TALABANING ISH JOYI VA VAQTNING TAQSIMLANISHI
Tanishuv amaliyoti kafedrada belgilangan amaliyot rahbari tomonidan mazkur
dasturga muvofiq ishlab chiqilgan, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan kalendar ish
rejasi asosida amalga oshiriladi. Amaliyot rahbari har bir amaliyotga chiquvchi talabaga va
u borayotgan amaliyot ob’yektiga individual tarzda yondoshgan holda ishni tashkil etadi.
Shuningdek, talabaning kalendar ish rejasi aniq, maqsadli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi
lozim.
Tanishuv amaliyotining dastlabki kuni talabaga amaliyot joyidan rahbar biriktiriladi.
Amaliyot joyidan biriktirilgan rahbar talabalarga ichki intizom to‘g‘risida qisqacha
ma’lumot beradi.
Amaliyot davomida talaba dekanat tomonidan berilgan kundalikni yuritib, unda har
kuni bajargan ishlarining qisqacha mazmunini yoritib borishi lozim. Har bir ish kunining
oxirida amaliyot joyidagi rahbar talabaning kundalik daftariga o‘z imzosini qo‘yish orqali
tasdiqlaydi.
Bundan tashqari, talabalar amaliyot yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar
bo‘yicha institutdan tayinlangan ilmiy rahbari yoki kafedraning boshqa o‘qituvchilaridan
imkoniyatdan kelib chiqib, haftaning shanba kunlari kafedraga tashrif buyurish yoki aloqa
vositalari (telefon, ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta) orqali murojaat qilib, qo‘shimcha
maslahatlar olishlari mumkin.
“Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida amaliyot o‘tash uchun ajratilgan vaqtning
mavzular bo‘yicha taqsimlanishi quyidagi tartibda bo‘lishi tavsiya etiladi:
Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash davri o‘quv jarayoni grafigi asosida
belgilanib, quyidagicha taqsimlanadi:
6
Amaliyot mavzulari va ularning amaliyot kunlari bo’yicha taqsimlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |