113
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i,
bojxona bojlari va yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar kiradi. Lekin
oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgaridagidek,
mahsulot
realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan
qiymat bilan o‘lchanadi (QQSda). Yalpi tushumdan
olinadigan yagona soliq ham
oborotdan olinadigan soliqlar jumlasiga kiradi.
8.4-rasm. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning guruhlanishi
35
Daromaddan olinadigan soliqlargayuridik va
jismoniy shaxslarning daro-
madiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi
daromadidan olinadigan
soliqlar kiradi. Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish solig‘ini ham kiritish mumkin.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlargayuridik
va jismoniy shaxslar
tomonidan to‘lanadigan mol-mulk solig‘i kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: