O’zbekistonning antimonopol siyosatinig natijalari.
So‘nggi 10 yil mobaynida monopolist korxonalar soni 3,5 barobar kamaydi
Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng
muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi
ma’ruzasida iqtisodiyot rivojining bugungi bosqichida monopolizm ko‘rinishlariga
qarshi kurash va raqobat muhitini shakllantirish masalalari g‘oyat muhim ahamiyatga
ega ekanligi alohida qayd etildi.
Mamlakatimizda monopoliyaga qarshi siyosat olib borilishi natijasida so‘nggi 10 yil
mobaynida monopolist korxonalar soni 3,5 barobar, monopol mahsulotlar turi esa
26 barobar qisqardi. 2004-2007 yillar davomida yalpi ichki mahsulotning umumiy
hajmida monopol mahsulotlar ulushi 26 foizdan 21 foizga tushdi.
7-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |