Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Davlat byudjetining xarajatlari tizimi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

8.4. Davlat byudjetining xarajatlari tizimi 
 
Ma’lumki, davlat jamiyat va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab 
chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning 
samarali faoliyat yuritishi qilishi uchun qonuniy-huquqiy, me’yoriy va 
institutsional asoslarini yaratish va shu bilan o‘z fuqarolarining yashashi va 
ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Ushbu 
vazifalarni bajarishning moddiy-moliyaviy asosini yaratish maqsadida mamlakatda 
yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismi davlat byudjetida 
markazlashadi va markaziy hukumat hamda mahalliy hokimiyatlarning jamiyat 
oldidagi vazifa va funktsiyalarini to‘laqonli bajarishga yo‘naltiriladi.
Moddiy ma’noda davlat byudjetining xarajatlari markaziy hukumat va 
mahalliy hokimiyatlar zimmasidagi vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘lari bo‘lib, 
ularning turlari, amalga oshirish shakllari, tarkibi va tuzilishi qator omillarga 
bog‘liq: 
− davlatning tabiati va bajaradigan funktsiyalariga; 
Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko’ra, davlat byudjeti xarajatlari –
davlatning markazlashgan pul fondida jamlanadigan pul mablag’larini 
taqsimlash, qayta taqsimlash va ishlatish bilan bo’lgan, davlat bilan davlat 
byudjetidan mablag’ oluvchilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy pul 
munosabatlaridir. 


125 
− mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanganlik darajasiga; 
− davlat byudjetining iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar bilan 
aloqalarining ko‘lamiga; 
− davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga; 
− byudjet mablag‘larini taqdim etish shakllariga va b. 
Masalan, agar davlatning asosiy e’tibori iqtisodiyot tarmoqlarini davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lsa, qabul qilinayotgan iqtisodiy 
rivojlanish dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy manbalarida davlat 
byudjetining ulushi yuqori bo‘ladi, byudjet xarajatlari tarkibida ham yirik 
markazlashgan investitsiyalarni davlat resurslari hisobidan moliyalashtirish 
xarajatlari ustun bo‘ladi. Davlatning asosiy e’tibori jamiyatdagi ijtimoiy 
muammolarni hal qilish, aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy 
dasturlarni davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshirishga qaratilgan bo‘lsa, 
xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ustun darajada bo‘ladi.
Byudjet xarajatlari tarkibi va tuzilmasi muayyan byudjet yili uchun 
tasdiqlanadigan davlat byudjeti parametrlarida bevosita ko‘rsatiladi va, byudjet 
daromadlari kabi, mamlakatda u yoki bu davrda qaror topgan iqtisodiy vaziyat 
hamda ijtimoiy ustuvorliklar ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat byudjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalar-
ning holatini tavsiflaydigan muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Milliy iqtisodiyotning 
ayrim korxonalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, davlat investitsiya 
dasturlarida ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarini qo‘shma moliyalashtirish
ijtimoiy soha (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy ta’minot) 
muassasa va tashkilotlarini saqlash, ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj oilalarga 
ijtimoiy nafaqalar va boshqa turdagi moliyaviy yordam berish, davlat boshqaruvi 
va hokimiyati, sud organlari, fuqarolarning o‘zi -o‘zini boshqarish organlarini 
saqlash, davlat xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, mamlakatning mudofaa 
qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning to‘laqonli va o‘z vaqtida 


126 
bajarilishini ta’minlashda davlat byudjetining muhim moliyaviy manba sifatidagi 
ahamiyati juda katta. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling