1-guruh:
Bu mashqni o’yla, san,
O’ylab aytsang yutasan.
“
Baliqchi” so’zin o’zagin,
Bilmay qolsang netasan?
2-guruh:
“
Baliqchi” so’zin o’zagi,
“
Baliq” axir bezagi.
“
So’zla” so’zin o’zagin,
Bilmaylar qolsang netasan
1-guruh:
“
So’z”
desam savolingga,
Qoyilsan javobimga.
“
Guldon” so’zin o’zagin,
Bilmaylar qolsang netasan?
2-guruh:_“_Gul_”dir_uning_o’zagi,_So’zim_emas_yuzaki._“_Bog’bon_”_so’zin_o’zagin,_Bilmaylar_qolsang_netasan_1-guruh'>2-guruh:
“
Gul”dir uning o’zagi,
So’zim emas yuzaki.
“
Bog’bon” so’zin o’zagin,
Bilmaylar qolsang netasan?
1-guruh:
“
Bog’bon”ning o’zagi “
bog’”,
Yasovchisi
“-bon”, o’rtoq,
Uning o’zakdosh so’zin,
Tipolmay tursang netasan?
(Eng ilg’or, hozirjavob o’quvchilar rag’batlantiriladi )
Guruhlarga jadval beriladi. Jadvalda berilgan so’zlarning
tarkibi jihatidan tahlil qilib, jadvalg joylaydilar.
1-guruh:
So’z
|
O’zak
|
So’z yasovchi qo’shimcha
|
So’z o’zgartuvchi qo’shimcha
|
O’zakdosh so’zlar
|
Mevali
Baliqdan
Chorvador
Boshla
Nonning
|
meva
|
-li
|
-
|
mevasiz
|
2-guruh:
So’z
|
O’zak
|
So’z yasovchi qo’shimcha
|
So’z o’zgartuvchi qo’shimcha
|
O’zakdosh so’zlar
|
Mevali
Sinfdosh
Bog’da
Zehnli
Sinfni
|
meva
|
-li
|
-
|
mevasiz
|
Darsni mustahkamlash.
“
O’z o’rniga qo’y” mashqi.
Bunda har bir guruhga bir necha harflar beriladi. O’quvchilar shu harflarni o’z o’rniga qo’yib so’z tuzadilar.
1-guruh: o sh p a z
- oshpaz so’zini so’z tarkibi bo’yicha tahlil qiling.
- Shu so’zni tovush-harf tomonidan tahlil qiling.
2-guruh: g u l z o r
-Gulzor so’zini so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar bilan turlang.
-Shu so’z qatnashgan gap tuzing va gap bo’laklari bo’yicha tahlil qiling.
“
Klassik juftlik” mashqi
Guruhlarga ma’lum bo’gliqliklarga ega bo’lgan tushunchalar tartibsiz ahvolda yozilgan qog’oz beriladi. O’quvchilar shu so’zlar
orasida klassik juftlik topib, tuzishlari va ana shu bog’liqlikni asoslab berishlari kerak.
Qo’shuv, ot, ega, vergul, sifat, osmon, qoshimcha, ayiruv, kesim, nuqta, o’zak, yer.
Masalan, ot - sifat (so’z turkumlari)
yer - osmon (jonsiz tabiat jismlari)
Darsni yakunlash.Dars
xulaslanar ekan, o’quvchilarning charchog’ini chiqarish maqsadida “sehrli gul” mashqi o’tkaziladi. Bunda bir o’quvchi gulni ikkinchi o’quvchiga o’zining ezgu niyatini aytib beradi, o’quvchi o’z o’rnida
unga ham tilagini bildirib, gulni qaytaradi.
O’quvchilar bilimini baholash.Guruhlarning to’plagan reyting balli jamlanib, g’olib guruh aniqlanadi va rag’batlantiriladi. Har bir guruhdan “eng, eng faol” o’quvchi
aniqlanib, “ofarin” kartochkasi beriladi.
Uyga vazifa. 136-mashq beriladi.