Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya asoslari
Download 0.76 Mb.
|
Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya a
- Bu sahifa navigatsiya:
- ΙΙΙ BOB. ETIKA VA TIBBIYOT ESTЕTIKASI MUAMMOLARI
Nazorat savollari:
1. Qaysi hollarda tibbiyot taraqqiyoti tibbiyot faoliyatini moral-etik va huquqiy boshqarishni qiyinlashtiradi? 2. Tibbiyot hodimlari faoliyatini moral-etik va huquqiy boshqarishning o'zaro bog’liqligini ko'rsating. 3. Ayrim vrachlarning qanaqa axloqiy past hulqi o'z kasbiy burchiga sidqidildan yondashmasligidan darak beradi? 4. Vrachlar, bemorlar va ularning qarindoshlari orasidagi nizolar qanday oqibatlarning sababchisi hisoblanadi? 5. Tibbiyot amaliyotida bemorlarning diagnostikasi va davolashiga standart yondashish mumkinmi? 6. Intensiv tibbiyot taraqqiyoti sharoitida tibbiy faoliyatni huquqiy boshqarish muammosiga jamiyatning qiziqishini ayting. 7. Qaysi hollarda tibbiyot fani nuqtai nazaridan alohida shaxsning huquqi aholi manfaatlariga zid bo'lmagan holda hisobga olinishi zarur? 8. Inson shaxsini o'zgartiruvchi ayrim ratsional davolash usullarini huquqiy boshqarish deganda nimani tushunasiz? 9. Alkogol, narkotik va psihotrop moddalarni iste'mol qilishda aholi sog’ligini saqlashni moral-etik va huquqiy boshqarish normalarini ko'rsating. 10. Qaysi hollarda tibbiyot fani yutuqlarini huquqiy boshqarish shaxsni huquqini buzilishini ogohlantirishda vrachlar ayblashini oldini oladi? 11. Moral-etik va huquqiy normalarining orqada qolishi davolash effektining yetarli emasligi to’g’risidagi shikoyatlar sababchisi bo'lishi mumkinmi? 12. Hatto yuqori malakali mutahassislar yordam ko'rsatganlarida ham davolashning nohush oqibatini tibbiy baholashda qanaqa qiyinchiliklar tug’iladi? ΙΙΙ BOB. ETIKA VA TIBBIYOT ESTЕTIKASI MUAMMOLARI Tibbiyot etikasi va deontologiya muammolari san'at hamda estetik tarbiyalash bilan bog’liq bo'lib, uning sotsial ahamiyati kengdir. San'at bilan yaqinlashish, ayniqsa badiiy ijodkorlik sohasida ishlash vrach shaxsini aqlan rivojlanishida muhim o'rin egallaydi. San'at, ijtimoiy buyurtmani bajarishda shaxsning sezgi va emotsional hamda intellektual-fikrlash qobiliyatining birligini shakllantiradi. San'at vrachning ijodiy qobiliyatini shakllantiribgina qolmasdan, balki sifatiy hususiyatlariga ham ta'sir qilib, ularning go'zallik qonuniyatlari faoliyatini qo'zg’atadi. Haqiqiy vrach o'zining kasbiy faoliyati bilangina chegaralanib qolmasdan, balki mehnatsevarlik hususiyatiga ham ega bo'lishi kerak. Vrach shaxsini axloqiy-estetik tarbiyalash uning ijtimoiy qobiliyatini boyitish, jamiyatdagi burchiga sotsial munosabati vrachlar etikasi va deontologiya qoidalari va normalarini bajarish hamda qabul qilishda yordamlashadi. Bunday tarbiyalash uyg’unlashgan holda bo'lishi tibbiyot hodimlarining vrach shaxsini tasdiqlovchi aktiv hayotiy o'rnini belgilash hamda insonning jamiyatdagi eng muhim fizik va ruhiy jihatidan sog’lom bo'lib yetishuvida o'z samarasini beradi. Hozirgi ilmiy-texnik rivojlanish sharoitida tibbiyot hodimining kasbiy faoliyatida moral-estetik yo'nalishning o'rni oshmoqda. Bularning hammasi vrachlarning estetik dunyosiga alohida ahamiyat berilishi muhim ahamiyatga egadir. Tibbiyotda va san'atda ham insonning dunyoqarashini har xil murakkab sotsial-psixologik kechirmalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Jamiyatning spetsifik o'chog’i sifatida sog’liqni saqlash tushunchasi olimlar va amaliyot hodimlarining sotsial nuqtai nazaridan o'zaro tibbiy va gigienik bog’liqlik bo'lib, bu bog’liqlik axloq va san'at, shuningdek ijtimoiy fikrlash bilan to'g’ridan to'g’ri xarakterlanadi. Bunday masalalar tibbiyotning etik va estetikaga xos o'zaro bog’liqligi bilan baholanadi. Tibbiyot estetikasi predmeti san'atning psixofiziologik o'rnini belgilaydi. San'atning hayajonlantiruvchi holatda tasvirlanishi inson hayotining ichki turtkisi bo'lib, sog’liqni saqlash nuqtai nazaridan inson madaniyatining ayrim qirralari ijtimoiy manfaatlarga biriktirilgan bo'ladi. Bu qayg’urish sezgisi, rohatlanish - rohatlanmaslik bilan bog’liq bo'lib, hayotning erkin, darajalanmagan psixofiziologik asosi hisoblanadi. Tibbiy-estetik bilimlar shakllanishining muhim prinsipi inson hayotiga aniq yondashishdir. Har bir shaxs muhim tajriba amaliyoti tarixi, dunyoqarashi va hayajonlanish hususiyatlariga egadir. Insonlarga quyidagicha individual va psixostatik hususiyatlar xos: oliy nerv faoliyatining har xil tiplari, mahsus fikrlash va sezish faoliyati. Bunday mahsus va tabiiy xossalar insonni estetik holatlarni aniq tasavvur qilishlariga o'z ta'sirini ko'rsatib normal hayotiy faoliyat aktivligini oshirishda o'z samarasini beradi. Sog’lom shaxs sifatidagi insonni qamrab oluvchi estetik muhit bu faqatgina tabiiy hodisalar bo'lmasdan, balki insonlar maqsadiy faoliyatining mahsuli sifatida yaratilgan me'morlik ansambli texnik ob'yektlari hisoblanadi. Estetik muhit shakliy tuzilishi individga chuqur psixofiziologik ta'sir ko'rsatib, uning sotsial hulqi, muomala shakllari, jamoadagi moral-psixologik iqlim, ya'ni etik va deontologik jarayonlar kiradi. Tibbiyot estetikasi sog’liqni saqlashda nazariy va amaliy yo'l ko'rsatishda, agar tabiiy va sotsial-texnik sharoitlarni o'rganish vazifasi chegaralangan bo'lsa, o'z vazifasini bajaraolmasligi mumkin. Insonlarni tibbiy psixologiyasi, texnik ekspertizasi va ekologiya bilan bog’liq holatda tibbiyot estetikasi sog’liqni saqlash sohasidagi vazifalarni bajarishda ijtimoiy estetik ideallarga tayanadi. Boshqacha aytganda estetikani o'rganishda kasalliklarni davolash va oldini olishda ishlab chiqarish va u bilan bog’liq bo'lmagan hollarda sotsial hulq va muomala masalalariga muhim faktor sifatida ahamiyat beriladi. Fuqarolarni sog’lig’ini mustahkamlashda kasalxona va poliklinika sharoitida ishlaydigan hodimlarning estetik axloqi alohida o'rin egallaydi. Shuning uchun ham vrach shaxsini estetik tarbiyalashda uning ichki va tashqi sifatiy belgilari muhim ahamiyat kasb etadi. Ob'ektlar yoki har xil holatlar bilan mustahkam erkin bog’liqligi, estetik munosabatlar vrachlarning intuitiv izlanishlari, hususan murakkab klinik va psixologik holatlar, stereotip fikrlash, tibbiyotda murakkab hamda kutilmagan voqealar haqida alohida qarorlar qabul qilishida o'z samarasini beradi. Inson tabiatining normal va patologik holatlardagi o'rnini muhim shakllar sifatidagi tibbiyot estetikasidagi ahamiyatini bo'rttirib ko'rsatish mumkin emas. Tibbiyot estetikasi boshqa fanlar orasida inson sog’lig’ini saqlashni mustahkamlashda muhim o'rin egallaydi. Tibbiyotda haqgo'ylik va chiroylilik haqiqatning asosini tashkil qiladi. Go'zallik - bu sog’liqni saqlash muammolarini hal qilishdagi asosiy muammo bo'lmasdan, balki qo'shimcha vosita hisoblanadi. Tibbiyot estetikasi predmetini ta'riflashda insonning hayotiy faoliyatidagi estetik holatlarning psixoemotsional ko'rinishlari ko'zga tashlanadi. Tibbiy - estetik holatni 3 ta asosiy shaklga bo'lish mumkin: insonlar tomonidan yaratilgan atrof muhitdagi mavjud har xil omillar va holatlar, vrachlar faoliyati, “bezaklilik qonuniyatlari” to’g’risidagi mehnati, tibbiyot hodimlarining ichki va tashqi estetik madaniyati, san'at asarlari (musiqa, adabiyotlar, rassomlik va b.q.lar) insonlarga o'z ta'sirini ko'rsatib, ularga loyiq psixo-fiziologik taassurotlar qoldiradi va bu soha bo'yicha bilimlar insonlar hayotiy faoliyatining boshqa sohalariga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Ob'yektiv va sub'yektiv ma'lumotlarga asoslanib, sog’lom va bemor odamlarning psixofiziologik holatiga ta'sir qiluvchi estetik qarashlarni aniqlovchi amaliy bilimlarni sotsial muhit va atrofimizni o'rab olgan tabiiy muhitning go'zalligini hisobga olib bemorlarni davolash va kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlarini belgilash usullarini ishlab chiqishda san'atning roli kattadir. Tibbiyot estetikasi yoqimli qo'zg’alish va hursandchilik hissiyotlari ruhiy holatlar, tushkunlik va tinchlanish hamda uzoq muddatli ma'naviy barqarorlikni ta'minlash prinsiplarini o'zida mujassamlantiradi. Shuningdek insonlarning ishlab chiqarish va u bilan bog’liq bo'lmagan kundalik hayotiy jarayonida sog’liqni saqlash sohasidagi sotsial vazifalarni bajarishga qaratilgan vrach faoliyatidagi yorqin qirralarni har tomonlama yoritish ham tibbiyot estetikasi sohasiga kiradi. Tibbiyot estetikasi 2 muhim muammoni ko'rib chiqilishini taqozo qiladi: 1) normal va patologik sharoitda insonga ta'sir qiluvchi musbat va manfiy taassurotlarni chaqiruvchi estetik shakl sifati; 2) estetika talablariga muvofiq sog’liqni saqlashning barcha sistemalarini tashkil qilishning umumiy prinsiplarini aniqlash. Tabiiy muhitni estetik-gigienik va davolovchi hodisalar ekologiya, tibbiyot va estetika birligini ta'minlabgina qolmasdan, balki insonning tibbiy-estetik dunyoqarashiga har tomonlama yondashish zarurligini taqozo qiladi. Demak, inson sog’lig’iga estetik taassurotning tabiiy darajasi doimo oxir oqibatda sotsial vazifani belgilaydi. Biroq bunday holatlarni ko'pgina tibbiyot hodimlari, psihologlar hisobga olmaganlar. Shuning uchun ham inson ijtimoiy munosabatlarni o'rganish orqali uni qamrab olgan tabiiy va sotsial muhitdagi narsalarning shakli, simmetriyasi, sotsial va patofiziologik muhit talablari o'zgarishini anglab boradi. Tibbiyot estetikasi inson faoliyatining aktiv ko'rinishi bo'lib, atrof muhitga yangicha ahamiyat kasb etib sog’lom hayotning psixofiziologik talablariga optimal holda to'g’ri keladi. Bunday faoliyatning hajmi va yo'nalishi inson dunyoqarashini atrof muhit hamda shaxsiy munosabatlari darajasini aniqlabgina qolmasdan, balki uning jamiyatdagi o'rnini ham belgilaydi. Tabiiyki, bu tibbiyot estetikasining boshqa fanlar, jumladan, fizika, matematika, biologiya, fiziologiya, psixologiya, gigiena, sotsiologiya yutuqlariga murojaat qilishlikni talab qiladi. Insonning madaniy qobiliyatini gormonik tarzda rivojlanishida estetik holatlarni texnik, hayotiy va kasalxona muhitlarini tashkil qilishda muhim sog’liqni saqlashdagi gumanistik ahamiyati kattadir. Sog’liqni saqlashning dizaynerlik faoliyatidagi asosiy vazifa sog’lom va bemor odamni atrof muhiti sharoitlari uning qobiliyatini maksimal ta'minlab turuvchi kasalliklarni oldini olish va muvaffaqiyatli davolashni ta'minlovchi ichki faktorlar bo'lishlikdan iboratdir. Bemorlar kasalligini davolash masalasi kasalxonalarni qurilishi va jihozlashda, yetarli instrumentlar bilan ta'minlash, palatalarni estetik didga asoslab bo'yash va boshqalar o'ziga xos hususiyatga ega bo'lishi kerak. Insonga xos estetik shakllar ularga har tomonlama kayfiyat bag’ishlaydi, g’ayrat-e'tiborini oshiradi hamda muhim emotsional qobiliyatini mustahkamlaydi. Tibbiyot muassasalari uchun rassom-konstruktorlar tomonidan yaratilgan asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqilishi muhim ahamiyatga egadir. Bunday yangi tibbiyot jihozlariga har xil mutaxasisliklar uchun estetik talablarga javob beradigan stendlar kiradi. Har xil ranglar nerv markazlarining qo'zg’olish jarayonlariga ijobiy ta'sir qilib, organizmda fiziologik holatlar ritmini boshqarishda yyetakchi vosita hisoblanadi. Insonni qamrab turuvchi atrof-muhit tibbiyot estetikasiga xos faqatgina tirik va o'lik tabiat ob'yekti bo'libgina qolmasdan, balki insonlar uchun yaratilgan narsalarning ko'zga tashlanishidir. Odatda sog’lom inson sotsial-axloqiy-estetik va psixologik tassurotlar tufayli shakllanadi. Shuning uchun ham insonlar hulqi va muomalasining shakllari, bir-biri bilan bog’liqligi, ijtimoiy moslashuvi individ hayotiy jarayonining muhiti hisoblanadi. Bunday hollarda muhitning tibbiy estetik hususiyati insonlarning bir-biriga nisbatan o'zaro aloqasining ko'rinishi, birgalikdagi hayotiy faoliyatining usullari, amaliyot va fikrlashdagi shakllari (kundalik hayotda o'zini qanday tutishi, jamoadagi axloqiy-estetik baholanishi, qanday yo'l bilan tajriba almashishi), ya'ni ular hayot tarzining ko'rinishi sifatida namoyon bo'ladi. Yuqorida keltirilganlarning barchasi amaliy san'at va arxitekturaning shaxs estetik kayfiyatini to'g’ridan to'g’ri shakllantirishda sog’lomlashtiruvchi ta'sir ko'rsatishini alohida ta'kidlash zarurdir. Har bir vrachga hayotiy jarayonida bemorga tashxis qo'yish, davolash usullarini tanlash, bemorni sog’lig’ini tiklash masalalari bilan shug’ullanishga to'g’ri keladi. Shuning uchun ham u qaysi texnik vositalari va davolash usullaridan foydalanish to'g’risida o'zining sezgi organlari qobiliyatini har tomonlama ishlatib, organizmdagi patologik buzilishni oldini olishga harakat qilishi zarur. Organizm hayotiy jarayonida norma va patologiyada kuzatiladigan hodisalarni ko'rish va sezgi organlari orqali qabul qilishliksiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuning uchun ham kuzatish madaniyati so'z muomala madaniyatidan hech bir farqlanmaydi. Insonlar hayotda ilmiy texnika jadallashuvi jarayonida har xil modellar, simvollarga ko'pincha duch kelib, bir vaqtning o'zida tirik real haqiqatga nisbatan to'g’ridan to'g’ri aloqasini uzadi. Bunday moyillik tibbiyotda texnik asbob-uskunalarning har tomonlama o'sishi tufayli ko'zga tashlanadi. Bunday hollarda vrach texnikaning rivojlanish asrida produktiv moral-estetik faoliyat uchun tayyorlanmagan bo'ladi. Shuning uchun ham vazifa vrachni yangi sharoitda tirik mavjudotlar to’g’risidagi idroki, o'rganishi, to’g’ridan to’g’ri va teskari tasvirlash, nusxasini originalga nisbatan solishtirish kabi qobiliyatini shakllantirish muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi davrda tibbiyot faoliyatida ko'pgina mutaxasisliklar borki, masalan, elektron mikroskopiya, rentgendiagnostika sohasi mutaxasisliklari o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bunday sohalarning murakkabligi chalkash va noaniq belgilar, simptomlarni aniqlash, kasallikning tashqi ko'rinishi aniq va yorqin tasvirlashda ko'rish muolajasi ob’yekti bo'lishi mumkin. Har tomonlama va xatosiz ko'rish uchun faqatgina ko'rishning o'zigina emas, balki ko'rish orqali tasavvur qilish ham katta san'atdir. Vrach huddi san'atkor sifatida yorug’lik va ranglarni bir biridan ajratuvchi, umumiy fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, estetikasi rivojlangan kuzatuvchi bo'lishi kerak. Estetik va ko'rish qobiliyati vrachning kasbiy tajribasi orqaligina berilib qolmasdan, balki tasvirlar hamda san'atshunoslik faoliyatini produktiv idroki tufayli ham ko'zga tashlanadi. Shunday qilib, mubolag’asiz aytish mumkinki, huddi san'atshunos singari vrach uchun ko'rish, sezish hususiyatlarini o'rganish zarurdir. Bunday hollarda tabiiyki, san'at sirlarini o'zlashtirishda vrach o'z faoliyatida tibbiyot fanining o'ziga xos hususiyatlarini hisobga olishga to’g’ri keladi. Bu o'z navbatida kasallikning aniq maqsadini bilishda muhim vosita bo'lib, vrachning kasbiy mahoratini shakllanishida alohida o'rin egallaydi hamda vrachlar uchun faqatgina estetik ahamiyatga ega bo'libgina qolmasdan, balki axloqiy tarbiya vositasi ham hisoblanadi. Estetik va etik masalalar tibbiyotda ajralgan holda uchramaydi. Ular bir-biri bilan organik ravishda chambarchas bog’langandir. Agar, bir tomondan, san'at vrachni tarbiyalabgina qolmasdan, balki o'z vazifasini astoydil bajarishga yo'llasa, ikkinchidan, umumiy gumanistik qoidalar va vrachlarning etikasi tibbiyot hodimlari estetik ideallariga to’g’ri keluvchi faoliyatining garmonik ravishda shakllanishida o'z aksini topadi. Ko'rish retseptorlaridan tashqari tovush-eshitish signal sistemasi ham muhim ahamiyatga egadir. Tovush sistemasi insonni hursandchilikka chorlab, uning qalbiga tinchlantiruvchi, qo'rquv, tashvish, qoninish hissiyotini bag’ishlovchi vosita hisoblanadi. Eshitish retseptorlarining ta'sirlanishi natijasida nafas olish sistemasi hamda yurak faoliyatining ritmi va chuqurligi qonuniyatlari, qon bosimi va modda almashinuv jarayonlarining o'zgarishi ko'zga tashlanadi. Bunday fiziologik reaksiyalarni o'rganish natijalarida tovush organizmga kompleks ta'sir qilib, bunday taassurotlar faqatgina eshituv organlari bilangina emas, balki teri, nafas olish organlari hamda yurak orqali ham seziladi. Shulardan ko'rinib turibdiki, odam sog’lig’i uchun “eshituv sistemasi” inson hayotiy faoliyatida muhim normal yoki jarohatlovchi vosita sifatidagi vazifani bajaradi. Har bir tovush talaffuzi aniq vazifaga yo'llanilgan bo'lib, eshituv suhbatida bir-birini to'lg’azib turadi va yaxshi tasavvurga ega bo'lishni ta'minlaydi. Bunday tovush eshitilishi inson hayotiy jarayoni davomida o'ziga xos jadallashtiruvchi psixosomatik ko'rsatkich sifatida baholanadi. Odam organizmining funksional holatiga tovush taassurotlarining salbiy ta'siri tibbiyot hodimlari oldiga ishlab chiqarish muassasalarida optimal “Tovush muhitini yaratish” vazifasini qo’yadi. Bunda albatta tibbiyot hodimlari va bemorlarni manfaatlari ham hisobga olingan bo'lishi zarur. Insonning hayotida tovush foni va uning roli normal va patologik sharoitda muhim davolash hamda profilaktika ishlarini olib borishda tabiiy tovush taassurotlarining inson sog’lig’ini mustahkamlashdagi ahamiyatini hisobga olishda sog’liqni saqlash amaliyotiga tadbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Tibbiyotda tovushning qo'zg’atuvchanlik muammosini o'rganish chuqur tabiiy va ilmiy izlanishlar o'tkazishni talab qilinadi. Bunda tibbiyot xodimi axloqiy estetik madaniyatining shakllanishi masalasi alohida o'rin egallaydi. So'zida va ovozida insonning qiyofasi, madaniyati huddi oynada ko'ringandek namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham vrach uchun nima gapirayotgani, qanday gapirganini doimo kuzatib turishi zarurligi muhimdir. So'zni talaffuzida sezgi va fikrlarni yuksak mahorat bilan bayon qilishda nutq ohangining o'rni katta ahamiyatga egaligini doimo esdan chiqarmasligimiz zarurdir. Vrach tomonidan nutq ohangisiz past ovozda aytilgan so'z ko'pincha bemorlarning vrachga nisbatan hurmatini yo'qotib, u yoki bu davolash usullarini o'tkazishda anchagina qiyinchiliklarni tug’diradi. Ba'zan to'lqinlanib, hayajonlanib gapirish, ba'zan bemalol va bir maromda gapirilgan so'z tovushi har xil sezgi hissini chaqirib, tilni estetik o'zlashtirilganligidan darak beradi va bu vrach uchun yuksak psixoterapevtik hususiyat hisoblanadi. Shuning uchun ham bemorga jo'shqin ta'sir ko'rsatish davolash profilaktikasida muhim ahamiyatga egadir. Tibbiyotda e'tiborlilik va qat'iyatlilikdan tashqari sezgi organlarining maksimal bir joyga qaratilganligi, vrachlar etikasi va estetikasini tibbiyot psixologiyasi prinsiplari asosida emotsional idrokining rivojlanish masalasi ham yetakchi o'rin egallaydi. Vrach bilan bemorning o'zaro aloqasida sog’liqni saqlash sohasida vrachlarda yuksak “moral-etik” ideallarni shakllanishida emotsional idroki va zehnliligini tarbiyalashni gumanizm holatisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Sezish madaniyati, birgalikda qayg’urish, o'z burchiga sadoqatlilik hususiyatlari vrachlik kasbining moral-etik asosini tashkil etadi. Vrach shaxsining estatik rivojlanish jarayoni mehnat faoliyati asosida shakllanib, hamkasblari bilan o'zaro munosabatida, o'z-o'zini anglash va atrof-muhit haqidagi tasavvurida o'z aksini topadi. Vrachlarning moral-etik shakllanish shartlari va asosiy faktorlari, bizning qarashimizcha, quyidagilar hisoblanadi: 1) bemorlarni davolash va kasallikni oldini olishda o'z kasbiy burchini bajarish jarayonida tibbiyot kollektivida vrachlarni moral-etik tarbiyalash masalasi; 2) vrachlik shaxsiga etik va estetik nuqtai nazaridan san'at asarlarini estetik hamda gumanistik ta'siri; 3) etiko-estetikaning nazariy asoslari, har xil san'at va etik ta'limotlarning tarixiy va nazariy asoslari bilan tanishish, ularni vrachlik faoliyatida amaliyotga aniq ijtimoiy talablarni hisobga olgan holda tadbiq etilishi. San'atning tibbiyotga muvaffaqiyatli joriy etilishi faqatgina vrachlargagina bog’liq bo'lmay, balki bemorlarning madaniy saviyasiga ham aloqadordir. Shuning uchun ham san'at ayrim odamlarga yoqimli, ijobiy ta'sir qilsa, boshqalarga esa buning ta'siri umuman sezilmaydi. Shuning uchun ham ayrim bemorlar san'at asarlari haqida yuksak tasavvurga ega bo'lgan bo'lsalar, boshqalari esa palatalarni bezashda qo'llanilgan san'at asarlariga umuman e'tibor bermaydilar, san'atkorlik ijodini baholay olmaydilar. Davolash profilaktika muassasalari faoliyatida san'atning barcha turlari ichida musiqa asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun ham hozirgi kungacha bu sohada nazariy va amaliy jihatidan kuchli izlanish ishlari olib borilmoqda. Hozirgi davrda musiqa bilan davolash ortopediya va stomatologiyada, ishlab chiqarishda charchoqni oldini olishda, psixoterapiya va neyropsixologiya sohasida keng qo’llanilmoqda. Odam organizmi va nerv sistemasiga san'at turlaridan biri bo'lgan musiqaning ta'sirini o'rganish tibbiyot hodimlari faoliyatida davolash maydoni va profilaktika ishlarini kengayishida o'z samarasini beradi. Kasalxonalarning jarrohlik bo'limlarida musiqa bemorlarni operatsiyaga tayyorlash va operatsiyadan keyingi davrda keng qo'llaniladi. Uning ahamiyatini davolash fizkulturasi seanslari effektivligini bemorlarni hayotiy aktivligi va kayfiyatini ko'tarilish holatlarida kuzatish mumkin. Shuning uchun ham davolash fizkulturasi sohasidagi mutaxasis o'ziga xos ohangdagi musiqani tanlashni o'z oldiga vazifa qilib qo’yadi. Bunda musiqa asariga qo'yiladigan asosiy talab bemorga yaxshi kayfiyat, hursandchilik sezgisi va bardamlilik hissiyotlarini bag’ishlashdan iborat bo'lishi kerak. Sog’lom rivojlangan organizm uchun harakatlanish juda muhimdir. U modda almashinuv jarayonini kuchaytirib qon aylanish, ovqatlanish, to'qimalarni yangilanib turishini ta'minlaydi, muskullarga kuch bag’ishlab, bo'g’imlarni elastikligini saqlashga yordamlashadi. Shuning uchun ham asrlar davomida surunkali revmatizmga qarshi kurashish vositalari va podagraga qarshi kurashishda imkoniyati boricha hamda yoshiga qarab tez yoki sekinroq musiqa orqali o'ynashni tavsiya qilingan. Ritmik harakatlar ham bunday noxushliklarni oldini olish vositalaridan biri bo'lib, bemorlarga bardamlik, a'lo shakl, hatto yoshligini saqlashga ham yordamlashishi mumkin. Bundan tashqari, musiqa hozirgi davrda psixoterapiyaning effektiv vositasi sifatida ham tan olingan. Davolash maqsadida qo’llanish uchun musiqaning ko'pgina usullari ishlab chiqilgan. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, ko’pchilik hollarda musiqaning 8-10 seansidan so'ng qoniharli natijalarga erishilganligi ma'lum. Bunda bemor 2-3 mahsus tanlangan musiqa kompleksining bir-biriga yaqin reaksiya chaqiruvchilaridan yaxshi natijalarga erishganligi aniqlanilgan. Musiqaterapiya tinchlantiruvchi, jahldorlik, havotirlanish kayfiyatini susayishi yoki qo'zg’alishini oldini olishni ta'minlovchi vosita sifatida keng qo'llaniladi. Davolash kursini o'tkazish uchun bir xil shikoyati bo'lgan 8-10 kishidan iborat guruh, asosan uyqusi qochgan nevroz va nevrozsimon holatlarga chalingan odamlar ajratib olinadi. Davolash kursi 8-10 seansdan iborat bo'lib, davomliligi 55-60 minutni tashkil qilib uzluksiz kunaro o'tkaziladi. Musiqa ta'siri patofiziologik mexanizmini o'rganish maqsadida laboratoriya va eksperimental tekshiruv usullari tanlaniladi. Musiqani eshitish faqatgina hissiyot emas, balki bilim hamdir. Bunday masalalar ko'pincha psixologlarning e'tiborini o'ziga jalb qiladi. Bunda hamkorlik zarur bo'lib, tibbiyot hodimlari o'z o'rnini egallashlari talab etiladi. Davolovchi musiqa gormonik hususiyatga ega bo'lishi, formalistik shovqin so'ronsiz bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Konsert zallari va uylarida yoqimli musiqa insonlarga yaxshi kayfiyat bag’ishlab, ularning ruhiyatini boyitadi va yaxshi maqsadlar uchun hizmat qiladi. Shuni unutmaslik zarurki, musiqaning imkoniyatlari har doim ham to'lig’icha amalga oshirilavermaydi. Insonlarga psixoterapevtik ta'sir qiluvchi muhim manbalardan biri adabiyotdir. San'at so'zi insonda go'zallilik, aqllilik, yoqimlilik hissiyotini mujassamlantiruvchi, uning ruhiy holatini o'zgartiruvchi vosita bo'lib, badiiy adabiyot bilan chambarchas bog’liqdir. San'atkorona so'zning odamga ta'siri musiqaning kishilarga ta'siri singari umumiylikka ega bo'lib, o'ziga xos jarangdorlikka munosibdir. Bunda to’g’ri tarbiyalash masalasi sog’liqni saqlashning asosidir. Shuning uchun ham har xil yoshlik davrida bolaga badiiy adabiyotning to'liq va keng ijobiy tarbiyaviy ta'sirini ahamiyati juda muhimdir. Teatr san'atida aktyorlarning ustaligi, so'zlarni ustalik bilan talaffuzi, sahnadagi ovozlarning tarqalishi, so'z san'ati - adabiyotlar va boshqalar tomoshabinlarga katta taassurot qoldiradi. Shuning uchun ham sahnada o'tirgan tomoshabinlarni spektakl qahramonlari bilan birgalikda o'ylash va sezish, fikrlash qobiliyatlarini shakllanishi hamda teatr san'atining sehrlovchi hususiyatini hisobga olsak hamma narsa inson uchun yaratilganligini guvohi bo'lamiz. Musiqa va adabiyot singari katta psixoterapevtik potensial sifatida tasviriy san'at - rassomlik, haykaltaroshlik, arxitektura tashkil qiladi. Ba'zan rassom yaratgan asarlarda real haqiqatga nisbatan hom - hayollik tuqiladi. Rassom suratida inson tushunchasi, sezgisi boyitiladi, kengaytiriladi va barcha yaxshi hususiyatlar tasvirlanadi. Tasviriy san'at haqiqiy ustalarning tasviriy va haykaltaroshlik to’g’risida yaratgan asarlarida inson tasavvurining aks ettirilishidir. Inson uchun ustalar cho'tkasi orqali va o'ymakorlik san'atining yaratilishi emas, balki ijodkorlik jarayonini to’g’ridan to’g’ri baholash masalasi muhimdir. Tasviriy san'at va haykaltaroshlikda kuzatuvchanlik, dunyoni har xil tasavvur qilishda muvozanatlashgan aniq harakati asosiy o'rin egallaydi. Tasviriy san'at va san'atshunoslik ijodkorligini davolash va profilaktika ishlari bilan aloqadorligi xilma-xil bo'ladi. San'atning ko'pgina turlari u yoki bu darajada davolash-profilaktika muassasalari faoliyatida qo'llanilishi mumkin. Ayniqsa, bunday san'atlar orasida ayrimlari inson sog’ligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir. Bunga arxitektura kiradi. Qadimgi Gretsiyada tibbiyot hodimlari arxitektura san'atiga qiziqib, odam organizmi talablariga javob beradigan qurilish ob'ektlarining yaratilishiga ahamiyat berganlar. Gipokrat asarlarida buning uchun suv, havo va qurilish joyining ahamiyati to’g’risida yaxshi maslahatlar berilgan. Buyuk olim shaharning joylashuv ustuvorini yaratishda aholining sog’ligi uchun yetarlicha qulay sharoit yaratilishi zarurligini alohida ta'kidlagan. Buning uchun insonlarga arxitektura qurilmalari gigienik holatlarining odam organizmiga ijobiy ta'siri, manzaraning go'zalligi, uning tashqi ko'rinishi inobatga olinishi zarurligi ko'rsatilgan. Qurilish ob’yekti insonning kuzgudagi holatini ifodalovchi, uning shaxsiy kamoloti va go'zalligini o'zida mujassamlantirish hususiyatiga ega bo'lishligi qayd qilingan. Arxitektura o'zining aniq ko'zga tashlanuvchi hususiyatiga ko'ra san'atning ko'pgina sohalari bo'yicha haykaltaroshlik va tasviriy san'atga anchagina yaqin turadi. Ba'zan uni to'xtab qolgan musiqaga o'xshatadilar. Arxitektura ob'ektlarining o'ziga xos ritmi bo'lib, musiqa asarlarining ritmi singari inson kayfiyati ko'tarilishining sababchisi hisoblanadi. Shunday ekan, yuqorida keltirilgan ma'lumotlar esteroterapiya, esteroprofilaktika va esteroreabilitatsiya jarayonlarini o'rganish zarurligini ko'rsatibgina qolmasdan, balki etika va estetikaning mustahkam bog’liqligidan darak beradi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling