Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


yildan 2007 yilgacha bo„lgan muddatni o„z ichiga olgan ikkinchi bosqich


Download 3.18 Mb.
bet38/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

2001 yildan 2007 yilgacha bo„lgan muddatni o„z ichiga olgan ikkinchi bosqich – faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud – huquq tizimi va ijtimoiy – gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘yngan davr bo‘ldi.
Shu borada mamlakatimizni isloh qilish va milliy davlatchilik poydevorini barpo etish bo’yicha qabul qilingan ana shu strategiyani amalga oshirishdagi birinchi qadamlarimiz nimalardan iborat bo’lganini yana bir bor eslash o’rinlidir.
O’tgan davr mobaynida milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uni tubdan isloh qilish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining eng muhim omili va asosisni tashkil etganini alohida ta‘kidlash zarur. Bu borada bizning oldimizda respublika va aholi ehtiyojini, birinchi navbatda yoqilg’i – energetika resurslari, iste‘mol va oziq – ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabni ishonchli tarzda qondirishdek dolzarb hayotiy vazifa turar edi.
Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyati erkinligini va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, keng tarmoqli bozor infratuzilmasini shakllantirish, davlatning nazorat va boshqaruv vakolatini keskin kamaytirish, uning korxonalar xo’jalik faoliyatiga aralashuvini cheklash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish – bularning barchasi islohotlarni chuqurlashtirishning hal qiluvchi yo’nalishi hisoblanadi.
Ayniqsa, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Buning negizini mahalliy xom-ashyoni qayta ishlash va jahon bozoridagi keskin raobatga bardosh bera oladigan mahsulotlar tayyorlashga asoslangan sanoat tarmoqlarining yetakchi o’ringa chiqishi va xizmat ko‘rsatish sohalarining tez sur’atlar bilan rivojlanishini tashkil qiladi. Shuni ta‘kidlash kerakki, mustqillik yillarida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 11 foizdan 25 foizga, xizmat ko’rsatish sohalarining ulushi 18 foizdan 42 foizga yoki 2 barobardan ziyod oshdi.
Hozirgi kunda malakatimizda yalpi ichki mahsulotning 76 foizi, jumladan, sanoat mahsulotining qariyb 80 foizi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari va chakana savdo aylanmasi esa to’lig’icha iqtisodiyotning nodavlat sektorida yaratilmoqda. Yurtimizdagi korxonalarning 90 foizi xususiy va korporativ mulk shakliga o’tgan, ularda jami ish bilan band aholining 77 foizi mehnat qilmoqda.
Kichik va xususiy biznesning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi 45 foizdan ortib borayotgani va u mamlakatimiz iqtisodiyotiga yetakchi kuchga aylanib, bozorlarimizni zarur tovar va xizmatlar bilan to’ldirish, aholi daromadi va faravonligini oshirishning asosiy manbai, odamlarni ish bilan ta‘minlash bilan bog’liq muammolarni hal etishning muhim omiliga aylangani e‘tiborga sazavordir.
O’z-o’zidan ayonki, O’zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallash, o’z xalqining tinchligi va faravonligini ta‘minlashga intilayotgan boshqa davlatlar qatori hozirgi shiddat bilan o’zgarib borayotgan murakkab davr o’rtaga qo’yayotgan talab va savollarga to’liq javob beradigan, aniq va ravshan, har tomonlama puxta o’ylangan strategiya va harakat dasturiga ega bo’lishi zarurligini bugun hayotning o’zi taqazo etmoqda.

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling