8-Amaliy mashg’ulot mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi
Download 42.73 Kb.
|
8-mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi
8-Amaliy mashg’ulotMAVZU. DAVLAT BUDJETI, SOLIQLAR VA DAVLAT QARZIReja: 8.1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalarini o`rganish. 8.2. Davlat budjeti xarajatlarini va davlat qarzi, uni hisoblash. 8.3. Soliqlarning turlari va funksiyalarini o`rganish 8.4. Soliq yuki mohiyati va uni hisoblash Tayanch so’z va iboralar: Davlat byudjeti, moliyaviy balans, soliqlar, markazlashgan pul fondi, subvensiya, subsidiya, transfertlar. 8.1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari Davlat o`z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat budjetiga tayanadi. Davlat byudeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo`lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashda muhim rol o`ynaydi. Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo`lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin. Davlat budjeti daromadlari soliq va soliq bo`lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi. Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgang investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud. Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko`rinishidagi yordam turi bo`lib, budjet va budjetdan tashqari fondlardan ko`rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo`lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo`yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan mablag`lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi. 8.2. Davlat budjeti xarajatlari. Davlat budjeti xarajatlari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining moddiy mazmunini aks ettiradi. O`zbekiston Respulikasi davlat budjeti xarajatlarining keyingi yillardagi tarkibiy tahlillari ko`rsatadiki, xarajatlar nominal mazmunda (mutlaq ko`rsatkichlarida) ortib borayotganligi kuzatishimiz mumkin. Lekin, uning yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog`ining kamayib borish tendensiyasi kuzatilmoqda . Davlat budjeti ijrosining g`aznachilik tizimini joriy etilishi natijasida keyingi yillarda davlat budjeti pofitsit bilan ijro etilmoqda. Bunda rejalashtirilgan budjet xarajatlarini manzilli va maqsadli sarflanishini ta‘minlanishi natijasida xarajatlarning maksimal iqtisod qilinishi ta‘minlanmoqda. Download 42.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling