1-guruh: Bog’ga sumbul yarasharmi?
2-guruh: Bog’ga bulbul yarashar.
1-guruh: Aql odamga yarasharmi?
2-guruh: Aql odamga yarashar.
1-guruh: Yaxshi xulq ishning ziynatimi?
2-guruh: Yaxshi xulq kishining ziynati.
1-guruh: Issiq kiyim kunni ilitarmi?
2-guruh: Issiq kiyim tanni ilitar.
1-guruh: Issiq so’z nonni ilitarmi?
2-guruh: Issiq so’z jonni ilitar.
O’qituvchi: Yaxshi, “Aldamachoq” o’yini orqalimashqni mustahkamlab oldik, ofarin.
Dam olish daqiqasi.
Magnitafon orqali topishmoqlar aytiladi. O’quvchilar hozirjavoblik bilan javob berishlari kerak.
Paxta, osh, suv, bog’ so’zlar
Kasbni bildirar qachon?
Qaysi qo’shimchalarni
Qo’shsak bo’lar namoyon?
(-kor, -paz, -chi, -bon qo’shimchalari)
2. So’zga yangi ma,no bag’ishlar,
Yangi ma’no, jilo bag’ishlar.
Nimaligin donolar topsin,
Misol bilan ham isbotlasin?
(So’z yasovchi qo’shimchalar)
So’z yasamas, qo’shimcha,
Xizmati bor olamcha.
So’z ma’nosin o’zgartar
Ular qanday qo’shimcha.
(So’z o’zgartuvchi qo’shimcha)
Terma, terim, terimchi,
Qanday so’zlar toping-chi?
(O’zakdosh so’zlar)
Aqliy hujum.
Yer ostidan sizib chiqadigan suv qanday nomlanadi? (Buloq)
Suv inson hayotida qanday ahamiyatga ega ?
Siz suvni isrof qilishga qanday munosabat bildirasiz?
O’qituvchi: - Ana endi 134-mashqda buloq suvi haqida o’rganamiz(o’quvchilar mashqning talabini o’qiydilar, nuqtalar o’rniga so’z o’zgartuvchi qo’shimchalardan mosini qo’yib yozadilar, “aldamachoq” o’yini asosida mashqni mustahkamlab oladilar)
2-guruh: Mehnatsevar quloqchami?
Do'stlaringiz bilan baham: |