Udk: hasanov nodir hamroqulovich yer osti suvlari "korizlar" va ulardan foydalanish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/29
Sana05.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#207047
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
yer osti suvlari korizlar va ulardan foydalanish tarixi nurota tumani misolida

Qatlamlararo  (artezan)  suvlar.  Suv  o’tkazmaydigan  ikki  qatlam  orasiga 

joylashgan  suv  o’tkazadigan  qatlamda  suv  to’planishidan  qatlamlararo  yer  osti 

suvlari hosil bo’ladi. Bunday suvlar bosimsiz va bosimli bo’lishi mumkin. 

Qatlamlararo  bosimsiz  yer  osti  suvlari  yer  yuzasidan  ikkinchi,  uchinchi  suv 

o’tkazmaydigan  qatlamlar  orasidagi  qatlamlarda  joylashgan  bo’lib,  doimo  grunt 

suvlarining ostida uchraydi. Bu suvlar suv saqlovchi qatlamlarni to’ldira olmaydi, 

chunki  ular  past-baland  relyefli  tog’li  va  tog’  oldi  rayonlarida  uchraydi, daryo  va 

jarlik  o’zanida  buloq  tarzida  yer  yuzasiga  chiqib,  oqar  suvlarga  qo’shiladi. 

Qatlamlararo  bosimsiz  suvlarning  ta'minlanish  soxasi  suv  singuvchi  qatlamning 

yer  yuzasiga  chiqqan  qismiga  to’g’ri  keladi  va  tarqalish  maydoniga  mos 

tushmaydi. Bu suvlar oqimi grunt suvlari oqimiga o’xshash bo’ladi.  

Qatlamlararo  bosimli  yer  osti  suvlari,  odatda,  suv  o’tkazmaydigan  va  suv 

singiydigan qatlamlarning tektonik xarakatlari ta'sirida hosil bo’lgan sinklinal yoki 

monoklinal  strukturalarida  yuzaga  keladi.  Suv  singadigan  qatlamlar  tog’li 

rayonlarda  yer  yuzasiga  chiqib,  atmosfera  yog’inlaridan  tuyinadi  va  singiyotgan 

suv o’z og’irlik kuchi ta'sirida nishablik bo’yicha pastga qarab oqa boshlaydi. Suv 

qatlam g’ovakliklari va bo’shliqlarini to’ldirib, o’z xarakati davomida burmaning 

sinklinal qismidan antiklinaliga qarab ko’tarila boshlaydi.  Natijada  bosim  yuzaga  

keladi.  Suvli  qatlamning  yuqori  xam  pastki  tomonidan  qatlamlar  o’zidan  suvni 

o’tkazmaganligi sababli suv bosimi  vaqt o’tishi bilan  juda kuchayadi.  Agar suvli 

qatlam  burg’u  qudug’i  yordamida  ochilsa,  suv  satxi  quduq  bo’ylab  yuqoriga 

ko’tarila  boshlaydi,  shuning  uchun  xam  bosimli  suv  deb  ataladi.  Suv  satxi  esa 



pyezometrik satx deyiladi  

Pyezometrik  satx  balandligi  dengiz  yuzasi  yoki  nisbiy  olingan  gorizontal 

tekislikka nisbatan aniqlanadi. Kartada xar xil pyezometrik satxlarni birlashtiruvchi 

chiziq gidroizopyez deb ataladi. 

Bosim kuchi suv singuvchi qatlamning yer yuzasiga chiqan qismining mutloq 

balandligi  bilan  suv  ochilgan  joy  balandligining  farqi  orqali  topiladi.  Ayrim 

paytlarda  suvli  gorizontning  ochgan  quduqlardan  suv  yer  yuzasiga  fontan  bo’lib 

otilib  chiqadi.    Bosimli  suv  gorizontlari  suv  o’tkazmaydigan  qatlamlar  bilan 

bo’linib, qat-qat bo’lib joylashadi va yer osti suvlarining artezian xavzalarinihosil 

qiladi. Suv singadigan qatlamning yer yuzasiga chiqqan suv bilan ta'minlanadigan 




 

 

qismi suvli gorizontning tuyinish soxasideyiladi. Bosimli suvlarning yer yuzasiga 



chiqadigan joyi oqish soxasi yoki bo’shalish soxasi deyiladi. 


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling