Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «mikroiqtisodiyot. MAKROiqtisodiyot»


O’zbekiston Respublikasida monopol subyektlar va mahsulotlar soni


Download 186.94 Kb.
bet20/21
Sana02.01.2022
Hajmi186.94 Kb.
#201372
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
kurs ishi

O’zbekiston Respublikasida monopol subyektlar va mahsulotlar soni
Manba: O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni

rivojlantirish davlat qo’mitasining reysteri
To‘laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish, uning eng muhim talablaridan biri

bo‘lgan sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish natijasida tadbirkorlik va kichik

biznes subyektlari soni hamda ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yil sayin ortib

bormoqda.


Yurtimizda monopolist va tabiiy monopol bo‘lgan korxonalar faoliyatini tartibga

solish hamda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlashga doir qonunchilik asoslari

yaratilgan. Jumladan, 1996 yilda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik

faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi, 1999 yilda qabul qilingan “Tabiiy

monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlar monopolistik mavqega ega bo‘lgan korxonalar

faoliyatini tartibga solishning qonuniy asoslarini ta’minlashda mustahkam huquqiy

zamindir.
Ammo, ba’zi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yish

holatlari kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat

va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bunday holatlarga barham berish

yuzasidan izchil chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.


Tovar va xizmatlar bozoridagi o‘zaro tenglik, tabiiy monopol korxonalar

tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida qo‘mita

tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tabiiy monopoliyalar

sohasiga kiritilgan 24 xil mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning narxlarini

moliya organlarida deklaratsiyadan o‘tkazmasdan iste’molchilarga yetkazib

berayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar aniqlandi. Ko‘rilgan chora tufayli

ularning narxlari moliya organlarida belgilangan tartibda deklaratsiyadan

o‘tkazilishiga erishildi.


2007 yilda qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan tabiiy monopoliya

subyektlarida monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan

o‘tkazilgan tekshirishlarning 87,5 foizida turli xildagi qonunbuzarlik holatlariga yo‘l

qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan o‘z vaqtida zarur chora-tadbirlar

ko‘rildi, aybdorlarga nisbatan 2,3 milliard so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.Bunday

tadbirlarning amalga oshirilishi sog‘lom raqobat muhitini barqarorlashtirishda,

mamlakatimiz iqtisodiyoti va aholi turmush darajasini yuksaltirishda muhim omil

bo‘layotir.

Raqobat muhitini, jumladan, kichik biznes sohasida yangi ishlab chiqarishlarni

tashkil etishni rag‘batlantirish orqali rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar

yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar xo‘jalik subyektlari umumiy

sonida monopolist korxonalar ulushini 2010 yilning birinchi yarmidagi 0,43 foizdan

0,37 foizgacha kamaytirish imkonini berdi.
8-rasm. Monopolistik korxonalar soni va monopol mahsulot turlari

tarmoqlar bo’yicha.


 

 

Tarmoqlar




Download 186.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling