Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya asoslari
Davolash usullarini tanlash va davolashdagi xatolar
Download 0.76 Mb.
|
Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya a
2. Davolash usullarini tanlash va davolashdagi xatolar
Bu diagnostik xatoliklarga qaraganda bir necha marta kam uchraydi. Ayrim hollarda ular noto’g’ri yoki kechikib tashxis qo'yilishi tufayli sodir bo'lishi mumkin. Biroq to’g’ri va o'z vaqtida tashxis qo'yilganida ham davolashda xatoliklar (masalan, davolash usuli noto’g’ri tanlanilganda, davolashni o'z vaqtida boshlanilmaganida, operativ muolaja usullari va hajmini noto’g’ri tanlanganda) uchrashi mumkin. Shunday hollar bo'ladiki, davolashning o'z vaqtida boshlanmasligi va to’g’ri tanlanishida ham xirurgik operatsiyaning texnikasida ba'zan xatoliklarga yo'l qo'yilishi mumkin. Davolash usullarini tanlash va amalga oshirishdagi xatoliklarga misollar keltiramiz. 63 yoshli erkak 8 soat ichida siydigi o'tkir to'xtalishi va siydigida ko'p qon bo'lishi tufayli urologik statsionarga olib kelinadi. Bu davrda bemorning ahvoli qoniqarli bo'lib, qon bosimi 120/80mm simob ustuniga tengligi aniqlaniladi. Tezlikda tsistoskopiya qilinganida siydik pufagi devorining orqa qismida 3x4 smli qon ketuvchi o'sma borligi aniqlaniladi. Shunga asoslanib siydik pufaginig orqa devori rakidan qon ketish belgisi tashxisi qo'yiladi. Biroq operatsiya paytida bu jarayon topilmagan. Operatsiyadan keyingi davrda tarqalgan infeksiyali pielonefrit bilan asoratlanish tufayli o'lim kuzatilgan. Noto’g’ri davolanganligi to’g’risida qarindoshlarining shikoyati bo'yicha sud tibbiyoti ekspertizasi o'tkazilgan. Ekspertiza komissiyasining hulosasida siydik pufagining raki noto’g’ri qo'yilganligi, bu bemorni to’lig’icha tekshirilmaganligi bilan bog’langanligiga asoslanilgan. Birgina tsistoskopiya va tsistografiya usullari to’lig’icha bir-biriga to’g’ri kelmaydi, chunki bunday kasallikning diagnostikasi uchun bu yetarli emas. Aftidan, siydik pufagining shilliq pardasiga yopishuvchi qon bo'lishi, o'smani eslatishi mumkindir. Noto’g’ri tanlash natijasida operatsiya qilinganligi, ammo bunga bemorning ehtiyoji yo'qligi ma'lum bo'ladi. Boshqa holatda 24 yoshli ayolda tibbiy abort paytida bachadon devorining teshilishidan gemotoma natijasida bachadonning peremetriya qavatida yiringlanish bilan asoratlanganligi ko'zga tashlanadi. Shuning uchun ham bachadonni qin yuqorisidan amputatsiya operatsiyasi qilinib, yallig’langan o'ng Follopiev nayi bilan birgalikda olib tashlanadi va qorin bo'shlig’iga naycha qo'yiladi. Ayol kishi 1,5 oydan keyin sepsisdan o'ladi. Yuqoridagi holatni ekspert komissiyasi tahlili natijalari ushbu operatsiyani ayolda to’liq hajmda o'tkazilmaganligini tasdiqlaydi. Perimetriyada yiringlovchi gematomaning bo'lishligi anchagina muhim operatsiyani qilinishi va keyinchalik faqat qorin bo'shlig’inigina emas, balki perimetriya qavatini drenaj qilinishiga ham sababchi bo'ladi. Bu o'z navbatida yallig’langan perimetriyadan yiringni oqib chiqishi va imkoni boricha, infeksiyani tarqalishini oldini olishga imkoniyat yaratadi. Uchinchi holatda xirurgiya klinikasiga M. ismli 28 yoshli fuqaro juda og’ir holatda tananing chap yonbosh qismida sanchib-kesilgan yaralanish bilan olib kelinadi. Bemorning qon bosimi umuman aniqlanilmaydi, ko'z qorachig’i yorug’likka reaksiya bermaganligi ma'lum bo'ladi. Tez oqadigan qon quyilish natijasida o'tkaziladigan reanimatsiya muolajalaridan keyin yarani sinchiklab ko'rilganida yelka nervi jarohatlanganligi ko'zga tashlanib, qo'ltiq ostida operatsiya qilinganligi nervi tikilib, qon tomiriga chok qo'yilganligi ko'zga tashlanadi. Operatsiyadan keyin bemorni ahvoli og’irlashib, aktiv reanimatsiya tadbirlariga qaramasdan 9 soatdan keyin o'lim sodir bo'ladi. Murdani sud tibbiyoti usulida tekshirishda xirurglar tomonidan yo'l qo'yilgan texnik xato aniqlaniladi. Bunda qo'ltiq osti arteriyasining periferik qismini jarohatlangan yelka venasining markaziy qismi bilan birgalikda tikib qo'yilganligi ma'lum bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki, yarani taftish qilishda tashxis to’liqicha qo'yilmagan. Bunda arteriyani kesilganligi aniqlanilgan bo'lsa ham venaning jarohatlanishiga ahamiyat berilmagan. Aniq tashxis qo'yilmaganligining og’ir oqibati tufayli vrach texnik xatoliklarga yul qo'ygan. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling