Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


Download 58.42 Kb.
bet5/13
Sana13.02.2023
Hajmi58.42 Kb.
#1193405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kers ishi1

Jinoyat sub`yektining belgilari:
a) jismoniy shaxs;
b) aqli rasolik;
v) jinoiy javobgarlik yoshiga yetganlik (16 yosh-barcha jinoyatlar uchun javobgarlik,
14 yosh-o`ta og`ir jinoyat uchun javobgarlik, 13 yosh-aybni og`irlashtiruvchi holatlarda odam o`ldirganlik uchun javobgarlik).
4. Jinoyatning sub`yektiv tomoni. Uning belgilariga quyidagilar kiradi:
a) ayb;
b) ayb shakllari;
v) sabab;
g) maqsad.
Jinoyatlar tarkiblari. Ijtimoiy xavflilik darajasiga bog`liq ravishda jinoyat tarkiblari quyidagi turlarga bo`linadi:
1) Jinoyatning asosiy tarkibi;
2) Yengillashtiruvchi holatlari bo`lgan jinoyat tarkibi (imtiyozli);
3) Og`irlashtiruvchi holatlari bo`lgan jinoyat tarkibi (kvalifikatsiyalashtirilgan);
4) Alohida kvalifikatsiyalashtirilgan jinoyat tarkibi.
Bayon etish usuliga ko`ra jinoyat tarkiblari 3ga bo`linadi:
1) oddiy; 2) murakkab; 3) muqobil.
Tuzilishiga ko`ra jinoyat tarkiblari quyidagilarga bo`linadi;
a) moddiy tarkib jinoyati
b) formal tarkib jinoyati
v) kesik tarkibli jinoyatlar
Jinoyatda ishtirokchilik. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 27-moddasiga muvofiq ikki yoki undan ortiq shaxsning jinoyat sodir etishda birgalashib qasddan jinoyat sodir etishi ishtirokchilik deb topiladi. Yosh va aqlirasolik ishtirokchilikning muqarar shartidir. Ishtirokchilikning shakllari quyidagilar:
1.Oddiy ishtirokchilik –ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyatni sodir etishda qatnashishi.
2.Murakkab ishtirokchilik – ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok etishi.
3.Uyushgan guruh –ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi.
4.Jinoiy uyushma – ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug`ullanish uchun oldindan birlashishi.
Jinoyatda ishtirokchilarning turlari:
1. Bajaruvchi-jinoyatni bevosita, to`la, qisman sodir etgan shaxs. Bosh rolni o`ynaydi.
2.Tashkilotchi-jinoyatga tayyorgarlik ko`rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs.
3. Dalolatchi-qiziqtiruvchi yoki boshqa usul bilan jinoyatga undovchi shaxsdir.
4. Yordamshi-jinoyat sodir qilishga maslahatlar, yo`l-yo`riqlar, vositalar berish yoki to`siqlarni bartaraf etish bilan ko`maklashadigan shaxs.




    1. Download 58.42 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling