Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi aholining muhtoj qatlamlari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi aholining muhtoj qatlamlari
bandligini oshirishni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, jumladan, quyidagilardan iborat: − ishsizlik darajasi yuqori mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan 34 ta tumanda 4 300 000,0 mln.so‘m miqdoridagi korxonalar mablag‘lari va tijorat banklari kreditlarini jalb qilgan holda 46,8 mingta ish o‘rni tashkil etish yo‘li bilan qishloq joylarda barqaror ish o‘rinlari tashkil etish hisobiga aholi bandligini oshirish; − aholi bandligini ta’minlash maqsadida 10 ming nafar ta’lim muassasalari bitiruvchisiga o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun tijorat banklari kreditlari hisobidan 60 000,0 mln.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratish orqali bandlikni va oila daromadlarini oshirish; − respublika hududlarida aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan 400 000,0 mln.so‘m hajmida bank kreditlarini ajratish orqali fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht yetishtirish, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish, shuningdek, urug‘ va ko‘chatlar uchun mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish, shu yo‘l bilan aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligini oshirish, sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish; − Mehnat vazirligi tizimida Koreya Respublikasi, Yaponiya va boshqa davlatlar hamda xalqaro moliya institutlarining 8,5 mln.doll. (o‘rtacha 1 ta markazni tashkil etish uchun – 3 000,0 mln.doll.) grant mablag‘lari va imtiyozli kreditlarini, shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘larini jalb etgan holda viloyat markazlarida ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish orqali ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish. Davlat byudjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlariga quyidagi xarajat guruhlari kiradi: − iqtisodiyotga xarajatlar; − markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari. Davlat byudjetining iqtisodiyot sohalariga yo‘naltirilgan xarajatlari so‘nggi yillarda jami xarajatlarning 10-11 foizi atrofida, markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar esa o‘rta hisobda 5-6 foizni tashkil etgan. “Odamga bitta baliq bering va u bir kunlik yemishga ega bo’ladi, uni baliq ovlashga o’rgating va u bir umrlik yemishga ega bo’ladi” Qadimiy xitoy maqoli 131 Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlari tarkibiga qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o‘rmon xo‘jaligi xarajatlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining xizmatlariga haq to‘lash va ularni saqlab turish, hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish, atrof-muhit va landshaftning, biologik xilma-xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi. Bu turkum xarajatlarning tarkibi va tuzilishini 2018-yil uchun mo‘ljallangan byudjet xarajatlari parametrlari bo‘yicha o‘rganish shundan dalolat beradiki, byudjetning “iqtisodiyotga xarajatlar” guruhida shu davrning ustuvorliklaridan kelib chiqib, quyidagi xarajatlar ko‘zda tutilgan: − suv xo‘jaligining ekspluatatsion xarajatlari; − Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondiga maqsadli ajratmalar; − hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag‘lar; − aholi punktlarini obodonlashtirish ishlari. Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari tarkibiga respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari, jumladan: respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha investitsiya loyihalari, davlat maqsadli dasturlari va davlatlararo bitimlarni amalga oshirish; sug‘oriladigan yerlarni tiklash va yangilarini o‘zlashtirish, suv xo‘jaligi qurilishi hamda kichik gidroenergetikani rivojlantirish; aholi punktlarining 132 muhandislik infratuzilmasi, birinchi navbatda, yakka tartibdagi qurilish massivlarini rivojlantirish; ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat obyektlari va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlarini qurish; davlat ilmiy muassasalarini rivojlantirish; davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantrish va mustahkamlash; umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish va tabiiy ofatlardan himoya qiluvchi inshootlarni qurish xarajatlari kiradi. Barcha davlatlarning byudjet xarajatlari tarkibida mamlakatni boshqarish, hukumat idoralarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar ko‘zda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasi byudjet amaliyotida ham ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘lari tarkibiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, adliya, prokuratura va sud organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash xarajatlari kiradi, bu turkum xarajatlar so‘nggi yillarda davlat byudjeti xarajatlarining 4,5-4,9 foizini tashkil qilib kelmoqda. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida “Boshqa xarajatlar” guruhi jami byudjet xarajatlarining qariyb 1/5 qismini tashkil qilayotganligini ko‘rish mumkin. Bunga sabab, asosan respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan yirik xarajatlar, jumladan: − saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xarajatlari, shu jumladan, okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish; − O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda (BMT, YuNESKO va boshqa tashkilotlar) ishtirok etish va a’zolik badallarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar; − O‘zbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat ko‘rsatish va davlatning kafolatli majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar; − davlat buyurtmasi bo‘yicha statistika ishlariga haq to‘lash xarajatlari; 133 − jamoat tartibini saqlash, davlat xavfsizligi, bojxona organlarini saqlash, mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta’minlash kabi xarajatlar byudjet parametrlarida “boshqa xarajatlar” guruhida aks ettiriladi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va uning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida davlat byudjeti xarajatlari orqali iqtisodiyotda yalpi talabni rag‘batlantirishning ilg‘or usullari hamda mexanizmlaridan foydalanish lozim. Bunda davlat byudjet xarajatlarini rejalash- tirish va ijro etishning zamonaviy vositalari va ilg‘or usullarini qo‘llashga alohida e’tibor qaratish orqali kelajakda davlat byudjeti xarajatlarining maqsadliligi va natijadorligiga erishiladi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling