Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Egovlarning tuzilishi va turlari


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Egovlarning tuzilishi va turlari
Egovlar ham kesuvchi asboblar hisoblanadi. Ular o‘lchami 


71
va shakli har xil bo‘lgan hamda ish yuzasiga tishlar o‘yilgan 
polosa, brusok yoki chiziqdan iboratdir. Egovlar profiliga, 
tishlarning shakliga, qanday joylashganiga va o‘lchamlariga 
qarab xilma-xil bo‘ladi. Egovlar yassi, kvadrat, uch qirrali, 
dumaloq shakllarda tayyorlanadi. Ularning shakllariga qarab 
egovlashda qo‘llaniladi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, 
egovlar yordamida dag‘al, toza va mayin tekislik holatigacha 
ishlov beriladi. 
Egov bilan zagotovkadagi kichik qo‘yim olib tashlanadi va 
shundan so‘ng detal chizmada ko‘rsatilgan aniq o‘lchamlar va 
shaklga ega bo‘ladi.
Tishlarning kattaligi va ish qismining 10 mm uzunlikdagi 
soniga qarab egovlar quyidagi turlarga bo‘linadi: dag‘al – 
5–12 tishli egovlar dastlabki zagotovkaning sirtiga xomaki 
ishlov berishda qo‘llaniladi. Toblangan egovning sig‘imi zich 
(qattiq), och kulrang baxmalsimon bo‘lishi lozim. Ulardan 
charxlash, kesish va jilvirlash uchun ishlatiladigan har turli 
abraziv asboblar tayyorlanadi.
59-rasmda egovning umumiy ko‘rinishi va chuqurchalari 
tasvirlangan. Chuqurchalar orasida hosil bo‘lgan bo‘rtiqlar 
egovning tishlari hisoblanib, ular pona shaklida bo‘ladi. 
59-rasm. Egovlar: a) tuzilishib) bir qirrali; d) ikki qirrali; e) nuqta qirrali.
Uchi
Qirra
Yonlar
Tovor
Halqa
Dasta
a
 b
d
e


72
Egovlar asbobsozlik po‘latidan yasaladi. Ular bir-biri-
dan ko‘nda 
lang kesimining shakli, o‘ydim-chuqurlarining 
ko‘rinishi, bitta uzunlik birligidagi bo‘rtiqlarining soni va ish-
chi qismining uzunligi bilan farqlanadi.
Ishlash vaqtida egov ilgarilama-qaytma harakatlantiriladi va 
uning oldinga harakatlanishi ish yurishi, orqaga harakatlanishi
salt yurish deb ataladi. Ish yurishi jarayonida asbob zagotov-
kaga bosiladi va salt yurishda bosilmaydi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling