Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Qaysi byudjet? 
Kim tomonidan 
taqdim etiladi? 
Qaysi organga 
taqdim etiladi? 
Qaysi muddatda? 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi tuman-
lari va shaharlari 
byudjetlari 
tumanlar va 
shaharlar 
hokimliklari moliya 
bo‘limlari 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Moliya 
vazirligiga 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar 
hokimliklari 
tomonidan belgilangan 
muddatlarda, biroq 
joriy yilning 25 
iyunidan kechiktirmay 
Viloyatlar tumanlari 
va shaharlari 
byudjetlari 
Viloyatlar 
hokimliklari moliya 
boshqarmalariga 
Toshkent shahar 
tumanlaribyudjetlari 
Toshkent shahar 
hokimligi moliya 
boshqarmasiga 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
respublika byudjeti 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Moliya 
vazirligi 
O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya 
vazirligiga 
joriy yilning 1 iyulidan 
kechiktirmay 
Viloyatlar byudjetlari 
Viloyatlar 
hokimliklari moliya 
boshqarmalari 
Toshkent shahar 
byudjeti 
Toshkent shahar 
hokimligi moliya 
boshqarmasi 
8.10-rasm. Mahalliy byudjetlar loyihalarini tayyorlash va taqdim etish 
muddatlari 
Kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, 
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, shuningdek, tumanlar va 
shaharlar byudjetlarining loyihalarini tayyorlash va taqdim etish muddatlari 
quyidagi rasmda aks ettirilgan (8.10-rasmga qarang): 
Davlat byudjetining loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
ishlab chiqadi. Byudjet loyihasini ishlab chiqishga quyidagilar asos qilib olinadi: 
− makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi; 
− davlat byudjeti daromadlari prognozi;
− Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri-
ning mahalliy byudjetlari loyihalari.
Davlat byudjeti loyihasi byudjetnoma – erishilgan natijalar hisobga olingan 
holda mamlakatni kelgusi davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy 
yo‘nalishlarini nazarda tutadigan hujjat asosida shakllantiriladi. 
Byudjetnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


143 
− mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakun-
lari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining 
prognoz bahosi; 
− davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 
loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 
prognozi;
− davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari joriy yildagi 
ijrosining prognoz bahosi;
− soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihasi; 
− davlat byudjetiva davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasi;
− davlat qarzining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
− soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda davlat byudjeti va 
davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasiga doir tushuntirish xati.
Byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga – joriy yilning 15-sentyabriga 
qadar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasi byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi 
Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun – joriy yilning 20-sentyabriga qadar 
kiritadi. Hisob palatasi Vazirlar Mahkamasiga soliq va byudjet siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari, davlat byudjeti va davlat maqcadli jamg‘armalari byudjetlarining 
loyihasi bo‘yicha ikki haftalik muddatda xulosa taqdim etadi. Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasiga – O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan joriy 
yilning 15-oktyabridan kechiktirmay kiritiladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling