Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 0.59 Mb.
bet14/15
Sana26.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1066490
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
239 28.10.2010

(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning 36-bandi to‘qqizinchi xatboshisida ko‘rsatilgan tovarni birja savdolarida sotishda boshlang‘ich narxni oshirib qo‘yilishi natijasida olingan mablag‘lar budjetdan tashqari Jamg‘armaga olib qo‘yiladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
44. Jarima qoida buzilishining butun davri uchun qo‘llaniladi va undirish, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati va budjet bilan o‘zaro munosabatlaridan qat’i nazar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin uning tasarrufida qoladigan foyda hisobidan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 48-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Noqonuniy olingan mablag‘lar olib qo‘yilishi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga jarima solinishi ularning ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarini qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Budjetdan tashqari Jamg‘armaga olib qo‘yilishi kerak bo‘lgan mablag‘larni hisoblab chiqishda ushbu Nizom talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan xo‘jalik yurituvchi subyektda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar oshirilishiga olib kelgan ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasi xo‘jalik yurituvchi subyektdan olib qo‘yiladigan mablag‘ kamaytirilishiga hisoblanmaydi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Monopoliyaga qarshi davlat organi noqonuniy olingan mablag‘larni olib qo‘yish va ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun jarima solish to‘g‘risidagi sud qarorini olib, sudning mazkur qarori kuchga kirgandan keyin ushbu mablag‘larni budjetdan tashqari Jamg‘armaga undirish choralarini ko‘radi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
48. Nazorat qiluvchi organlar ushbu Nizom talablari buzilishi aniqlanganda tekshirish va o‘rganish materiallarini tegishli choralar ko‘rish uchun monopoliyaga qarshi davlat organiga yuboradilar.
Ushbu Nizom talablari buzilishini mustaqil aniqlagan va buning natijasida ortiqcha mablag‘lar olgan xo‘jalik yurituvchi subyekt ularni iste’molchilarga qaytaradi yoxud, iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga kiritadi. Ushbu holda jarima qo‘llanilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan, shuningdek nazorat organlari tomonidan taqdim etilgan tekshirish va o‘rganish materiallari asosida ushbu Nizom talablari buzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu Nizomning 37 — 41-bandlariga muvofiq qaytarilishi, olib qo‘yilishi kerak bo‘lgan mablag‘larning 10 foizidan 20 foizigacha miqdorda jarima qo‘llaniladi, aynan o‘sha qoida buzish jarima qo‘llanilgandan keyin ikki yil mobaynida takroran aniqlanganda esa — 20 foizidan 50 foizigacha miqdorida jarima qo‘llaniladi, alkogolli mahsulotlarni qonunchilikda belgilangan minimal ulgurji-belgilangan narxlardan past narxlarda sotish hollari bundan mustasno.
Alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) qonunchilikda belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilishi holatlari aniqlangan taqdirda, alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) tayyorlovchi korxonaga nisbatan quyidagicha jarima qo‘llaniladi:
alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qonunchilikda belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 20 foizi miqdorida, biroq belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 200 baravar miqdorda;
jarima qo‘llanilgandan keyin bir yil mobaynida aynan o‘sha qoida buzish takroran aniqlanganda — alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) ishlab chiqargan korxona tomonidan qonunchilikda belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 50 foizi miqdorida, biroq belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 300 baravari miqdorida.
Ushbu bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan jarima summasini aniqlashda sotilgan alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) qiymati qonunchilikda belgilangan minimal ulgurji-sotish narxi bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
Oxirgi hisobot sanasiga xo‘jalik yurituvchi subyekt joriy aktivlari summasining 20 foizidan oshadigan jarimani undirish unga undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida undiriladigan summani har oylik to‘lovlar bilan bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
50. Ushbu Nizom talablari davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining yozma topshirig‘i bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buzilgan taqdirda mablag‘lar ushbu qarorni qabul qilgan organning hisob-kitob raqamidan olib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori yuzasidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52. Budjetdan tashqari Jamg‘armaga noto‘g‘ri undirilgan mablag‘lar va jarimalarni qaytarish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha foizlar hisoblangan holda monopoliyaga qarshi davlat organi yoxud sud qarori bilan amalga oshiriladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qaroriga
3-ILOVA

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling