Toshkent moliya instituti pul va banklar fanidan mustaqil ish


Download 76.17 Kb.
bet5/8
Sana27.10.2023
Hajmi76.17 Kb.
#1727982
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pul nazariyalariga klassik va zamonaviy yondashuv (1)

1. Metallik pul nazariyasi. Bu nazariyaga ko’ra qimmatbaho metallar oltin va kumush
o’z tabiatiga ko’ra pul. Bu nazariyada pul va qimmatbaho metallar aynan bir xil narsa deb
qaraladi.

2. Nominalistik pul nazariyasida pul shartli belgi, nominal hisob-kitob birligi, uning
xarid quvvati davlat tomonidan qonunlashtiriladi.
Bu nazariyaning ayrim namoyondalari pul oldi-sotdini tartibga solish uchun davlat
tomonidan ijod qilingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu nazariya metallik nazariyasiga qaramaqarshi
nazariya bo’lib, pulni oltin bilan aloqasini uzadi, pulga tovar sifatida qarash rad etiladi.
3. Pulning mehnat nazariyasiga ko’ra pul ichki qimmatga ega maxsus tovar. Uning
qiymati umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar – oltin, kumushni qidirib topish,
qazib chiqarish va undan tangalar tayyorlash uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan
o’lchanadi.
Pulning miqdoriylik nazariyasida pul ichki qadr-qimmatga ega emas. Pulning
qimmati muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikr ilgari suriladi. Pulninng oltin
asosi bekor qilingan.
Hozirgi paytda pul haqidagi nazariyalar ichida miqdoriylik nazariyasi eng obro’li
nazariya hisoblanadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori muammosi kapitalizm
rivojlanishining boshlanish davriga borib taqaladi.
«Yangi dunyo» Amerika qit’asi kashf etilgach, u erlardan Evropaga qimmatbaho
metallarni oqib kelishi (1503-1560 yillar davomida Ispaniyaga 120 tonna oltin, 574 tonna
kumush olib kelindi) tovarlar narxini 2,5-4 martagacha oshib ketishiga olib keldi. Ana shundan
so’ng iqtisodchilar muomaladagi pul miqdorini o’rganishga diqqat-e’tiborlariini qaratdilar.
Miqdoriylik nazariyasining asoschisi bo’lib, frantsuz iqtisodchisi J. Boden (1530-1596)
hisoblanadi.
18 asrda pulning miqdoriylik nazariyasini Angliyada – D. Yum va J. Mil, Frantsiyada Sh.
Monteskelar rivojlantirishdi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XX asrda keng yoyildi,
iqtisodchilarning diqqat-e’tibori qaratiladi. Bunga sabab pul muomalasi muammolari va qog’oz
pullarning xarid qobiliyatini pasayib ketishi bo’ldi.
1 Pul forscha-tojikcha ko’prik degan ma’noda ishlatiladi, u ayirboshlashga xizmat qiluvchi ko’prik vazifasini o’taydi
degan fikrlar ham yo’q emas.
3. Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda ma’lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda.
Fanning predmeti, pulning paydo bo‘lish sabablari, pul shakllari va turlarining evolyusiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari, funksiyalari, Qiymat shakllarining evolyusiyasi. Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o‘ziga hos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning turlarini chuqurroq o‘rgatadi.
SHuningdek, pul to‘g‘risidagi nazariyalar, uning shakllari,uning yuzaga kelish shart-sharoitlari, nazariyalarni yaratgan olimlarni fikr va g‘oyalari, kamchiliklari haqida o‘rganadi.
Pul aylanmasi va uning tarkibi, naqd va naqdsiz pullar, ularni aylanish tamoyillari, shakllari haqida gap boradi. SHuning bilan birga, pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi, pul muomalasi qonunlari, pul agregatlari, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash uslublari,pul muomalasi qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari yoritilgan.
Pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari, O‘zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari, pul islohotlarini amalga oshirish usullari keng yoritilgan.
Inflyasiya va uning turlari, yuzaga kelish sabablari, ijtimiy va iqtisodiy oqibatlari, inflyasiya to‘g‘risida nazariyalar hamda pulning barqarorligini ta’minlash yo‘llari yoritilgan.
SHuning bilan birga, kreditning zarurligi, mohiyati va funksiyalari, tamoyillari, xarakterli belgilari, xususiyatli tomonlari yoritilgan. Kreditning iqtisodiy barqarorlikdagi o‘rni ochib berilgan.
Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlarining yuzaga kelish sabablari. Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari, shakllari va turkumlanishi, kreditning bahosi va unga ta’sir qiluvchi omillar yoritib berilgan.
SHuning bilan birga, banklarning kelib chiqishi va bank tizimi, Markaziy bank va uning funksiyalari, ularning aktiv va passiv operatsiyalari, ularni mustaqilligi keng yoritib berilgan.
Tijorat banklari va ularning bajaradigan funksiyalari, ularni tashkil etish va iqtisodiyotni rivojidagi o‘rni yoritilgan.SHuning bilan birga nobank kredit tashkilotlari, zarurligi va ularning turlari,vazifalar ularni tartibga solish masalalari hamda kredit tizimi, elementlari va uning barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar ochib berilgan.
SHuningdek, halqaro valyuta munosabatlari, asoslari, milliy valyuta tizimi va turlari, vazifalari va ularni tartibga solish masalalari yoritilgan. SHuning bilan birga, halqaro moliya institutlari va ularning turlari maqsadi va vazifalari bajaradigan operatsiyalarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli fanning predmetlarini o‘z ichiga olgan.
Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida pul yuzaga chiqa boshlagan. Bizning fikrimizcha pulning yuzaga chiqishiga bevosita quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:

1. Jamiyatda mehnat taqsimotini hamda mahsulotlar almashuvini yuzaga chiqishi.

2. Natural xo‘jalikdan asta —sekin tovarlarni ishlab chiqarish va ularni ayirboshlashga o‘ta boshlashi;

3. Tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va mol —mulk jihatidan mustaqil mulkdorlarning shakllanib borishi;


4. Ayirboshlash jarayonida ekvivalentligi (moslik) yuzaga chiqishi va unga rioya etila borishligi.

Download 76.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling