4-mavzu: Jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq. Ijtimoiy soliq


Download 207,17 Kb.
bet2/7
Sana26.02.2023
Hajmi207,17 Kb.
#1233304
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

Soliq kodeksining 397-moddasiga muvofiq jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etilishi va ushbu Kodeksining 398-moddasiga asosan daromad solig‘i summasini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘lanishi lozim.

Mol-mulkini ijaraga berishdan to‘lov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilar, shuningdek ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan va jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘laydigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani belgilangan muddatlarda taqdim etish bilan bir qatorda dastlabki tarzdagi deklaratsiyani ham quyidagi muddatlarda taqdim etadi:

1) mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan soliq to‘lovchilar - ijaradan daromadlar paydo bo‘lgan kundan e’tiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kun muddatda;

2) ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan, jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni to‘laydigan jismoniy shaxslar - joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmay.

Yangi ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari - tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi.

Yangi ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari - tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi.

Ko‘chmas mulkning ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilayotganda dastlabki deklaratsiya taqdim etilmaydi.

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olish tugagan taqdirda soliq to‘lovchi doimiy yashash joyidagi soliq organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning o‘n beshinchi kunigacha har oyda to‘laydi.


Download 207,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling