Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.10-rasm. Mahalliy byudjetlar loyihalarini tayyorlash va taqdim etish muddatlari
Qaysi byudjet?
Kim tomonidan taqdim etiladi? Qaysi organga taqdim etiladi? Qaysi muddatda? Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman- lari va shaharlari byudjetlari tumanlar va shaharlar hokimliklari moliya bo‘limlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy yilning 25 iyunidan kechiktirmay Viloyatlar tumanlari va shaharlari byudjetlari Viloyatlar hokimliklari moliya boshqarmalariga Toshkent shahar tumanlaribyudjetlari Toshkent shahar hokimligi moliya boshqarmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joriy yilning 1 iyulidan kechiktirmay Viloyatlar byudjetlari Viloyatlar hokimliklari moliya boshqarmalari Toshkent shahar byudjeti Toshkent shahar hokimligi moliya boshqarmasi 8.10-rasm. Mahalliy byudjetlar loyihalarini tayyorlash va taqdim etish muddatlari Kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, shuningdek, tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalarini tayyorlash va taqdim etish muddatlari quyidagi rasmda aks ettirilgan (8.10-rasmga qarang): Davlat byudjetining loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishlab chiqadi. Byudjet loyihasini ishlab chiqishga quyidagilar asos qilib olinadi: − makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi; − davlat byudjeti daromadlari prognozi; − Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri- ning mahalliy byudjetlari loyihalari. Davlat byudjeti loyihasi byudjetnoma – erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutadigan hujjat asosida shakllantiriladi. Byudjetnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 143 − mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakun- lari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi; − davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi; − davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosi; − soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihasi; − davlat byudjetiva davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasi; − davlat qarzining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar; − soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasiga doir tushuntirish xati. Byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga – joriy yilning 15-sentyabriga qadar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasi byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun – joriy yilning 20-sentyabriga qadar kiritadi. Hisob palatasi Vazirlar Mahkamasiga soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari, davlat byudjeti va davlat maqcadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasi bo‘yicha ikki haftalik muddatda xulosa taqdim etadi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga – O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan joriy yilning 15-oktyabridan kechiktirmay kiritiladi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling