Topshiriq. Quyidagi sanalar nimalarni eslatadi?


Download 64.75 Kb.
Sana28.05.2020
Hajmi64.75 Kb.
#111202
Bog'liq
8-seminar 1-2-3 topshiriq javobi Ravshanov Laziz


  1. Topshiriq. Quyidagi sanalar nimalarni eslatadi?



Davlatimiz rahbari I.A.Karimovning 2010 yilning 12 noyabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida jamiyatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning yangi strategik yo‘nalishlarini belgilab bergan Konsepsiya asoslab berildi. Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz taraqqiyotining endilikdagi keng istiqbollarini ochib berish uchun dasturul amal bo‘lib xizmat qiluvchi Konsepsiyasi, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi.”

1989-yil 23 iyun. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XIV plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo oblast partiya komitetining birinchi sekretari bo‘lib ishlab kelgan Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari va Byuro a’zosi etib saylandi.



1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi O‘zbеkiston Rеspublikasi Qonuni, 1993-yil 2-sеntabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinganligiga bu yil 27 yil to‘ldi. O‘tgan shu davrda ona tilimizning yanada sayqallanishi, badiiyligi, tarixiyligi va dunyo miqyosida ahamiyati hamda nufuzini oshirishga qaratilgan qator madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ijo, izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

1991-yil 18-noyabr — Oliy Kengashning „O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida“gi Qonunni kuchga kiritish haqidagi Qarori.



1991-yil 29-dekabr — Respublikaning mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Xalq o‘z taqdirini tanladi: O‘zbekiston — mustaqil va Prezidenti — Islom Karimov.

1992-yil 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi va o‘z qarori bilan shu kunni umumxalq bayrami deb eʼlon qildi

1997-yil 29 avgust — Toshkentda 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilind

1991-yil 31-avgust — O‘zbekiston SSR Oliy Soveti respublikaning davlat mustaqilligini eʼlon qildi va o‘z qarori bilan O‘zbekiston SSR nomini O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirdi hamda 1 sentabr kunini Mustaqillik bayrami maqomida taʼsis etdi.[1]



Oʻzbekiston SSR 1990-yilning 20-iyunida suverenitet eʼlon qildi. Ammo 1991-yilning 31-avgustida mustaqillik eʼlon qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi deb qayta nomlangunicha Sovet Ittifoqi tarkibida qoldi. Oʻzbekiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Ikkinchi topshiriqqa javoblar

8 sentyabr, 2016 yil - Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning muvaqqat prezidenti etib tayinlandi.

4 dekabr, 2016 yil - Oʻzbekistonda prezident saylovi "boʻlib oʻtdi". Saylov ilk bor Islom Karimovsiz oʻtgan.

5 dekabr, 2016 yil - Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. Markaziy Saylov Komissiyasining maʼlum qilishicha, yakshanba kungi saylovlarda Shavkat Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz bilan Oʻzbekiston Prezidenti etib saylangan.

2016-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-, 117-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunning 5- va 9-moddalariga muvofiq 2016-yil 4-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni, deb belgilangan edi.

Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

 Ushbu Qonun yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan.Qonun 4-ta bob, 33-ta moddadan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi yil arafasida – 2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida fan va ishlab chiqarish hamkorligini mustahkamlash, ta'lim tizimini rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyot taraqqiyotiga alohida e'tibor qaratilganini ta'kidladi.



2016-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24-yilligi munosabati bilan 7-dekabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat, san’at va sport namoyandalari, keng jamoatchilik, yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

2016 yil 4 dekabr kuni oʻtkazilgan saylov yakunlariga koʻra, Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boʻldi. Oradan oʻn kun oʻtib, yaʼni 14 dekabrda esa qasamyod qabul qildi
 

Uchinchi topshiriq javoblari

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish

Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni
ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy
tashqi siyosat

CHuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va
amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor
yo‘nalishlar

Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada
isloh qilish

Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish; YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish

Ijtimoiy sohani rivojlantirish

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash.

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish

Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish
va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy
Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning
rolini yanada kuchaytirish

Download 64.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling