4-mavzu: Jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq. Ijtimoiy soliq


Download 207.17 Kb.
bet1/7
Sana26.02.2023
Hajmi207.17 Kb.
#1233304
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

4-mavzu: Jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq. Ijtimoiy soliq

  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i
  • Daromad solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar
  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining iqtisodiy mohiyati va davlat byudjeti daromadlaridagi tutgan о‘rni. Daromadidan soliq tо‘lovchi jismoniy shaxslar. Rezident va norezidentlar.
  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini tо‘lovchilari, soliqqa tortish obyekti, soliq solinadigan bazasi, jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi.
  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari va ushbu soliqdan belgilangan soliq imtiyozlari. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash, chiqarish va tо‘lash tartibi.
  •  

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 393-moddasi 1-qismiga asosan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:

- mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;

- ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;

- moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;

- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;

- soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;

- ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;

- soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.

Soliq kodeksining 397-moddasiga muvofiq jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etilishi va ushbu Kodeksining 398-moddasiga asosan daromad solig‘i summasini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘lanishi lozim.


Download 207.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling