Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya asoslari


Download 0.76 Mb.
bet1/25
Sana07.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1244953
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya a


D.R.Qo'ldoshev, I.I.Baxriev

UMUMIY AMALIYOT SHIFOKORINI TAYYORLASHDA HUQUQ
VA DEONTOLOGIYA ASOSLARI


Toshkent - 2014
O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI


OLIY VA O'RTA MAHSUS TA'LIM VAZIRLIGI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


TOSHKЕNT TIBBIYOT AKADEMIYASI
D.R.Qo'ldoshev, I.I.Baxriev
UMUMIY AMALIYOT SHIFOKORINI TAYYORLASHDA
HUQUQ VA DЕONTOLOGIYA ASOSLARI
(tibbiyot institutlari talabalari uchun o'quv qo'llanma)


Toshkent - 2014
UDK 614.253.8 (D 11)
616.3 (075)
G.38

Qo'ldoshev D.R., Baxriev I.I.


Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya asoslari


KBK 51.1 (2)


51.1 (5u)

Taqrizchilar:


1. Тошкент Тиббиёт Академияси УАШ ички касалликлар ва эндокринология кафедраси мудири, профессор А.А.Хамраев


2. М.Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети “Ҳуқуқий фанлар” кафедраси мудири, доцент Р.Т.Ҳақбердиева


Tibbiyot hodimlari kasb huquqbuzarligi holatida hamda aholiga tibbiy hizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, huquq normalariga aniq rioya qilishda huquq va deontologiya asoslarini bilish barcha mutahassislikdagi vrachlar uchun muhim omillardan biri hisoblanadi.


Ushbu o’quv qo’llanma tibbiyot institutlari talabalari hamda davolash-profilaktika muassasalariga yaqindagina borgan yosh vrachlar uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning amaliyot faoliyatida muhum dastur sifatida yordam beradi. Shuningdek yuristlar, kasalxonalar, poliklinikalar va boshqa tibbiyot korxonalariga murojaat qiluvchi keng jamoatchilik uchun ham o'z huquq va deontologiya masalalarini bilishlari hamda unga amal qilishlarida yaqindan yordamlashadi.
KIRISH
Bo'lajak vrachni tayyorlash va tarbiyalash hozirgi zamon yoshlarini tarbiyalashning muhim organik tarkibiy qismi bo'lib, bunda huquqiy va deontologik qoidalarga amal qilish talab etiladi. Bu o'z navbatida vrachlarning barcha kasbiy faoliyati moral - etik normalar va ma'lum qoidalarga asoslanishi bilan ajralib turadi.
Mustaqil O'zbekistonda demokratik davlat va huquqiy jamiyatning shakllanishi, sog’liqni saqlash sohasidagi islohotlar tibbiyot hodimlari oldiga alohida talablar qo'ymoqda. Hususan, tibbiyot faoliyatining huquqiy me'yorlari, fuqarolarning sog’lig’ini saqlash sohasidagi huquq va qonuniy manfaatlarni himoya qilish muammolari muhim siyosiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Bunda tibbiy faoliyatni huquqiy belgilari, fuqarolarning sog’liqni saqlash sohasidagi manfaatlari va huquqlarini himoya qilish masalasi alohida siyosiy va sotsial o'rinni egallaydi.
Vrach va boshqa tibbiyot hodimlarining noto’g’ri harakatlari faqatgina ma'muriy tanbeh, jamoa e'tirozi uchungina emas, balki ularni huquqiy javobgarlikka tortilishiga ham asos bo'lishi mumkin.
Vrachlarning huquqiy tayyorgarligi yo'qligi yoki talab darajasida bo'lmasligi fuqarolar sog’ligini saqlashga ziyon keltirib, ushbu sohadagi qonunchilikni ta'minlashga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu esa o'z navbatida vrachlar faoliyatiga nisbatan ko’proq e'tiroz va shikoyatlarning vujudga kelishi, ba'zan ularni jinoiy javobgarlikka tortilishi kabi nohush hodisalarning sababchisi hisoblanadi.
Talabalar va yosh vrachlar uchun mo'ljallangan ushbu o’quv qo’llanma jamiyatning sotsial tuzilishida muhim huquqiy va deontologik ahamiyatga egaligi uchun ham tibbiyotning qo’llanmada keltirilgan barcha sohalari bilan ishlaydigan vrachlarga amaliy dastur sifatida baholanadi. Shuningdek bo'lajak vrachlar va boshqa tibbiyot hodimlarining huquqiy va deontologik asoslari to’g’risidagi ma'lumotlar bilan yaqindan tanishishi ularning ushbu soha bo'yicha to'liq va aniq bilimga ega bo'lishlarida yaqindan yordamlashadi.
Tibbiyot hodimlarining kasbiy huquqbuzarligi to’g’risidagi masalalar bilan shug’ullanuvchi malakali ekspertlar va yuristlar ushbu qo’llanma orqali o'zlariga kerakli ma'lumotlar bilan yetarlicha tanishishlari mumkin. Bundan tashqari, qo’llanma bilan yaqindan tanishishni hoxlagan o'quvchiga ularning amaliy faoliyatida huquqiy va deontologik bilimlar asosida to'lig’icha hulosaga ega bo'lish imkoniyatini yaratadi.
Mazkur qo’llanma ushbu soha bo'yicha amaldagi tasdiqlangan namunaviy dasturga mos tarzda yozilgan bo'lib, unda tibbiy faoliyatning turli huquqiy va deontologik jihatlariga doir masalalar keng yoritilganligi sababli o'zining dolzarbligi bilan ham bu sohaga qiziquvchilarni o'ziga jalb qiladi va ularning bu sohadagi bilimlarini shakllanishida asosiy dasturlardan biri bo'lib keng o'quvchilar, ayniqsa turli kasbdagi tibbiyot hodimlari uchun muhim qo’llanma sifatida baholanadi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling