Toshkent moliya instituti buxgalteriya hisobi va audit fakulteti
Buxgalteriya hisobining funksiyalari
Download 95.11 Kb.
|
Ҳисобот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil (baholash)
Buxgalteriya hisobining funksiyalari
Reja - rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va moddiy vositalar ehtiyojiga asosan hisoblash, taxmin qilinayotgan daromad (foyda), mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini rejalashtirish, shuningdek, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘llarini izlash. Nazorat - ishlab chiqarish jarayoni va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning haqiqatda bajarilishi va biznes-rejalarda mo‘ljallanganini kuzatish, ya’ni xatti-harakatlar mo‘ljallangan rejaga qanchalik muvofiqligini belgilash. Axborot - ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxona haqida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashni bildiradi. Korxonalarda buxgalteriya hisobining vazifalari korxona ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagilardan tashkil topadi: 1. Belgilangan reja topshiriqlari bajarilishini o‘z vaqtida aks ettirish va nazorat qilish. 2. Moddiy mehnat va moliya resurslaridan samarali va to‘g‘ri foydalanish. 3. Ichki ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va ishga solish. 4. Korxona rahbari va ma’muriyatini hamda yuqori tashkilotlarni zarur hisobot ma’lumotlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash. 5. Korxona mulkchiligining xavfsizligini ta’minlash. 6. Iqtisodiy tartibning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish. Tahlil (baholash) korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash maqsadida qaror qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan strategiya va taktikasini baholash hamda tahlil qilish jarayonidir. Tahlil natijasida korxonada boy berilgan imkoniyatlarni hisoblab chiqish, mavjud rezervlar hajmini belgilash, uskunalar, mehnat va xomashyo resurslaridan foydalanish darajasini oshirish, shuningdek, moddiy resurslar bilan uzluksiz ta’minlashni yo‘lga qo‘yish. Hisob - korxona xo‘jalik faoliyatining hujjatlar asosidagi yalpi, uzluksiz va o‘zaro bog‘langan ifodasidir. Tasarrufida mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq foydalanish to‘g‘risida xolis va asoslangan qaror qabul qilishi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati to‘g‘risida axborot to‘plash, uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylandi. Hozirgi paytda buxgalterlar ishiga qo‘yiladigan talablar tubdan o‘zgarmoqda. Buxgalter korxona rahbariga moliyaviy ahvolning barqarorligini oshirishga imkon beradigan yo‘llarni ko‘rsatib berishi, iqtisodiy tahlil, umuman korxonaning pul oqimlari va moliyasini boshqarish bilan, ya’ni moliyaviy menejment bilan shug‘ullanishi kerak. Buning uchun, eng avvalo, buxgalterlar BHMA larini va hisob ishlariga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishlari lozim. Ana shundagina buxgalteriya hisobini samarali tashkil qilishga erishish mumkin. Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini me’yorlar yordamida boshqarishning 4 darajali tizimini ko‘zda tutadi. Download 95.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling