Familiyasi: Ergasheva
Ismi: Xafiza
Sharifi: Abdurasulovna
Ish joyi: Jizzax shahar XTMFMT va TEB ga qarashli 4-maktab,
Lavozimi: Boshlang`ich sinf o’qituvchi
Shahar: Jizzax
Viloyat: Jizzax
Fan nomi: Ona tili
Sinfi: 4
Mavzu: So’z tarkibi (mustahkamlash) 133-135 mashqlar.
O’quvchilar soni: 18 ta
Ko’rgazmali vositalar: plakatlar, slaydlar, video proektor,
test tarqatmalari, darslik.
Annotatsiya: Dars ishlanma o’quvchilarning so’z tarkibi, o’zak, qo’shimchalar haqidagi bilimlarini aniqlash. So’z yasovchi va so’z o’zgartuvchi qo’shimchalarning o’ziga xos xususiyatlari, farqlarini tushuntirish.do’stlik,hamkorlik sifatlarini shakllantirish. O’quvchilarni insonni go’zal qiladigan kamtarlik, tartiblilik, shirinso’zlik, aqllilik fazilatlari ruhida tarbiyalash. Suvni isrof qilmaslikka o’rganish.
Sinf: 4
Fan: Ona tili
Mavzu: So’z tarkibi (mustahkamlash) 133-135 mashqlar.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning so’z tarkibi, o’zak, qo’shimchalar
haqidagi bilimlarini aniqlash. So’z yasovchi va so’z
o’zgartuvchi qo’shimchalarning o’ziga xos xususiyatlari,
farqlarini tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad: do’stlik,hamkorlik sifatlarini shakllantirish.
O’quvchilarni insonni go’zal qiladigan kamtarlik,
tartiblilik, shirinso’zlik, aqllilik fazilatlari ruhida
tarbiyalash. Suvni isrof qilmaslikka o’rganish.
Rivojlantiruvchui maqsad: hozirjavoblikka o’rgatish orqali bilish
faoliyatini faollashtirish. “Aldamachoq” o’yini vositasi
orqali o’quvchilar bilimidagi bo’shliqni to’ldirish.
Darsning turi: takrorlash – mustahkamlash darsi.
Darsning metodi: analitik – sintetik metodi, klaster, aqliy hujum, ta’limiy o’yinlar: “Aldamachoq”, “Xotira mashqi”, “O’z-o’rniga qo’y”, “Klassik juftlik”, guruhlar bilan ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |