Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi tarkibidagi soliqlarning


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

8.6-rasm. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi tarkibidagi soliqlarning 
byudjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra 
guruhlanishi
37
 
Har bir hokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan 
kelib chiqib, o‘z byudjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga ega bo‘lishi kerak. 
Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni – mudofaa, milliy 
havfsizlikni ta’minlash, tartib intizom infratuzilmasini yaratish, turli ijtimoiy 
xizmatlarni moliyalashtirish, fuqarolar ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa 
bir qator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham, soliqlari 
hajmi ham salmoqli bo‘lishi shart. Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, yuridik 
 
37
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasi asosida. 
Soliq tizimi 
Umumdavlat soliqlari 
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar 
1. Yuridik shaxslar daromadiga 
(foydasiga) soliq 
2. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq 
3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 
4. Aksiz solig‘i 
5. Yer qa‘ridan foydalanuvchilar 
uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar 
6. Suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq 
7. Yagona soliq to‘lovi 
8. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim 
turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq 
1. Mol-mulk solig‘i 
2. Yer solig‘i 
3. Yagona yer solig‘i 
4. Ayrim turdagi tovarlar bilan 
chakana savdo qilish va ayrim turdagi 
xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun 
yig‘im 
5. Tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy 
shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 
yig‘im


117 
shaxslarning daromadi(foydasi)dan, jismoniy shaxslar daromadidan olingan 
soliqlar respublika byudjetiga tushadi. 
Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika 
byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy byudjetlar daromadlilik darajasini 
tartibga solib turish maqsadida ajratmalar ajratilishi mumkin. Bordi-yu, ajratmalar 
evaziga ham mahalliy byudjetlarning xarajatlari qoplanmasa, u holda subvensiya 
yoki dotatsiya beriladi. Agar kelgusi yilda mahalliy byudjetlarning o‘z manbalari 
barqarorlashib, soliqlari hajmi ko‘payib borsa, respublika soliqlaridan ajratmalar 
berishning zaruriyati bo‘lmaydi.
Mahalliy soliqlar mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra belgi-
lanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar asosan 
mehnatkashlarga yaqin bo‘lganligidan ijtimoiy masalalar – maorif, sog‘liqni saq-
lash, madaniyat, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. 
Lekin odatda bu soliqlar va yig‘imlar ular byudjetlari xarajatlarining 30-40 foizini 
qoplaydi, xolos. Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko‘paytirish eng dolzarb 
masalalardan biridir. Faqat o‘z daromad manbaiga to‘liq ega bo‘lgan mahalliy 
hukumatgina o‘z faoliyatlarini to‘liq amalga oshirishi mumkin. Mahalliy soliqlar-
ning muhim xususiyati shundaki, ular faqat shu hududning byudjetiga tushadi. Ular 
hisobidan boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi. 
Byudjet kodeksining IVbo‘limi “Byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari” 
deb nomlanadi, uning 9-bobi50-“Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish” deb 
nomlanadigan moddasida davlat byudjeti qanday daromadlar hisobidan 
shakllantirilishi ko‘rsatilgan (8.7-rasm).
Byudjet 
kodeksining 
51-moddasida 
O‘zbekiston Respublikasining 
respublika byudjeti daromadlarini shakllantirish manbalari belgilab berilgan bo‘lib, 
ular quyidagilar hisobidan shakllantiriladi: 
1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan: 
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; 
- yagona soliq to‘lovi; 


118 
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 
- qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
- aktsiz solig‘i; 
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling