Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

8.7-rasm. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi
38
 
2) bojxona bojlari; 
3) qo‘shimcha foyda solig‘i; 
4) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo‘yicha foyda keltiradigan 
mahsulotdagi davlat ulushi; 
5) boshqa daromadlar.
Byudjet kodeksining 52-moddasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, 
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlarini shakllanti-
rish manbalari ko‘rsatilgan bo‘lib, ular: 
1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan: 
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; 
- yagona soliq to‘lovi; 
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 
- tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq; 
 
38
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga asosan.


119 
- qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
- aktsiz solig‘i; 
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan:
- obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; 
- transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun 
olinadigan soliq; 
- mol-mulk solig‘i; 
- yer solig‘i; 
- yagona yer solig‘i; 
- ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi 
xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im; 
3) yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek chet davlatlardan tushgan 
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
4) bozorlardan tushadigan daromadlar;
5) boshqa daromadlar.
Xulosa qilib aytganda, byudjet daromadlarining shakllanishi mamlakat yalpi 
ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining element-
laridan biri bo‘lib, oraliq xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga 
tegishli bo‘lgan daromadlar va jamg‘armalarning bir qismini byudjetga o‘tkazilishi 
natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan 
mazmunini davlat ixtiyoriga borib tushgan pul mablag‘lari tashkil etadi. Byudjet-
ning qayta taqsimlash funksiyasi namoyon bo‘lish shakli davlat byudjetiga tushuv-
chi turli soliqlar, to‘lovlar, yig‘imlar, bojlar va ajratmalarning harakatida namoyon 
bo‘ladi. 
Miqdor jihatdan byudjetning daromadlari yaratilgan yalpi ichki mahsulotda 
davlatning ulushini ko‘rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog‘i mamlakatning 
yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining umumiy hajmi, u yoki bu davrda 


120 
davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar 
bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda byudjetda to‘planadigan 
mablag‘larning miqdori va ularni undirishning shakl va usullari belgilanadi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling