Toshkent moliya instituti buxgalteriya hisobi va audit fakulteti
Xarajatlar turkumlanishi, ish tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish
Download 95.11 Kb.
|
Ҳисобот
Xarajatlar turkumlanishi, ish tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish
Mavzu asosida men quyidagilarni o’rgandim: xarajatlar haqida tushuncha, ularni turli xil belgilarga ko’ra turkumlanishi; ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda texnologiyaning ta‘siri; -ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy, yordamchi ishlab chiqarishlar va xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlar bo’yicha hisobga olishni tashkil qilish, servis xarajatlarini taqsimlash; ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga qo’shiladigan xarajatlarni umumlashtirish va ularni taqsimlashni o’rganish; mahsulot tannarxining tarkibi va turlari, mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning ahamiyati; kalkulyatsiyaning tamoyillari, obyekti va usullari, jarayonli, bo’linmali, buyurtmali tannarx hisoblash usullari, to’liq tannarx va ishlab chiqarish tannarxini hisoblash; haqiqiy va normativ usullar bo’yicha xarajatlar hisobi va tannarx hisoblash hamda «Standartkost» va «Direkt kosting» usullari bo’yicha mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni o’rganish. “Pudina Quvonchbek ” MCHJ (keyingi o’rinlarda – korxona) da barcha korxonalar singari o’ziga yarasha xarajatlar turkumlanishiga ega. Ish bajarish uchun qilingan xarajatlar ya’ni xom ashyo sotib olish va xodimlarga ish haqi to’lash kabi xarajatlar tan narxga kiritiladigan xarajatlar turkumiga kirsa, boshqa operatsion xarajatlar, korxona ehtiyoji uchun qilingan xarajatlar, soliqlar va ma’muriy xarajatlar tan narxga kiritilmaydigan xarjatlar turkumiga kiritiladi. Mazkur korxona faoliyati quyidagicha: -binolarni qurish va rekonstruksiya qilish; Binolarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun qilingan har bir xarajat o’z o’rnida hisobga olinib tan narxga kiritiladi. Bu jarayonni shaxsan kuzatib, amalda bajardim. Buyurtmachi biror ish buyurtma qilish uchun shartnoma asosida tomonlar o’rtasida kelishuv imzolanadi va ishonchnoma bilan tasdiqlanadi. Har bir olingan buyurtma ijro hujjatlari uch nusxada tayyorlandi. Hujjatlar bajarilgan ish isboti(rasm), bajarilgan ish jarayonida ishlatilgan mashina va uskunalar vaqti va sarflangan enirgiyasi, xom-ashyo tarkibi va undan foydalanish uchun litsenziya, sarflangan mahsulot va qurilish materillarini sotib olinganligini isbotlovchi hisob-faktura, obyekt sxemasi va bir qator shunga o’xshash hujjatlarni o’z ichiga oldi. XULOSA O’tagan amaliyotim davomida 2 yil davomida buxgalteriya kursida o’rgangan barcha nazariy bilimlarimni amalda qo’llash va mustahkamlash imkoniga ega bo’ldim. Nazariy jihat har doim ham qo’l kelmasligi, faqatgina amaliyotda olish mumkin bo’lgan ko’nikmalarni hosil qildim. Download 95.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling