Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Download 3.18 Mb.
bet17/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

Missiya mavjud bo„lsa!
Shu bilan birga aniq ifodalangan va korxonani barcha xodimlari o’rtasida taqsimlangan missiya:

  • korxonani maqsadlarini belgilaydi: u nima uchun tashkil etilganligi yaqqol tushunarli bo’lib qoladi. Bu esa kuch va resurslarni havoga (bekorga) sovurmasdan asosiy maqsadga erishish uchun to’planishga imkon beradi.

  • bu maqsadga erishish bo’yicha xodimlarni hamkorlikda mehnat qilishga undaydi. Xodimlarni tashkilotga nisbatan moyilligi ortadi, tashkilot prinsiplari va qarashlarini farqlovchi mustahkam jamoa shakllanadi. Xodim nafaqatgina ish haqi uchun ishlaydi, balki ―g’oya uchun‖ ham faoliyat ko’rsatadi.

  • rejalashtirishga yordam beradi: missiya strategik va taktik rejalarni ishlab chiqish uchun hisoblash nuqtasi bo’lib xizmat qiladi; shu tarzda qarama-qarshi maqsadlar bartaraf etiladi, resurslarni yo’qotish va ziddiyatlar inkor etiladi (yo’qotiladi).

  • investitsiyalarni jalb qilish yengllashadi: agar kreditlar konkret qanday maqsadlar uchun kerakli tushuntirilsa uni olish doimo yengil bo’ladi. O’zingizni kreditor o’rniga qo’yib ko’ring: agar sizdan mablag’ (pul) so’rashsa-yu, bunda nima uchun kerakligi aytilmasa, ammo uni qaytarishga va‘da qilishsa, siz bu kishiga ishonasizmi? Balki, ishonmassiz? Va aksincha, agar sizdan mablag’ni (kreditni) ma‘lum maqsadlar uchun kerakligini aytishsa, sizni o’zingiz uni qaytarish ehtimolini baholashingiz mumkin, unda sizni kredit berishga roziligingiz imkoniyati ancha oshadi.

  • raqobatlardan foydali farq qilishga imkon beradi: missiyani shakllantirish – sizni kompaniyangizni raqib kompaniyalardan farq qilishingiz (tabiiyki ijobiy tomonga) o’ylab ko’rish va yechish uchun yana bir marotaba yaxshi sababdir.

2.3. Maqsad tushunchasi va uning ko„rinishlari


Agar missiya tashkilotning faoliyat olib borish mohiyatini ifodalasa, u holda har daqiqada tashkilot harakat qiladigan konkret asosiy holat, uning maqsadlari ko’rinishida belgilanadi. Boshqacha aytganda, maqsadlar — bu tashkilotning alohida xususiyatlarining aniq holati, uning uchun kerakli bo’lgan yutuqlar va bu yutuqlarga yo’naltiradigan faoliyat.
Maqsadlar faoliyatni rejalashtirishning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi, maqsadlar tashkiliy munosabatlarni ko’rish asosida yotadi, asoslash tizimi maqsadlarga tayanadi, nihoyat maqsadlar nazorat jarayonida va alohida ishchilar, bo’lim va tashkilot mehnatining natijasini baholashda sanoq boshi hisoblanadi.
Erishish uchun talab qilinadigan vaqt davriga qarab maqsadlar uzoq muddatli va qisqa muddatliga bo’linadi. Asosan, maqsadlarni ushbu 2 tipga bo’lish asosida ishlab chiqarish siklining davomiyligi bilan bog’liq muvaqqat davr yotadi. Yutuqlari ishlab chiqarish siklining oxiriga mo’ljallangan maqsadlar - uzoq muddatli hisoblanadi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun turli tarmoqlarda turli vaqt oraliqlari bo’lishi kerak. Biroq, amalda odatda qisqa muddatli maqsadlar bo’lib, 1-2 yil davomida erishiladigan va mos ravishda, uzoq muddatli bo’lib, 3-5 yildan keyin erishiladigan maqsadlar hisoblanadi.
Maqsadlarni uzoq muddatli va qisqa muddatliga bo’lishi muhim ahamiyatga ega, chunki bu maqsadlar mohiyatiga ko’ra jiddiy ravishda farqlanadi. Uzoq muddatli maqsadlardan ko’ra ancha konkretlashtirish va detallashtirish natijasi (kim, nima va qachon bajarish kerak) bu qisqa muddatli maqsadlar uchun harakterli. Ba‘zida, agar zaruriyat paydo bo’lsa, uzoq va qisqa muddatli maqsadlar o’rtasida yana oraliq maqsadlar ya‘ni o’rta muddatli deb ataluvchi maqsadlar ham o’rnatiladi.

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling