Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


‘TURIZMDA STARATEGIK MARKETING’ FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI


Download 3.18 Mb.
bet5/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

1. ‘TURIZMDA STARATEGIK MARKETING’ FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Reja:

    1. Fanning maqsad va vazifalari.

    2. Xalqaro marketingning asosiy tushunchalari

    3. Turizm sohasida strategik marketingdan foydalanish

1.1. Fanning maqsad va vazifalari.
‘Turizmda strategik marketing’ fani bakalavrlarga turizm sohasida turistlik korxonaning xizmat ko’rsatish jarayonida bozorning shakllanishini, undagi turmahsulotlarga bulgan talab va taklifni uzgarishini, turizm daromadiga ta‘sir etuvchi omillarni, strategik marketing tadkikotlarining muximligi buyicha nazariy va amaliy bilimlarni o’rgatadi.
‘Turizmda strategik marketing’ fanining asosiy maqsadi turizm marketologlariga turistlarga xizmat kursatish va turmahsulotlarni sotish bilan boglik bulgan iktsodiy jarayonlarni va turizm bozorida baxo siyosati, marketing tadqiqotlari kabi masalalarni o’rgatishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar ko’rib chiqiladi:

  • xizmat ko’rsatish sohasidagi korxonalarning missiya va maqsadini tanlash;

  • turistlik korxonaning strategik marketingini aniqlashda SVOT-tahlil usulini qo’llash;

  • ‘Boston Consulting Group’ BKG kompaniyasi tayyorlagan ‘o’sish/ulush’ matritsasini strategik marketingda qo’llash;

  • strategik marketingni aniqlashda ‘General Electric’ kompaniyasi tamonidan yaratilgan ‘tarmoq jozibadorligi/raqobatdagi xolat’ matritsasining afzaligi;

  • turistlik firmaning innovatsion strategiyasi;

  • turizm korxonalarida moliyaviy – investitsion strategiyani shakllantirish;

  • tadbirkorlik strategiyasini rejalashtirish elementlari;

  • xizmat ko’rsatish soxasida bozorning shakllanishi, undagi turmahsulotlarga bulgan talab va taklifni uzgarishi;

1.2. Xalqaro marketingning asosiy tushunchalari
Kundalik hayotda ro’y berayotgan o’zgarishlar sur‘ati doimiy tarzda o’sib bormokda. Bugun kechadan, erta esa bugundan ancha farq qiladi. An‘anaviy biznes strategiyalarning samaradorligi ham pasayib bormoqda, shunday ekan yangi strategiyalarni ishlab chiqish talab qilinadi. Kelajakda ham muvaffaqiyatli ish yuritishni ko’zlagan firmalar quyidagi uchta holatga o’z e‘tiborlarini qaratishlari lozim bo’ladi:

  • barcha faoliyat turlari va har bir kishining hayotiga nisbatan global kuchlar ta‘sirining kuchayib borishi;

  • etakchi texnologiyalarning rivojlanishi;

  • iqtisodiyot sektorida boshqaruvdan voz kechish tendensiyasining saqlanib qolishi.

Bularning barchasi biznes kompaniyalarga yangi, cheklanmagan istiqbollarni ochib beradi. Marketing nima va ushbu muammolarga uni qanday daxli bor?
Birinchi navbatda marketing insoniy va ijtimoiy ehtiyojlarni aniqlash va qondirish imkonini beradi. Marketingning eng qisqa ta‟riflaridan biri quyidagicha: ‘Marketing – bu firmaga foyda keltirgan holda insonlar ehtiyojini qondirishdir’.
Marketing (inglizcha market bozor, savdo) – bu ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish va foyda olish maqsadida, tovarlarni bozorlarda sotish, talabni shakllantirish va tovarlar savdosini rag’batlantirish, ayriboshlashni rivojlantirish va tezlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan tovarlar, xizmatlar keng miqyosli faoliyat turidir. Umumiy ko’rinishda, marketing quyidagi turlarni o’z ichiga oladi:

  • tovarni yoki xizmatni ishlab chiqish (sotilayotgan tovar turini aniqlash va ularning tafsiflarini belgilash);

  • bozor taxlili (bozorlar taqsimoti, ustuvor bozorlarni ajratish, bozorni segmentlash);

  • narx strategiyasi va siyosati;

  • reklama;

Marketingning quyidagi turlari tavsifi xalqaro marketing maqsadlariga nisbatan mos keladi:

  • differensiatsiyalashgan, bozorning bir necha segmentidan foydalanib, ularning har biriga alohida taklif bilan chiqishga mo’ljallangan;

  • konversiyaviy, salbiy (manfiy) talabni yengib o’tish uchun sharoit yaratuvchi;

  • konsentratsiyalashgan, butun xatti -harakatlarni; muayyan alohida bozorga qaratuvchi;

  • ommaviy iste‘mol tovarlariga nisbatan qo’llaniladigan;

  • qarshilik qiluvchi, ayrim tovar va xizmatlarga bo’lgan noratsional va irratsional talab ta‘sirini chegaralashga qaratilgan;

  • rivojlantiruvchi, potensial talabni real talabga aylantirishga yo’naltirilgan; - strategik, firmaning ichki va tashqi imkoniyatlarini o’rganish va ulardan foydalanishga asoslangan;

  • maqsadli, bozorning aniq segmentiga yo’naltirilgan; - narx tovarga narx belgilashga asoslangan. Marketingning asosiy atamalari quyidagi tushunchalarni o’z ichiga oladi: zaruriyat, ehtiyoj, talab, tovar, ayriboshlash, bitim, bozor va h.k.


Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling