasida o‘tgan va joriy yillar hamda kelgusi uch yil uchun byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar byudjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling