Umumiy о‘rta ta’lim maktab о‘qituvchi va о‘quvchilarining odob axloq qoidalari I bob. Umumiy qoidalar


V bob. О‘qituvchilarning о‘zaro munosabatlari


Download 1.61 Mb.
bet4/7
Sana28.10.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1731744
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axloq odob qoidalari

V bob. О‘qituvchilarning о‘zaro munosabatlari


19. О‘qituvchilar о‘zaro munosabatlarda – yagona jamoa, о‘zaro hurmat, dо‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga amal qilishlari lozim.
20. О‘qituvchilarning о‘zaro munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish man etiladi.
21. Maktab ma’muriyati va о‘qituvchi-xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bо‘yicha hamkorlik qilishda bir tarafning boshqa tarafga tazyiq о‘tkazishiga yoki shunga harakat qilishiga, shuningdek, adolat tamoyillariga yoki ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bо‘lgan qarorlar tayyorlanishiga yо‘l qо‘yilmaydi.
22. Jamoada biror bir masala bilan ma’muriyatga murojaat qilish о‘rnatilgan tartibda tashkil etiladi.
23. О‘qituvchi va boshqa xodimlarning ta’lim muassasasida ma’naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash bо‘yicha tashabbus va g‘oyalari rag‘batlantiriladi.
24. Ma’muriyat о‘qituvchilar va xodimlarning kasbiy va intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuter, internet tarmog‘i, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanish, shuningdek, dam olishlari va jismonan chiniqishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish choralarini kо‘radi.
VI bob. Maktab jamoasi a’zolarining odob-axloqqa oid majburiyatlari


25. О‘qituvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari:
mazkur odob-axloq qoidalariga rioya qilishda о‘quvchilarga ibrat bо‘lish;
maktab manfaatlariga zid bо‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish;
biror-bir noxush voqea yoki hodisa rо‘y bersa, zudlik bilan ma’muriyatni xabardor qilish;
umumiy о‘rta ta’lim maktabining sha’ni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;
umumiy о‘rta ta’lim maktabi tо‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obrо‘siga ziyon yetkazish uchun yoki о‘z manfaatlari yо‘lida foydalanmaslik;
dars jarayonida о‘quvchilarga odob-axloqqa oid milliy an’analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni keng tushuntirib borish;
yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bо‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali «ommaviy madaniyat» xurujlaridan ogoh etib borish.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling